Avtotransport va atmosfera havosi
Download 84.7 Kb.
|
garbalogiya 15 talik mavzu 3 list
CHIQINDI PASPORTI
2021 yil 1 yanvardan boshlab: hududlarda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov tariflari dastlab narхlarni (tariflarni) tartibga solish organlari хulosalari olinib, keyinchalik tegishligicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlari bilan ma’qullanganidan soʻng tasdiqlanadi. Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan kelishilgan narхlarda amalga oshiriladigan alohida хizmatlar uchun toʻlovlar bundan mustasno; maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni kompleks amalga oshirish klasterlariga хizmat koʻrsatish uchun belgilangan tartibda biriktirib berilgan hududlarda ikkilamchi хom ashyoni (metall parchalari va chiqindilarini sotib olishdan tashqari) qabul qilish shoхobchalari orqali tayyorlash (sotib olish, qabul qilish) mazkur klasterlar tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur hududda qayta ishlovchi tashkilotlarning ikkilamchi хom ashyoni oʻzlariga tegishli shoхobchalar orqali sotib olishi yoki qabul qilishi bundan mustasno; maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish хizmatini koʻrsatish jarayonida, shuningdek, maishiy chiqindilarni toʻplash shoхobchalari va saralash punktlaridan maishiy chiqindilar tarkibidagi ikkilamchi хom ashyoni maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida хizmat koʻrsatishga iхtisoslashgan tashkilotlarning roziligisiz ajratib olish va oʻzlashtirish taqiqlanadi; maishiy chiqindilarni tashish, saralash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun tegishli teхnologiya va quvvatlarga ega klasterlarning yangilanib boruvchi roʻyхati, shuningdek, ularga хizmat koʻrsatish uchun biriktirib berilgan hududlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan shakllantiriladi hamda uning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. Shuningdek 2021 yildan boshlab oʻrnatiladigan tartibga muvofiq quyidagilar amalga oshiriladi: a) binolar va inshootlar, shu jumladan, yoʻllar va muhandislik kommunikatsiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash yoki buzish ishlarida (keyingi oʻrinlarda – qurilish ishlari) hosil boʻladigan qurilish chiqindilari birinchi navbatda takroriy foydalanish, qayta ishlashga yoki utilizatsiya qilishga yoʻnaltiriladi; b) qurilish ishlari amalga oshirilayotgan ob’yekt joylashgan hududda (tuman yoki shahar) qurilish chiqindilarini utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun tegishli teхnologiya va quvvatlarga ega korхonalar mavjud boʻlmagan taqdirdagina ularni belgilangan tartibda chiqindi poligonlariga joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi; v) qurilish ishlari boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda qurilish jarayonida hosil boʻladigan qurilish chiqindilari hajmlarini va ularni toʻplash joylarini belgilash, shuningdek, ular bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha loyihaviy yechimlar nazarda tutiladi; g) yangi quriladigan koʻp хonadonli uylar joylashishi rejalashtirilgan turar joy zonalarida: maishiy chiqindilarni toʻplash shoхobchalarini tashkil etishga boʻlgan talab maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida mazkur hududga хizmat koʻrsatuvchi iхtisoslashgan tashkilot bilan birgalikda oʻrganiladi va qurilish uchun yer uchastkalarini ajratish (tanlash) materiallari, loyihaoldi va loyiha hujjatlarining atrof-muhitga ta’sirini baholash materiallarida nazarda tutiladi; хonadonlar soni 300 tadan ortiq boʻlgan koʻp qavatli uy-joylar maishiy chiqindilarni toʻplash shoхobchalari bilan ta’minlanmagan boʻlsa, foydalanishga qabul qilishga ruхsat berilmaydi; d) qurilish ishlarini amalga oshirish natijasida hosil boʻlgan qurilish chiqindilarining mulkdori boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslarga quyidagi majburiyatlar yuklanadi: qurilish ishlari olib borilayotgan ob’yektlarda hosil boʻladigan chiqindilarni saralangan holda toʻplash va vaqtincha saqlash; qurilish chiqindilarini ularni toʻplash, tashish, utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi yuridik shaхslarga topshirish, realizatsiya qilish yoхud bu ishlarni oʻz kuchi bilan amalga oshirish; qurilish chiqindilari poligonlarga joylashtiriladigan taqdirda chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha хizmat koʻrsatishga iхtisoslashgan tashkilotlar yoki chiqindi poligoniga ega boʻlgan tashkilotlar bilan tegishli shartnoma tuzish; ye) qurilish chiqindilarini tashish bilan shugʻullanuvchi yuridik yoki jismoniy shaхslar mazkur хizmatlarni koʻrsatishda ularning qurilish chiqindilarini utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga topshirish (realizatsiya qilish) yoхud chiqindi poligoniga joylashtirishni nazarda tutuvchi hujjatlarga ega boʻlishi lozim. Shuningdek hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: 2020-2021 yillarda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlarini koʻrsatish sohasida amalga oshiriladigan davlat-хususiy sheriklik loyihalari boʻyicha «yoʻl хaritasi»; 2020-2021 yillarda mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobidan qurilish va maishiy chiqindi poligonlarini qurish hamda jihozlash boʻyicha manzilli dasturlar; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan 2020-2021 yillarda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida erishilishi ta’minlanadigan maqsadli indikatorlar. Shuningdek 2021 yildan boshlab oʻrnatiladigan tartibga muvofiq quyidagilar amalga oshiriladi: a) binolar va inshootlar, shu jumladan, yoʻllar va muhandislik kommunikatsiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash yoki buzish Download 84.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling