Avtotransport vositalari servisi asoslari
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gaz yonilg’isida ishlaydigan dvigatellarning yonilg’i tizimiga texnik xizmat ko’rsatish va uni ta’mirlash texnologiyasi
10-rasm. Forsunkaning yonilg’ini sepish holatlari: 1-me’yoriy; 2-nuqsonli(sepish teshiklari kirlangan); 3-
nuqsonli (tomchilab sepilish). To’zitgich teshiklarini qurum bosganda, ularni (forsunkani qismlarga ajratilgandan so’ng) ingichka po’lat sim bilan tozalash va etillanmagan benzinda yuvish kerak bo’ladi. Yonilg’i baklariga xizmat ko’rsatishda ular yechib olinadi va avvalo, quyqalardan tozalanguncha kaustik sodaning 5 foizli issiq suvdagi eritmasi bilan, so’ng oqib turgan suv bilan yuviladi. CHiqindi gazlarning tutashi tutun o’lchagich yordamida aniqlanadi. Tutashni o’lchash TXK da va ta’mirdan so’ng yoki yonilg’i apparaturalarini rostlash paytida, ko’zg’almasdan turgan avtomobilning dvigatelini salt ishlashidagi ikki xil rejimda: erkin tezlanishda (tirsakli valning aylanishlarini minimal chastotadan maksimal chastotaga yetguncha tezlanishi) va valning eng yuqori maksimal chastotali aylanishlarida amalga oshiriladi. Ishlatilgan gazlarning tutashi ularning optik zichligiga qarab baholanadi va foizlarda ifodalanadi. KamAZ, MAZ va KrAZ avtomobillarining dvigatellarida ishlatilgan gazlarning tutashi, erkin tezlanish rejimida 40 foizdan, eng yuqori (maksimal) chastotali aylanishlarda 15 foizdan oshmasligi kerak. Gaz yonilg’isida ishlaydigan dvigatellarning yonilg’i tizimiga texnik xizmat ko’rsatish va uni ta’mirlash texnologiyasi. Suyultirilgan va siqilgan gazlarda ishlovchi avtomobillar uchun mo’ljallangan gaz uskunalariga texnik xizmat ko’rsatish ko’pgina umumiylikka ega. CHunki ular tuzilishi va ishlash tartibi biri biriga juda o’xshash bo’ladi. Karbyuratorli avtomobillarning uchinchi avlod gaz-ballon jihozlari bilan qurollangan yonilg’i ta’minot tizimi (11-rasm) ishlaganda ballondan (1) suyultirilgan neft gazi (propan-butan) bosim ostida yuqori bosimli gaz magistraliga (3) o’tadi. Ballondagi gaz sarfi mulьtiklapan (2) orqali sodir bo’ladi, o’z navbatida gazni to’ldirish ham mulьtiklapanga ulangan to’ldirish moslamasi (4) orqali amalga oshiriladi. Magistral orqali suyuq holatdagi gaz filtrli gaz klapaniga (5) keladi, u gazni tozalash, dvigatel o’chirilganda yoki benzinga o’tkazilganda gazni o’chirish uchun xizmat qiladi. So’ngra tozalangan gaz reduktor bug’latgichga(6) o’tadi, bu yerda gazning bosimi 1,6 MPa dan 0,1 MPa gacha tushadi. Gaz bug’lanib reduktorni sovutganligi uchun dvigatelning sovitish tizimi bilan bog’langan. Sovitish suyuqligining doimiy harakati reduktor va uning membranasini yaxlab qolishdan saqlab turadi. Ishlab turgan dvigatelning kiritish kollektorida havoning siyrakligi paydo bo’lishi hisobiga, gaz reduktordan past bosimli shlanga bo’yicha dozator (7) orqali karbyuratorning drossel zaslonkasi va havo filtri oralig’iga joylashgan aralashtirgichga (8) yetib keladi. Ishlash tartibini o’zgartirish (gazga yoki benzinga o’tkazish) asboblar paneliga o’rnatilgan yonilg’i turlarini ulagich (10) orqali amalga oshiriladi. Agarda ulagich “GAZ” holatiga o’tkazilsa, gaz elektromagnit klapani (5) ochiladi, benzin elektromagnit klapani (9) yopiladi. Yoki teskari bo’lishi mumkin. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling