Avtomobillar g’ildiraklarini yechib olish, o’rnatish va eltish uchun aravacha.
a)
|
b)
|
|
|
9.5-rasm. Avtomobillar g’ildiraklarini yechib olish, o’rnatish va eltish uchun aravacha. a) umumiy ko’rinishi; b) ish jarayonida.
|
|
|
|
Yuk avtomobillarining g’ildiraklari yig’ilgan holatda (ayniqsa juflanganlari) katta og’irlikka ega. Shuning uchun ularni yechib olish va o’rnatish ma’lum qiyinchiliklarni tug’diradi. Bu ishlarni yengillatish uchun avtomobillar g’ildiraklarini yechib olish, o’rnatish hamda ularni ta’mirlash ustaxonalariga olib borish uchun maxsus aravachalardan (9.5-rasm) foydalaniladi.
Avtomobilning tag qismiga zanglashga qarshi suyuq qoplamalar bilan ishlov berish uchun 183M1 modelli Harakatlanuvchi moslama ishlab chiqariladi. Zanglashga qarshi qoplamani (qovushqoqligi 70-150 mm2 s) xavo bilan aralashmasi avtomobilga 0,5-1,0 MPa bosim ostida aralashtirgich orqali sepiladi.
Xozirgi vaqtda avtotransport korxonalarida avtokaralarga, yoki kichik hajmdagi avtomobillarga o’rnatilgan kichik hajmdagi moy, issiq suv, siqilgan xavo tarqatuvchi moslamalar keng tarqalmoqda.
Mazkur moslamalarga kuchli akkumulyator batareyalari ham joylashtirilgan bo’lib, ulardan qish vaqtida avtomobillar usti ochiq holda saqlanganda, agregat va mexanizmlarni to’lg’azish, hamda avtomobilni ishga tushirishni yengillashtirishda foydalaniladi.
Avtomobilni to’liq yoki uning aloxida birikma va tizimlariga diagnoz qo’yish uchun diagnoz qo’yish jihozlari ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |