Avtopoliplodiya va allopoliplodiya Sitoplazmatik mutatsiyalar
Download 72.62 Kb.
|
Avtopoliplodiya va allopoliplodiya Sitoplazmatik mutatsiyalar-fayllar.org
geteroploidiya yoki aneuploidiya deb ataladi. Ba’zan bunday o‘zgarishni polisomiya deb ham yuritiladi. Xromosomalar miqdorining ayrim sonlarga o‘zgarish hodisasini birinchi marta drozofila pashshasida jins bilan birikkan holda irsiylanadigan belgilarni o‘rganish natijasida oddiy genetik yo‘l bilan birinchi marta K.Bridjes tomonidan aniqlangan. Jinsiy xromosomalar tuxum hujayrasida XX yoki 0 bo‘lganda va ular X yoki Y xromosomali sperma bilan urug‘langanda, XXX yoki X0 urg‘ochi pashshalar va XXY va Y0 erkak pashshalar (Y0–erkak pashshalar o‘lib ketadi) paydo bo‘ladi. Bu natijalar sitologik yo‘l bilan ham isbotlangan. Haqiqatan ham ayrim urg‘ochi pashshalarning tana hujayralari sitologik tekshirib ko‘rilganda ularning xromosomalar to‘plamida bitta X xromosoma ortiq ekanligi, yoki X xromosomalar 3 ta–XXX ekanligi, XXY xromosomali hujayralarda X–xromosoma ortiqchaligi aniqlangan. X0 xromosomali urg‘ochi pashshalarning hujayralarida Y xromosoma etishmasligi aniqlangan.
Xromosomalar sonining hujayrada ayrim songa kam bo‘lishi yoki ortiq bo‘lishi mitoz jarayonida ayrim buzilishlar, ya’ni juft xromosomalarning qutblarga normal tarqalmasligi natijasida sodir bo‘ladi. Bunday buzilishlar tana hujayralarida ham, jinsiy hujayralarda ham ro‘y berishi mumkin. SHuning uchun ham geteroploidiya mitotik va meyotik bo‘lishi mumkin. Lekin gomologik xromosomalarning tarqalmasligi va bivalent-larning hosil bo‘lishi meyozda ro‘y berish ehtimolliklari ko‘proq. Bivalentning bitta hujayraga tarqalishi mumkin, natijada ikkinchi hujayrada bu xromosoma etishmaydi. Bitta xromosomasi oshiq gameta normal gameta bilan qo‘shilsa, zigotada bitta xromosoma ortiq bo‘lib qoladi xromosomalar miqdori diploid to‘plamda 2n+1 bo‘ladi. Bitta xromosomasini yo‘qotgan gameta normal gameta bilan qo‘shilsa, xromosomalarning to‘liq diploid to‘plamiga ega bo‘lmagan zigota hosil bo‘ladi, xromosomalar miqdori diploid to‘plamda 2n-1 bo‘ladi. Xromosomalar to‘plami 2n+1 bo‘lgan organizmlar trisomiklar deb, 2n-1 bo‘lgan organizmlar esa Download 72.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling