Avtopoliplodiya va allopoliplodiya Sitoplazmatik mutatsiyalar
Download 72.62 Kb.
|
Avtopoliplodiya va allopoliplodiya Sitoplazmatik mutatsiyalar-fayllar.org
gaploidiya deb ataladi. Gaploidiyada hujayralar har bir juft xromosomadan faqat bittasiga ega bo‘ladi. Tana hujayralari xromosomalarning gaploid soniga ega bo‘lgan bunday organizmlar gaploid organizmlar deb ataladi. Gaploidlar tabiatda bo‘lishi yoki sun’iy ravishda olingan bo‘lishi mumkin.
Organizmlarning jinsiy ko‘payish vaqtlarida har bir turga xos bo‘lgan bittadan xromosomalar to‘plamiga ega bo‘lgan ota-ona gametalari (hujayraning bunday holati gaploidli holat deyiladi) o‘zaro qo‘shilib zigota hosil bo‘ladi. Zigotada xromosomalar to‘plami ikkita (diploid holat) to‘plamga ega bo‘ladi. Keyinchalik organizm hayot siklining ma’lum bir bosqichida diploidlik holatdan gaploidlik holatga o‘tish (meyoz jarayoni tufayli) ro‘y beradi. Meyoz jarayonida hosil bo‘lgan jinsiy hujayralar yana gaploidlik holatda bo‘ladilar. SHu sababli har qanday turda xromosomalar avloddan-avlodga o‘zgarmagan bir xil sonda o‘tib boradi. Urug‘lanish jarayonida gametalarning o‘zaro qo‘shilishi va meyoz–jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan organizmlar hayot siklini ikki fazaga ajratuvchi hodisa hisoblanadi. Birinchi faza zigotalarning hosil bo‘lishidan to meyozni o‘z ichiga oladigan davrgacha davom etib hayot siklining bu qism diplofaza deyiladi. Meyoz tugashi bilan boshlanib gameta yoki spora, gaploidli hujayra hosil bo‘lgunga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oluvchi faza gaplofaza deb yuritiladi. Diplofaza va gaplofazaning davomiyligi evolyusiyaning turli bosqichlarida turgan organizmlarda har xil. Buning sababi bu organizmlarda meyoz jarayonining ular hayot siklining turli davrlarida bo‘lib o‘tishligidir. Ko‘pchilik suv o‘tlarida, ayrim zamburug‘larda meyoz zigotalar hosil bo‘lishi bilanoq yuz beradi. Faqat zigotagina diploidli, keyinchalik paydo bo‘ladigan hujayralarning barchasi gaploidli bo‘ladi. Organik olam evolyusiyasining keyingi bosqichlarida gaplofazaning progressiv qisqarishi tufayli diplofazaning nisbatan davomiyligi vujudga keldi. O‘simliklarning hayotiy siklida gaploidli gametofit avlodining diploidli sporofit avlod bilan almashina borishi yuzaga keldi. Meyoz tufayli vujudga keladigan gaploidli sporalardan yangi gametofit avlod beruvchi organizmlar paydo bo‘la boshladi. Moxlarga kelgan vaqtda sporofit hali gametofitga nisbatan kam davrni egallagan, gametofit hayot siklining asosiy qismini tashkil etgan davr edi. Paporotniklarga kelib gametofit avlod kuchli qisqargan, diploid sporofitli avlod hayot siklning asosiy qismini egallashga ulgurgan edi. Gulli o‘simliklarga kelgan vaqtda gaplofaza yanada qisqarishga uchra-gan va u faqat gaploidli embrion xaltachalari va chang nayidagina saqlanib qolgan va o‘simliklarning deyarli butun hayotiy sikli diploidli sporofit holatida yuz beradi. Barcha hayvonlarda (ayrim eng sodda hayvonlar bundan mustasno), shu jumladan odamlarda gaplofaza minimum qisqargan darajaga keltirilgan. Meyoz hayotiy siklning ancha kech davriga surilgan. Dastlab yuksak o‘simliklarda gaploidiya 1921 yilda bangidevona o‘simligida aniqlangan bo‘lsa, keyinchalik bug‘doy, makkajo‘xori va boshqa o‘simliklarda topildi. Hozirgi davrda o‘simliklarning ko‘plab oilalariga, turkumlariga va turlariga mansub gaploid formalari ma’lum. Gaploid organizmlar o‘ziga xos fenotipik ko‘rinishga ega bo‘lishadi. Ularda xromosomalar o‘z gomologlariga ega bo‘lmaganliklari uchun dominant belgilar bilan bir qatorda retsessiv belgilar ham fenotipda namoyon bo‘ladi. Gaploidlar ko‘pgina belgilari bo‘yicha o‘zlarining boshlang‘ich diploid formalaridan unchalik farq qilishmasa-da, ularning organlari – barglari, mevalari, gullari va boshqalar maydaroq bo‘ladi. SHuni aytish kerakki gaploidlar ko‘pincha kam hayotchan bo‘lishadi. Bu ayniqsa chetdan changlanuvchi o‘simliklarda ko‘proq kuzatiladi. O‘z-o‘zidan changlanuvchi o‘simliklarda gaploidlar nisbatan hayotchan bo‘lishadi. Bunga misol qilib tamaki va boshqa o‘simliklarda olingan gaploid o‘simliklarni olish mumkin. YAna shuni aytish mumkinki gaploidlarda hujayralar maydaroq bo‘ladi. Bunga sabab genlar sonining kamayishi bo‘lishi mumkin. Gaploidlar asosan pushtsiz bo‘lishadi, chunki ularda gametalar to‘la qonli hosil bo‘lmaydi. Sababi meyozda xromosomalar o‘z gomologlariga ega bo‘lishmagani uchun xromosomalar kon’yugatsiyasi sodir bo‘lmaydi va ular hujayra qutblariga tasodifan tarqalishadi, natijada gametalar g‘ayritabiiy hosil bo‘ladi. Juda kam holatlardagina xromosomalar hujayraning bir qutbiga etishi va natijada xromosomalarning gaploid soniga to‘la ega bo‘lgan nor-mal gameta hosil bo‘lishi mumkin. Bunday gametalarning o‘z-o‘zidan changlanuvchi o‘simliklarda diploid urug‘langan zigota hosil bo‘lib, ulardan hamma xromosomalardagi genlar bo‘yicha gomozigotalik hosil bo‘ladi. Tana hujayralarida uchraydigan gaploidlarni diploid holatga keltirish yo‘li bilan hamma belgi va xususiyatlari bo‘yicha gomozigotalikka erishish mumkin. Bunday o‘simliklarda ko‘pincha fertillik (pushtlilik) tiklanadi. Bundan seleksiyada keng foydalanish mumkin. Keyingi vaqtlarda gaploidiya genetik va seleksionerlarning diqqatini ko‘proq tortmoqda. Bunga sabab gaploidlarda foydali genlarni ham, letal genlarni ham aniqlash ancha qulay hisoblanadi. Foydali genlarni genotipda to‘plash va letal genlarni esa genotipdan chiqarib yuborish imkoniyatlari tug‘iladi. SHu yo‘l bilan esa seleksioner seleksion jarayonning muddatini qisqartirish va belgi va xususiyatlari bo‘yicha bir xillashtirilgan yangi nav va hayvon zotlarini yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Gaploidiya odatda murtakning partenogenetik yoki androgenetik yo‘l bilan rivojlanish jarayonining natijasi hisoblanadi. Gaploidlar olish-ning bir qancha metodlari ma’lum. Bularga uzoq duragaylash, o‘ldirilgan (rentgen nurlari yoki boshqa yo‘l bilan) chang hujayrasi bilan changlatish, odatdagidan tashqari harorat ta’sir qilish kabilar. M.F. Ternovskiy va uning shogirdlari tomonidan uzoq duragaylash yo‘li bilan tamakining gaploidlari olingan. Rentgen nurini chang hujayralariga ta’sir ettirib, keyin changlatish yo‘li bilan bir donli bug‘doy, bangidevona, makkajo‘xori, g‘o‘za va boshqa o‘simliklarning gaploid-lari olingan. Geteroploidiya Hujayrada xromosomalar miqdorining ayrim sonlarga o‘zgarishi Download 72.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling