13-mavzu. Avtomobilning elektr jihozlariga TXK va T ishlari texnologiyasi.
Reja:
1. Akkumulyator batareyalarida (AKB) uchraydigan asosiy nosozliklar va uning alomatlari.
2. AKBga TXK va T ishlari texnologiyasi.
3. O’t oldirish tizimida uchraydigan asosiy nosozliklar va ularning alomatlari.
4. O’t oldirish tizimiga TXK va T ishlari texnologiyasi.
5. Elektr jihozlarida, ya’ni
generator, tok to’g’rilagich, relesozlagich, starter,
electron boshqarish blogi
(EBB), elektr simlari, o’lcov-nazorat va yorinish asboblarida uchraydigan asosiy nosozliklar va
ularning
alomatlari, ularga TXK va T ishlari texnologiyasi.
Tayanch iboralar:
akkumulyatorlar batareyasi, generator, startyor, rele-rostlagich,
yelektr toki,
nosozlik, buzilish, o’t oldirish, yondirish shami, uzgich-taqsimlagich, yondirish g’altagi, tok
to’g’rilag, nazorat asboblari, yondirish chiroqlari, TXK, ta’mirlash, diagnostika.
Benzinda ishlovchi (o’t oldirish tizimisiz) va dizel avtomobillarning elektr jihozlari
nosozliklarini
bartaraf etish TXK va JT ish hajmining 11-17% ni tashkil etadi. Eng asosiy nosozliklar akkumulyator
batareyasiga, kuchlanishni sozlagich bilan generatorga va starterga to’g’ri keladi.
Bundan tashqari
yoritish va ogohlantirish jihozlarini tekshirish hamda sozlashga alohida e’tibor berish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: