Avtotransport va atmosfera havosi


SANOATDA CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH


Download 84.7 Kb.
bet8/15
Sana18.06.2023
Hajmi84.7 Kb.
#1588443
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
garbalogiya 15 talik mavzu 3 list

SANOATDA CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH
Ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlangan davrida tabiat va jamiyatning o’zaro ta’siri bilan bog’liq bo’lgan muammolar, asosiy va murakkab muammolar bo’lib bormoqda. Shulardan biri geografik muhitning qattiq sanoat chiqindi moddalari bilan ifloslanishi va uni oldini olish muammosidir.
Ilmiy-texnik taraqqiyot sanoat korxonalarida texnikani, ishlab chiqarish texnologiyasini uzluksiz takomillashtirishda, ijtimoiy mehnat mahsuldorligining o’sishiga va ish sharoitlarining yaxshilanishiga olib keluvchi mehnatni va boshqarishni tashkil etishda namoyon bo’ladi. Texnologik jarayonlar o’zgaruvchan bo’lib, texnika taraqqiy etgan sari to’xtovsiz ravishda ratsionallashtirib boriladi. Chiqindilarni o’z vaqtida yig’ishtirib olib, zararsizlantirilsa, qayta ishlansa, aholiga maqbul sharoit yaratilib, ekologik xavfsizlik ta’minlangan bo’lar edi. Shahar yoki hudud miqyosida chiqindilarni yig’ib olish tizimini takomillashtirilish tegishli xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirishga bog’liq. Zamonaviy va samarali boshqariladigan chiqindilarni yig’ib olish tizimi fuqarolar orasida kasallanishning oldini olish bilan birga ularning yashash va mehnat qilish sharoitlarini yaxshilaydi.
Hozirgi vaqtda, respublikada chiqindilarni boshqarishning asosiy usuli ularni o’z vaqtida yig’ib olish, maxsus chiqindi xonaga tashib ketish va belgilangan maydonda joylashtirishdan iborat.
Chiqindilar hosil bo’lgan joyga, morfologik tarkibiga ko’ra uch turga bo’linadi:

Shu bilan birga aholi va atrof tabiatga ta’siri bo’yicha chiqindilar toksik (xavfliligi) jihatidan klassifikatsiyalanadi.


Ma’lumki, chiqindilar muammosini hal qilishga sarflanadigan umumiy xarajatlarning yarmidan ko’pi, odatda, ularni yig’ib olish va tashib ketish xarajatlarini tashkil qiladi. Ammo chiqindilarni yig’ib olish ishlarining samarali va rejali tashkil qilishini atrof-muhit toza saqlanishi bilan birga va iqtisodiy foydaga olib keladi.
O’zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi” va “Chiqindilar to’g’risidagi” qonunlarga muvofiq chiqindilarni boshqarishni davlat tomonidan muvofiqlashtirish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kegashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda maxsus davlat vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
So’nggi yillarda respublikada vujudga kelgan ekologik vaziyatning tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, chiqindilar atrof tabiatning xavfli ifloslanishiga va aholi salomatligiga jiddiy xavf tug’dirmoqda.
2004-yilda “O’zgidromet” tomonidan maishiy chiqindixonalarda hosil bo’layotgan gazlar o’rganib chiqildi va hisob-kitoblarga ko’ra Respublikadagi chiqindixonalarda hajmi 274 ming tonna metan gazi hosil bo’lishi aniqlandi. Metan gazi atmosferaga ta’siri koeffitsiyenti 21 ga teng bo’lsa, uning zararli ta’sirini tasavvur qilish qiyin emas.
O’zbekiston Respublikasida 2001-yilgacha shahar va tuman markazlarida davlat miqyosda muvofiqlashtiriladigan chiqindilarni boshqarish tizimi sobiq kamunal xizmat ko’rsatish vazirligi tasarrufidagi maxsus avtokorxonalardan iborat bo’lgan.
Mazkur vazirlik respublika bo’yicha yagona texnikaviy siyosatni shakllantirib korxonalarning faoliyatini muvofiqlashtirib borgan. Vazirlik tugatilib, korxonalar bevosita mahalliy hokimliklarga bo’ysundirildi. Shu bilan birga, soha faoliyati bo’yicha monitoringni olib borish “O’zkommunxizmat” agentlikning vakolatlaridan chiqindilar muammosi olib tashlanganiga qaramay monitoring ishlari davom ettirilmoqda.
2008-yilning 1 yanvar holatiga respublikada chiqindilarni boshqarish maxsus avtokorxonalarda jami 2228 ta mashina va mexanizmlar mavjud bo’lgan (2001-yilda ularning soni 3472 ta edi). Shundan chiqindilarni yig’ib tashish foydalanadigan kuzov hajmi 7 m3 lik mashina bo’lgan. Hisob-kitoblarga ko’ra, kuzov hajmi 7 m3 lik 1065 ta mashinalarga bo’lgan ehtiyoj 2245 tani, 10 mhajmlik mashinalarga ehtiyoj 1684 tani tashkil qiladi. Dastlabki baho ko’rsatmoqdaki, shaharlardagi korxonalar ehtiyoyojiga ko’ra 47-63% maxsus mashinalar mavjud.
Maxsus mashinalar oxirgi marta markazlashgan holda 1994 yilda Rossiyadan keltirilgan, ularning foydalanish muddati 5,5 yil bo’lgani uchun foydalanish muddatini o’tab bo’lgan. So’ngi yillarda “Samavto” korxonasidagi chiqindi tashish mashinalar ishlab chiqarila boshlandi va Navoiy, Samarqand, Nukus, Namangan shaharlari korxonalariga yetkazib berildi.
Olib borilgan monitoringlar shuni ko’rsatmoqdaki, 1997-2004 yillarda hosil bo’lgan maishiy chiqindilarni yig’ib tashish hajmi kamayib borgan. Bunga yuqorida qayd etilgan mashinalarning etishmasligi sababdir. Hosil bo’lgan maishiy chiqindilar to’liq hajmda tashib ketilmasa, demak, shahar va tuman markazlarida qolgan. Buning oldini olish uchun mahalliy hokimliklar mavjud avtokorxonalar transportini jalb qilib chiqindilar tashib ketini ta’minlamoqdalar.
Monitoring natijalariga ko’ra, respublika shahar va tuman markazlarida yiliga 10-13 mln m3 maishiy chiqindilar to’planadi, hisob-kitoblarga ko’ra, 1996-yilda 9510 ming m3, 2004-yilda 3489 ming m3, 2007-yilda 7974 ming m3 maishiy chiqindilar tashib ketilgan.
Hozirgi kunda respublikada amalda bo’lgan chiqindixonalarni loyihalashtirish va ulardan foydalanish bo’yicha tasdiqlangan me’yoriy hujjatga asosan shahar va tuman markazlari uchun tashkil qilingan maishiy chiqindixonalar loyihaviy foydalanish muddati kamida 15 yilga mo’ljallangan bo’lishi kerak.
Chiqindixonada mo’ljallangan mashina va mexanizmlarning turiga ko’ra, aholidan hosil bo’ladigan chiqindilar miqdori me’yori va chiqindixonaning loyihaviy xizmat

Download 84.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling