Avtotransport vositalari servisi asoslari


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

4-rasm. Yonilg’i ta’minot tizimidagi bosimni tekshirish: 1- manometr; 2-ulagich; 3-
quvuro’tkazgich.


Me’yoriy sharoitlarda har 10000 km dan so’ng yonilg’i tizimining zichligi kuzatish yo’li bilan
tekshirib turiladi, zarur bo’lsa qotirish ishlari bajariladi. Har 30000 km dan so’ng yonilg’i nasosidagi
qabul qilish va tashqi filtrlar almashtiriladi. Injektorlarning texnik holati, ularni birin-ketin
kuchlanishdan uzish yo’li bilan aniqlanadi. Injektorning ishlamayotganligini dvigatel tirsakli vali
aylanishlar sonining o’zgarmasligidan bilish mumkin. Injektorlarning zichligini aniqlash uchun,
taqsimlovchi quvuro’tkazgich kiritish kollektoridan yechib olinadi va o’t oldirish kaliti buraladi. Agar
bironta injektorning sachratish teshigidan yonilg’i tomchilasa yoki namlansa, shu injektorning zichligi
yo’qolgan hisoblanadi. U holda, bu injektorni yangisiga almashtirish tavsiya qilinadi.
Har 10000 km dan so’ng dvigatelning salt ishlashi datchigi yechib olinib, uning klapani qurumdan
tozalanadi va benzinda yuviladi. So’ngra birikish yuzasidan klapan uchigacha bo’lgan masofa-A (28mm
bo’lishi kerak) me’yoriga keltiriladi. Buning uchun klapanni chiqish teshigiga itarib kiritish yoki tortib
chiqarish zarur. Zamonaviy injektorli avtomobillarning yonilg’i ta’minot tizimini takomillashtirish va
yonilg’i bug’larini ekologiyaga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida Hundai avtomobillarida yonilg’i
bug’larini boshqarish tizimi qo’llaniladi.
Hundai avtomobillarining yonilg’i bug’larini boshqarish tizim.Yonilg’i filtrida va benzin bakida
paydo bo’lgan yonilg’i bug’lari bakda joylashgan A va V klapanlari yordamida “Ganister”ga (4-rasm)
to’planadi. Yonilg’i bug’lari o’z navbatida kanistrdagi yog’och ko’miriga shimiladi. Agarda DBM
yonilg’i bug’larini ishlatmoqchi bo’lsa, bug’ yonish kamerasiga yetkaziladi. Bu ko’pincha, havo
siyrakligi eng ko’p bo’lganda, ya’ni dvigatelning salt ishlash tartibida yuz beradi.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling