Avtotransport korxonalarida umumxo‘jalik faoliyatidan olingan moliyaviy natijalarning hisobi 3
Download 79.56 Kb.
|
Buxgalteriya hisobi-Xurramov Firdavs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Debet
Avtotransport korxonalarining sof foydasi (zarari) 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotida barcha daromad va xarajatlar, daromaddan undiriladigan soliqlar to‘liq aks ettirib bo‘lingach, uning yopilishiga qadar kredit hamda debet oboroti summalari o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘ladi. Ushbu schyotning yopilishiga qadar bo‘lgan kredit oborot summasining debet oborot summasidan katta bo‘lishi transport korxonasida sof foydaga erishilganlikni, uning debet oborot summasining kredit oborot summasidan katta bo‘lishi esa transport korxonasining hisobot davrni zarar bilan yakunlaganligini bildiradi. Erishilgan sof foyda buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi: Debet 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» Kredit 8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari». Avtotransport korxonasining hisobot yilida faoliyatni zarar bilan yakunlashi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Debet 8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari» Kredit 9910 «Yakuniy moliyaviy natija»Avtotransport korxonalari o‘zlarining sof foydasini ularning tashkiliy-huquqiy maqomiga ko‘ra qonun hujjatlari hamda ta’sis hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartiblarda turli maqsadlarda ishlatadilar. Chunonchi, aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi avtotransport korxonalarida hisobot yilning sof foydasi kelgusi yilda aksiyadorlar yig‘ilishi qaroriga muvofiq taqsimlanadi. Aksiya egalariga sof foydanining dividend sifatida taqsimlanishiga buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv qilinadi: Debet 8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari» Kredit 6610 «Hisoblangan dividendlar» Sof foydadan rezerv kapitaliga qilingan ajratma summasiga: Debet 8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari» Kredit 8520 «Rezerv kapitali» Hisobot yilning taqsimlanmayin qolingan sof foydasining o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasiga o‘tkazilishiga: Debet 8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari» Kredit 8720 «O‘tgan yillarning taqsimlamagan foydasi (qoplanmagan zarari)».Download 79.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling