Avtotransport korxonalarida umumxo‘jalik faoliyatidan olingan moliyaviy natijalarning hisobi 3
Download 79.56 Kb.
|
Buxgalteriya hisobi-Xurramov Firdavs
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Avtotransport korxonalarida sof foyda va uni ishlatilishining hisobi
Avtotransport korxonalarining umumxo‘jalik faoliyati moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga yuqoridagi ko‘rsatkichlardan tashqari soliq to‘lagunga qadar bo‘lgan foyda (zarar) va daromad (foyda) solig‘iga tortiladigan foyda (zarar) ko‘rsatkichlari ham kiradi. Avtotransport korxonalarining soliq to‘lagunga qadar bo‘lgan foydasi (zarari) ularning umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (zarar) summasiga favqulotdagi foyda summasini qo‘shish hamda favqulotdagi zarar summasini ayirish yo‘li bilan topiladi. 21-son BHMSga muvofiq avtotransport korxonalarida favqulotdagi daromadlar 9710 “Favqulotdagi foyda” schyotining kreditida hisobga olinadi. Bunda favqulotda olingan yoki hisoblangan foydaning turlarini ko‘rsatuvchi schyotlar, masalan 0100, 0400, 0700, 1000, 4890, 5010, 5110 va boshqa schyotlar debetlanadi. Favqulotdagi zararlar hisobi 9720 “Favqulotdagi zararlar” schyotining debetida yuritiladi. Bunda favqulotdagi hodisalardan ko‘rilgan zararlarning aniq moddalarini ko‘rsatuvchi schyotlar, masalan, 0100, 0400, 0700, 1000, 5010, 5110, 6990 va boshqa schyotlar kreditlanadi. Hisobot davri oxirida 9710 “Favqulotdagi foyda” schyotining kreditida hamda 9720 “Favqulotdagi zararlar” schyotining debetida to‘plangan summalar mos ravishda 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga o‘tkaziladi va shu yo‘l bilan ushbu schyotlar yopiladi.3. Avtotransport korxonalarida sof foyda va uni ishlatilishining hisobi Avtotransport korxonalarining hisobot davr (chorak, yil)dagi sof foydasi (qoplanmagan zarari) ularning tashkiliy-huquqiy maqomiga ko‘ra turlicha aniqlanadi. Chunonchi, umumdavlat soliqlarini to‘lovchi avtotransport korxonalarida sof foyda (qoplanmagan zarar) soliq to‘lagunga qadar bo‘lgan foyda (zarar) summasidan hisoblangan daromad (foyda) solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish solig‘i summasini ayirish orqali topiladi. Yagona soliq to‘lovida ishlovchi avtotransport korxonalarining sof foydasi ularning soliq to‘lagunga qadar bo‘lgan foyda (zarar) summasidan hisoblangan yagona soliq to‘lovi summasini ayirish orqali topiladi.Download 79.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling