Avtopoliplodiya va allopoliplodiya sitoplazmatik mutatsiyalar
Allopoliploidlarda meyozning o‘ziga xos tomonlari
Download 19.28 Kb.
|
Avtopoliploidiya va allopoliploidiya Sitoplazmatik mutatsiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsuldor allopoliploidlar olish.
Allopoliploidlarda meyozning o‘ziga xos tomonlari. Ko‘pchilik hollarda bir-biridan uzoqroq turlar (masalan, javdar va bug‘doy, turp va karam va boshqalar chatishtirilganda) G‘1 o‘simliklari pushtsiz bo‘ladi. Buning sababini quyidagi misolda ko‘rib chiqsa bo‘ladi. Aytaylik, bug‘doy T genomiga va javdar S genomiga ega deylik. Unday holda bug‘doy va javdarning chatishidan hosil bo‘lgan duragaylarning genomi ota-ona genomining yig‘indisi TS ga ega bo‘ladi. Xromosomalar soni ikki marta ko‘paygan taqdirda TTSS amfidiploid, qaysiki aslida qo‘sh diploid ya’ni allotetraploid hosil bo‘ladi. Bu erda zigota ettita javdar xromosomasiga va xuddi shuncha bug‘doy xromosomasiga ega bo‘ladi. Duragay o‘simliklarning tana hujayralarida xromosomalarning umumiy soni 14 ta bo‘ladi. Bunday o‘simliklarda hujayralar o‘z gomologlariga ega bo‘lmaganliklari uchun meyozning profaza I da bug‘doy va javdar xromosomalarining har biri o‘zlarini univalent xromosomalar kabi tutishadi. Meyozda aytilgan duragayda 14 ta univalentlarni sanash mumkin. Anafazada bu xromosomalar juda tartibsiz tarzda qutblarga tarqala boshlaydi. Natijada har xil sondagi 0 dan 14 tagacha xromosomaga ega bo‘lgan gametalar hosil bo‘ladi. Bunday duragaylarda gametalarning rivojlanishi normal kechmaydi, oqibatda ular pushtsiz bo‘ladilar. Ayrim hollardagina xromosomalar gomologiyasi sodir bo‘lsa, qisman o‘simliklar pushtli bo‘lishi mumkin.
Mahsuldor allopoliploidlar olish. Amfiploidlar olish, duragaylash va duragaylarda xromosomalar sonini ikki marta ko‘paytirish yo‘li bilan yangi konstant formalarni olish imkonini berdi. Allopoliploidlar, jumladan, amfidiploidlar olishda va ulardan foydalanish sohasida genetik olimlardan G.D.Karpechenko, M.S.Navashin va B.L.Astaurovlarning xizmatlari katta. G.D.Karpechenko va M.S.Navashin birinchi marta o‘simliklarda amfidiploidlar olgan bo‘lsa, B.L.Astaurov tut ipak qurtining (Bombyx mori x Bomdyx mandarina) turlarini chatishtirish orqali ana shunday amfidiploidlarni oldi. YAngi formalarni olishning klassik misollaridan biri bu G.D.Karpechenko tomonidan XX asrning 20-yillar boshlarida turpni (Raphanus sativus) karam (Brassica oleracea) bilan chatishtirish orqali olingan turkumlararo mahsuldor duragaylarning olinishi hisoblanadi. Bu har ikki tur 18ta diploid sondagi xromosomalarga ega. Turp karam bilan chatishtirilganda juda kuchli rivojlangan duragay o‘simlik olingan. Bu o‘simlik hujayralari boshlang‘ich o‘simliklar kabi diploid to‘plamdan iborat 18 ta xromosomaga ega bo‘lgan. Ularning 9 tasi turp R.sativus va 9 tasi karam B.oleracea ning xromosomasi bo‘lgan. Duragay o‘simlik qiyg‘os gullagan bo‘lsa ham urug‘ tugmagan, chunki meyoz noto‘g‘ri kechgan. Bu duragay o‘simliklardan hosil bo‘lgan gametalar turli sondagi (0 dan 18 tagacha) xromosomalarga ega bo‘lgan va ular hayotchan bo‘lmagan. Ammo ayrim erkak va urg‘ochi jinsiy hujayralar har ikki turga xos xromosomalarning 9R+9B to‘plamiga ega bo‘lgan. Bunday diploid jinsiy hujayralarning o‘zaro qo‘shilishidan urug‘ hosil bo‘lgan va ulardan turkumlararo mahsuldor (9R+9R)+(9B+9B) allotetraploid o‘simliklar hosil bo‘lgan. Bunday o‘simlik har ikki turning belgilarini o‘zida mujassamlashtirgan holda turg‘un va mahsuldor bo‘lgan, uning somatik hujayralarida 36 tadan xromosomalar bo‘lib, uning 18 tasi turpga va 18 tasi karamga tegishli bo‘lgan. Ikkita tur genomlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan bu yangi o‘simlik turpkaram (Raphanobrassica) duragayi deb ataldi. Turpkaram duragay o‘simligi va uning dukkagi 103-rasmda (ilovada) ko‘rsatilgan. Bu o‘simlikda dukkak ko‘rinishi kombinirlangan holatda, ya’ni dukkak mevaning yuqori qismi turp va pastki asos qismi esa karam dukkagiga o‘xshash bo‘lgan. Turpkaram duragay o‘simligida gametogenez jarayonida ba’zan turli xildagi gametalar – diploid (9R+9B), tetraploid (18R+18B) kabi gametalar hosil bo‘ladi. Bunday gametalar boshlang‘ich formalar birining normal gametasi bilan qo‘shilsa yoki turpkaram tetraploid gametalari bilan qo‘shilsa, somatik hujayralarida har xil xromosomalar to‘plami bo‘lgan formalar hosil bo‘ladi (9R+9R)+(9B+9B) - tetraploidlar, (18R+18B)+9R - pentaploidlar, (18R+18B)+(18R+18B) - oktaploidlar. Bug‘doy, g‘o‘za, ko‘pgina mevali daraxtlar ayrim turlarining shunday yo‘l bilan kelib chiqqanligi aniqlangan. Quyida shular ustida to‘xtalib o‘tamiz. O‘simliklarning allopoliploid turlari beqiyos boy irsiy axborotga ega bo‘ladi. CHunki ularning genotipidagi genlar soni va ular funksiyasining har xilligi quyidagi ikkita muhim bosqichda amalga oshiriladigan genetik va sitogenetik tadbirlar natijasida ko‘payadi, boyiydi: 1) O‘zaro genetik uzoq bo‘lgan o‘simlik turlarini o‘zaro chatishtirib olingan duragayda ota-ona turlari genotipidagi genlar birlashib F1 genotipi boy genetik axborotga ega bo‘ladi; 2) Turlararo duragaylash natijasida olingan F1 avlodi naslsiz bo‘ladi. Ularning xromosomalar soni allopoliploidiya metodi bilan ikki hissa ko‘paytirilib allopoliploid o‘simliklar olinadi. Bunday o‘simliklarda nasl berish qobiliyati tiklanadi, hayotchanlik, mahsuldorlik va har qanday sharoitga moslanish xususiyatlari namoyon bo‘ladi. SHunday qilib, jamlangan ota-ona turlarining genetik axboroti allo-poliploidiya natijasida ikki hissa ko‘payadi. Oqibatda ular boyitilgan irsiyatga ega bo‘ladilar. SHuning uchun allopoliploidiya duragaylardagi gete-rozis hodisasini ularning avlodlariaro saqlab qolishning muhim genetik metodidir. Madaniy o‘simliklarda allopoliploidiyaning qanchalik muhim o‘rin egallaganini bug‘doy (Triticum L.) va g‘o‘za (Gossypium L.) turkumlaridagi turlar ichidagi poliploid qatorlar va ularning kelib chiqishidagi genetik va sitogenetik jarayonlari bilan tanishamiz. Download 19.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling