Avtotransport vositalari servisi asoslari
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
2-rasm. Benzinli purkash (injektorli) ta’minot tizimi sxemasi 1-yonilg’i baki; 2-elektr benzin nasosi; 3-
filьtr; 4-reduktsion klapan; 5-temperatura datchigi; 6-temperatura datchigi; 7-elektromagnit klapani (injektor); 8-ishga tushirish elektromagnit klapani; 9-qayta o’tkazish klapani; 10-buriluvchi plastinka; 11- baypas kanali; 12-o’t oldirish tizimi; 13-elektron blok; 14-akkumulyator batareyasi; 15-potentsiometr; 16- buriluvchi plastina; 17-drossel zaslonka datchigi; 18-drossel zaslonka O’t oldirish kaliti yoqilganda EBB yonilg’i nasosi relesini 2 soniyaga ulaydi. Bu vaqt oralig’ida nasos tizimda kerakli miqdorda bosim hosil qiladi va to’xtaydi. Tekshirish natijalariga ko’ra nasos qismlarga ajratilib barcha detallarning holati tekshiriladi, tozalanadi hamda diafragma ostidagi prujinaning yuk bilan va yuksiz holatdagi uzunligi aniqlanadi hamda me’yoriy qiymatlari bilan taqqoslanadi. NEKSIYa, ESPERO va MATIZ turidagi avtomobillarning yonilg’i ta’minot tizimi yonilg’i baki, yonilg’i nasosi, yonilg’i filtri, taqsimlovchi yonilg’i quvuro’tkazgichi, bosim rostlagich, elektron boshqarish bloki (EBB) va datchiklardan tuzilgan. Elektr yuritmali yonilg’i nasosi va yonilg’i sathini nazorat qiluvchi datchik yonilg’i bakiga joylashgan. Nasos bakdan yonilg’ini olib, filtr va yonilg’i o’tkazgichlar orqali uni taqsimlovchi quvuro’tkazgichga yetkazadi. Yonilg’i nasosi tizimda kerakligidan ortiq bosim(0.35-0.8MPa) hosil qiladi. Bosim rostlagich taqsimlovchi yonilg’i quvuro’tkazgichiga o’rnatilgan bo’lib, u tizimda 284-325 kPa bosimni ushlab turish uchun xizmat qiladi. Ortiqcha yonilg’i to’kish quvuro’tkazgichi orqali bakka qayta quyiladi. Starter ulangach dvigatel ishga tushadi va nasos ishlashni davom ettiradi. Taqsimlovchi yonilg’i quvuro’tkazgichi (3-rasm) kiritish kollektorining ustida joylashgan bo’lib, u injektorlarni va bosim rostlagichni qotirish hamda injektorlarga yonilg’ini bir tekis yetkazib berish uchun xizmat qiladi. HUNDAI avtomobili dvigatelining yonilg’i ta’minot tizimini ishlashi dvigatelni boshqarish moduli (DBM) yordamida ta’minlanadi. Yonilg’i bosim ostida bakda joylashgan elektr nasosi yordamida taqsimlash quvuriga bosim bilan uzatiladi. Yonilg’i nasosi 0,36...0,5 MPa bosim hosil qiladi, ammo bosim rostlagich tizimda me’yoriy bosimni ta’minlab turadi. O’t oldirish kaliti yoqilgach DBM 2 sekundga yonilg’i nasosi relesini yoqadi. Bu vaqtda nasos zaruriy bosim hosil etib ishdan to’xtaydi. Starter ishga tushirilgach, nasos to’xtovsiz ishlay boshlaydi. Dvigatel har qanday tartibda ishlaganda yonilg’ining iqtisodiy sarfi DBM yordamida ta’minlanadi. 3-rasm. HYuNDAI avtomobili yonilg’i ta’minot tizimini ishlash tartibi: 1-a bsolyut bosim datchigi (MARS), 2-sovitish suyuqligi datchigi (ECTS), 3-drossel zaslonkasining holati datchigi (TPS), 4-tirsakli valning buralish burchagi holati datchigi (CKPS), 5-taqsimlash vali holati datchigi (CMPS), 6-1- kislorodni yonish holati datchigi (HO2S, 1-datchik), 6-2-kislorodni yonish holati datchigi (HO2S, 2- datchik), 7-detonatsiya datchigi, 8-transport tezligi datchigi (VSS), 9-chiqindi gazlar harorati datchigi (IATS), 10-moy harorati datchigi (OTS), A- injektor, B-katushka zajiganiya, S- salt yurishni boshqarish pulьtiga (ISCA), D-tozalashni boshqarish salinoidi klapani, E-bosh rele, F-yonilg’i nasosi relesi, G-moyni sozlash klapani (OCV). Absolyut bosim datchigi (MARS), sovitish suyuqligi datchigi (ECTS), drossel zaslonkasining holati datchigi (TPS), tirsakli valning buralish burchagi holati datchigi (CKPS), taqsimlash vali holati datchigi (CMPS), kislorodni yonish holati datchigi (HO2S, 1-datchik), kislorodni yonish holati datchigi (HO2S, 2-datchik), detonatsiya datchigi, transport tezligi datchigi (VSS), chiqindi gazlar harorati datchigi (IATS), moy harorati datchigi (OTS) orqali ma’lumotlar DBM ga yetkaziladi, u orqali zaruriy buyruqlar injektorga, o’t oldirish g’altagiga, salt yurishni boshqarish pulьtiga (PCSV), bosh relega, yonilg’i nasosi relesiga va moyning bosimini sozlagichiga (OCV) yetkaziladi. Quyida HUNDAI avtomobilining yonilg’i ta’minot tizimini boshqarish shakli (3-rasm) keltirilgan. Diagnostikalash vaqtida tizimdagi bosim tekshiriladi. Buning uchun quvuro’tkazgichga ulangan yonilg’i yetkazish shlangasi yechib olinib, unga maxsus monometrli qurilma (4-rasm) o’rnatiladi va o’t oldirish kaliti buraladi hamda bosim tekshiriladi. Agar bosim me’yoridan kam bo’lsa, yonilg’i nasosi almashtiriladi. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling