Avtoservis korxonalari va ularning ta’rifi reja


Download 87 Kb.
bet2/3
Sana25.04.2023
Hajmi87 Kb.
#1397684
1   2   3
Bog'liq
Avtoservis korxonalari va ularning ta’rifi

Avtomobillarga texnik xizmat kо‘rsatuvchi stansiyalar (ATXKS).

Avtoservis xizmatini bajaruvchi asosiy va eng kо‘p tarqalgan korxonalaridir. Zamonaviy ATXKSlari yangi va ishlatilgan avtomobillar, ehtiyot qismlar va avtomobil materiallari bilan savdo qilish, avtomobillarga turli xildagi texnik xizmatlar kо‘rsatish, agregatlar, detallarni ta’mirlash, ishdan chiqqanlarini almashtirish, avtoavariyalar natijasida shikastlangan avtomobillar va ular kuzovlarining ishlash qobiliyatini tiklash ishlari bilan shu\ullanadilar. Shuningdek, mijozlar avtomobillarga, ularning murojatlariga asosan kо‘chalarda, yо‘llarda , avtomobillar turar va saqlash joylarida texnik yordam kо‘rsatish, mijozlarga avtomobilni texnik ekspluatatsiya qilish tо‘\risida konsultatsiya, maslaxat berish, ularni avtoservis axboroti bilan ta’minlash kabi xizmatlar ham ATXKS vazifalariga kiradi.


2. Avtomobillarga TX kо‘rsatuvchi korxonalarning turlari.


ATXKSlari о‘zlarining ishlab chiqarish faoliyati, quvvati, bajarayotgan xizmat turlari va ma’muriy-tashkiliy tuzilishlariga qarab bir necha turlarga bо‘linadi (rasm 3).


Odatda shahar stansiyalarida kо‘rsatiladigan xizmat turlari xilma -xilroq, bajariladigan ishlarning hajmi kattaroq bо‘lishi mumkin va shuningdek, bu stansiyalardan foydalanuvchi avtomobillarni tarkibi bir muncha barqaror bо‘ladi, ya’ni stansiyalar bir qadar doimiy mijozlarga ega bо‘ladi.
Shaharlararo yо‘llar bо‘ylarida joylashgan stansiyalarda aksincha, xizmat turlari chegaralangan bо‘lib, ular asosan texnik yordam kо‘rsatish, mayda tamirlash ishlari, \ildiraklar shinalarini yamash, damlash, motor, tormoz, rul boshqarmasi tizimlari, elektr jihozlari asboblarida paydo bо‘lgan nuqson va nosozliklarni tuzatish va shuningdek, eng kо‘p, zarur bо‘ladigan ehtiyot qismlar va avtomateriallar savdosi bilan shu\ullanadilar.




Rasm 3. Avtomobillarga TXK kо‘rsatish stansiyalarining turlari.

Shuni aytish zarurki, mamalakatimiz yо‘llari bо‘ylarida joylashgan bunday ATXK stansiyalari aynan 90 yillardan boshlab tashkil etilib ishga tushirila boshlandi, ularning soni ham, xizmat kо‘rsatish darajasi ham hozircha real talablarga javob bera olmayapti. Ular asosan yengil avtomobillarga xizmat kо‘rsatishga mо‘ljallangan, yuk avtomobillari, avtobuslarning avtoservis xizmatidan foydalanish imkoniyati chegaralangan. Bunday holat shaharlar avtoservisiga ham taalluqlidir. Yо‘l bо‘ylari stansiyalariga xos bо‘lgan yana bir holat ularning yil va sutka davomida uzluksiz ishlashlaridir. Bunday stansiyalar xususiy yoki shirkat (kooperativ) mulklari asosida tashkil etilib ulardagi ishchi postlarning soni asosan 2-5 tadan iboratdir.


Chet el (ayniqsa A+Shda) avtoservisi faoliyatida yо‘l bо‘yi ATXKSlari kо‘pincha (70% i atrofida) yonil\i - moy quyish stansiyalari (AZS) bilan yonma-yon joylashgan bо‘ladilar va ba’zan ular bilan bir xо‘jalikni tashkil etadilar.
Albatta, avtoservis xizmatining asosiy qismini shaharlarda joylashgan ATXKSlari bajaradilar. Ular ma’muriy-tashkiliy tuzilishlariga qarab avtomobillar ishlab chiqaruvchi yoki ular bilan savdo qilishga ixtisoslashgan maxsus kompaniyalar tomonidan tuzilgan avtomarkazlarga qarashli filiallar yoki ular bilan shartnomalar asosida ish yurituvchi diler-stansiyalar yoxud mustaqil faoliyat olib boruvchi, ma’muriy-erkin ATXKSlaridir. Avtomarkazlarga qarashli stansiyalar va dilerlarning asosiy vazifasi о‘z kompaniyalari, korporatsiyalari tomonidan ishlab-chiqilgan avtomobillarni, ehtiyot qismlarni, avtomobillarni sotishdir. Albatta, bunday stansiya va dilerlar texnik xizmat kо‘rsatish va ba’zi bir ta’mirlash ishlarini ham bajaradilar, ammo bu ishlar ikkinchi о‘rinda bо‘lib, u ham faqat о‘z firmasi avtomobillariga kо‘rsatiladi. Shuning uchun ham bunday korxonalari firma usulida xizmat kо‘rsatuvchi ATXKSlar deb yuritiladi. Ular kо‘rsatgan xizmatlari hajmi salmoqli bо‘lib, ba’zi mamalakatlarda (masalan, ba’zi Yevropa mamlakatlarida) umumiy xizmatning 30% gacha yetib boradi. Mamlakatimizda bunday firma usuliga о‘xshash xizmat kо‘rsatuvchi stansiyalar asosan “О‘zDEU” avtotexxizmat” xissadorlik birlashmasiga qarashlidir. Shuni aytish zarurki, firma usulida xizmat kо‘rsatuvchi stansiyalarning mavqi yuqori baholanadi, chunki ularda sotiladigan ehtiyot qismlar zavodlarda tayyorlangan, xizmat kafolati ishonarli va sifati yuqori bо‘ladi va shuning uchun mijozlar shunday stansiyalar, dilerlar xizmatidan foydalanishni afzal kо‘radilar. Dunyodagi barcha avtomobillar ishlab chiqaruvchi va ular bilan savdo qiluvchi kompaniyalar о‘z mamlakatlari ichkarisida va avtomobillari sotiladigan chet davlatlarda minglab firma usulida xizmat kо‘rsatuvchi avtomarkazlar va diler stansiyalariga egadirlar. Ayniqsa, A+SH, Yevropa mamlakatlari va Yaponiya avtomobilsozlik kompaniyalari tashkil etgan servis korxonalari mashhurdirlar.
ATXKS lari о‘z xizmati bilan bo\liq \\bо‘lgan barcha ishlarni, chunonchi, avtomobilni yuvishdan tortib to unga texnik xizmat kо‘rsatish, asosiy qismlari va agregatlari, mexanizmlarini ta’mirlay olgan xolda universal stansiyalar deb ataladi.
Ba’zi hollarda ayrim ATXKSlar, ayniqsa, shahar stansiyalari, xizmatning ayrim ishlarinigina bajaradilar, masalan, avariyaga uchrab urilgan avtomobillar kuzovini tiklash yoki avtomobillar agregatlari va detallarini ta’mirlab, ish qobiliyatini tiklash va h.k. Bu holda stansiyalar ixtisoslashgan deb ataladilar. Ixtisoslashish xizmat kо‘rsatiladigan avtomobil markalari va turlariga qarab ham bо‘lishi mumkin, ayniqsa bu firma usulida xizmat kо‘rsatuvchi stansiyalar va dilerlarga xosdir. ATXKS larining quvvatlari ulardagi ishchi postlarning soni va bir yilda xizmat kо‘rsatilgan avtomobillar soni bilan belgilanadi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, stansiyalar kichik (15 ta gacha ishchi postlarga ega bо‘lgan), о‘rta (16-25 ishchi postlari) va katta (25 dan kо‘p ishchi postli) xillarga bо‘linadi.
Albatta, barcha mamlakatlarda kichik va о‘rta stansiyalar ham son, ham umumiy quvvat jihatdan va kо‘rsatiladigan yalpi xizmat hajmi hisobida yetakchi о‘rinda turadilar (90 % dan yuqori). Dunyodagi kо‘pchilik mamlakatlarda ATXKS larining о‘rtacha quvvati 3,5-4,5 postni tashkil etadi va ulardagi ishlaydigan odamlarning о‘rtacha soni esa 4,5-5,5 kishidan iboratdir. Ba’zi mamlakatlarda, masalan A+Shda, diler quvvati ularning bir yilda sotadigan avtomobillari soniga qarab belgilanadi, chunonchi, I- klass diler stansiyalari 149 gacha avomobil sotishga mо‘ljallangan bо‘lsa, II- klass 150-399, III- klass 400-749, IV- klass esa 750 va undan kо‘p avtomobillarga sotishga mо‘ljallangandirlar. ATXKS lari ma’lum standartlar va maxsus namunaviy (tipovoy) loyihalar asosida quriladi. Mamlakatlar bо‘ylab yagona loyihalar qо‘llanilmaydi, har bir yirik firmalar о‘z namunaviy loyihalarini ishlab chiqadi va shularga binoan о‘z stansiyalarini quradilar. Masalan, Germaniyaning “Mersedes-Benz” firmasi yengil va yuk avtomobillariga servis xizmati kо‘rsatuvchi olti tipdagi (klassdagi) shahar stansiyalarining namunaviy loyixalarini ishlab chiqib, ularni amalga oshirgan. Ulardagi ishchi postlarning soni quyidagicha:
I - kl. 6 ta
II - kl. 6+1+avtosalon
III - kl. 7+2+avtosalon
IV - kl. 14+3+avtosalon
V - kl. 14+3+avtosalon + yuk avtomobillarga TX kо‘rsatish
VI - kl. 41+8+avtosalon.
Sobiq ittifoqda esa “Lengiproavtotrans” loyihalash instituti 6, 11, 15, 25, 25+avtosaloni, 50+avtosaloni bilan, “Giproavtotrans” instituti esa postlari 15, 30, 30+ avtosaloni bilan, 50+avtosalon, 75+avtosaloni va 100+avtosaloni bilan stansiya va avtomarkazlarning namunaviy loyihalari ishlab chiqib amalga oshirilganlar.
Yо‘l bо‘ylarida joylashgan stansiyalarining quvvati esa shu yо‘lning klassi, ya’ni sutkasida yо‘ldan о‘tadigan avtomobillarning soniga qarab (5 kategoriyali) hisoblanadi, ularni kо‘pchiligi kichik stansiyalardir.
Avtoustaxonalar avtomobillarga texnik xizmat kо‘rsatish va ularni ta’mirlash ishlarining ayrim mexanizmlar, agregatlar yoki tizimlar bо‘yicha bajarishga ixtisoslashgan kichik korxonalardir. Masalan, shinalarga TX kо‘rsatuvchi va ularni yamovchi yoki akkumulyatorni zaryadlovchi va ta’mirlovchi, yengil avtomobillar kuzovlarini tiklovchi va bо‘yovchi va h.k. Bunday ustaxonalar shahar va qishloqlarda, yо‘llar bо‘ylarida joylashishi mumkin. Ustaxonalarda avtomobillar kirishi uchun maxsus postlar bо‘lmaydi, ularning maydoni ham uncha katta emas (40-60 m2), ishlovchilarni soni esa 1-3 kishidan iboratdir. Avtoustaxonalar oilaviy, kichik biznesning aynan о‘zidir.
Texnik xizmat kо‘rsatish postlari esa ustaxonalardan farqli ravishda avtomobilning о‘ziga xizmat kо‘rsatadi va mayda ta’mirlash ishlarini bajaradi. Bular ham kichik biznes korxonalari bо‘lib, ularda ishlovchilarni soni 1-3 kishi, postlar soni esa 1-2 dan iborat bо‘lib, shaharlar, qishloqlar va yо‘l bо‘ylarida joylashadilar.



Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling