Avtoservis korxonalari, boshqarluvining tarkibiy tuzilishi Ishdan maqsad


Ko’tarish, qarash va tashish jihozlari


Download 5.28 Mb.
bet13/17
Sana21.11.2023
Hajmi5.28 Mb.
#1792351
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Ko’tarish, qarash va tashish jihozlari JTvaTХKda ishlatilib ular avtomobillarga Har tomondan (ustidan, tagidan, yonidan) TХK va T ga imkon yaratadi, ish unumini va sifatini oshiradi. Ko’tarish-qarash jihozlariga ko’rish ariqchalari, estakadalar va ko’targichlar kiradi.
Avtomobillarga TХKvaJTda sozlash va yechish-o’rnatish ishlarini bajarish uchun ajratish-yig’ish, ta’mirlash jihozlari ishlatiladi.
Bularga dinamometrik kalitlar (9.2-rasm), turli asboblar to’plami, gaz balonli avtomobillar ta’minot tizimiga TХK va JT uchun, elektrotexnik va boshqa turdagi ishlarni bajarish uchun kalitlar to’plami ishlatiladi. Misol tariqasida 9.1-rasmda 2446 rusmdagi kalitlar to’plamlari keltirilgan.





9.1-rasm. Avtochilangarning rusmdagi asboblar to’plami




9.2-rasm. Dinamometrik kalit
1-almashuvchi kallakni ushlagich; 2-ko’rsatgich; 3-egiluvchan sterjen; 4-shkala; 5- ushlagich.



Yengil avtomobillar kuzovini tiklash uchun stendlar. Yo’l transport xodisalariga uchragan ba’zi yengil avtomobillarning kuzovlari qattiq shikastlanish natijasida o’zining muxim geometrik holatini yo’qotadi va ularni maxsus stendlar yordamida o’z holatiga qaytariladi. 9.3-rasmda yengil avtomobillarning shikastlangan kuzovlarini tiklash uchun yaratilgan Siver S3 210 rusumli jihoz keltirilgan.
Moylash-to’ldirish jihozlari. Bu jihozlar. yuqori ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo’lgan TХK postlaridagi qo’zg’almas va qo’zg’aluvchan turlarga bo’linadi. Moy yoki suyuqlikni tarqatish so’rish moslamasi yordamida amalga oshirilib, elektr dvigatel yoki siqilgan xavo yordamida ishlaydi. Ba’zi bir jihozlar qo’l bilan boshqarilishi ham mumkin. Ixtisoslashtirilgan moylash postlarida maxsus moslamalardan foydalaniladi (4.4-rasm).





9.3-rasm. Yengil avtomobillar kuzovini tiklovchi Siver S3 210 rusumli jihoz.




a)

b)





9.4-rasm. Qo’zg’almas suyuq (a) va qo’zg’aluvchan (b) quyuq moy tarqatuvchi moslamalar







Moslama o’zi o’raluvchi 3 ta barabanli shlangalardan va motor hamda transmissiya moylarini tarqatish kallaklaridan iborat.
Moy va surkov moylari, tarqatuvchi shlangalarga. bochka va sig’imlarga o’rnatilgan pnevmatik nasoslar yordamida yetkazib beriladi. Bo’shagan bochkalar yangisiga almashtiriladi. Suyuq moy tarqatishda bosim 0,8 MPa gacha yetadi. Surkov moylarini yetkazib berishda esa ishchi bosim 25-40 MPa ni tashkil etadi.
Bosimning yuqori bo’lishiga sabab, ishqalanib ishlovchi birikmalarda hosil bo’ladigan yedirilish maxsulotlarini yetkazib beruvchi kanallarga tiqilib qolishidadir. Ba’zi xollarda qo’l bilan Harakatlanuvchi (4.4-rasm, b) moylash jihozlaridan ham foydalaniladi.

Download 5.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling