Avtotransport vositalari servisi asoslari
Starterlarga texnik xizmat ko’rsatish
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektrostarterlarning asosiy nosozliklari sabablari, ularni
Starterlarga texnik xizmat ko’rsatish
Starterning asosiy nosozliklariga kuyidagilar kiradi: kollektorni ifloslanishi va kuyishi, cho’tkani yeyilishi va osilib qolishi, cho’tka simining uzilib qolishi, erkin yurish muftasining qadalib qolishi yoki shataksirashi, yakor chulg’amini sochilib ketishi, tortish relesidagi starterning ulash kontaktlarini kuyishi, tortuvchi vintlar bilan mahkamlangan qopqoqni bo’shab qolishi, cho’tkatutkichni izolyatsiyali shaybalari va plastinalarining kuyishi, elektromagnitning g’altagi vtulkasida tortish relesi yakorini qadalib qolishi, podshipniklarning yeyilishi, yakor vali yuritmasini qadalib qolishi, tortish relesi chulg’amlarining uzilishi, bufer prujinasini kuchsizlanishi, uyg’otish chulg’ami yoki yakorning «massa» bilan tutashuvi, kollektor plastinalari orasidagi tutashuv, starter ishlayotgan paytda chiqadigan o’ziga xos shovqinlar. Elektrostarterlarning asosiy nosozliklari sabablari, ularni diagnostika qilish va bartaraf etish usullari esa 2-jadvalda keltirilgan. Starterlarga texnik xizmat ko’rsatishda, avval, starter zanjiridagi simlar va klemmalarning holati, so’ngra starter cho’tkalari hamda kollektorning holati tekshiriladi. Kollektorning ishchi yuzasi ko’p kuymagan va silliq bo’lishi lozim. Ishchi yuza kirlangan bo’lsa, benzin bilan namlangan toza lattada artiladi. Agar kuyish izini va kirlarni tozalashga erishilmasa, u holda kollektorni mayin oynasimon (donadorligi 80-100 bo’lgan) jilvir bilan tozalash kerak. 2-jadval. Elektrostarterlarning asosiy nosozliklari sabablari, ularni Nosozliklarning sabablari Diagnostika kilish usullari Bartaraf etish usullari Starter va tortish relesi ishga tusha olmaydi (ulanmaydi) AKB kuchli razryadlangan yoki unda nosozliklar bor AKBning razyadlanish darajasini elektrolit zichligi yoki yuklama ayrisi yordamida Nosoz AKB yangisiga almashtiriladi Boglanishlarda kontakt buzilgan, elektr ta’minoti yoki starterni boshkarish zanjiri simlarida uzilish bor Tester yoki volьtmetr bilan zanjirlarning va ushlagichlarning butunligi aniklanadi Zaruriyat bulsa, ushla- gichlar kotiriladi, shikastlangan simlar almashtiriladi Kushimcha rele, ut oldirish kaliti ishi buzilgan Starter bevosita AKBga ulanadi. Starter nukson siz ishlayotganda yoki ut oldirish kaliti ishdan chikkan Nosoz elementlar almashtiriladi yoki ta’mirlanadi Tortish chulgamida uzilish, uramlararo tutashuv massa bilan tutashuv tufayli tortish relesidagi nosozliklar, kontakt diskining takalishi Tortish relesidagi kontakt boltlari kushimcha sim bilan tutashtirilganda starter ishlab ketadi Kismlarga ajraladigan rele ta’mirlanadi, nosoz elementlar sozlariga almashtiriladi Starter chulgamlarida kiska tutashuv Nazorat lampasi yoki tester bilan tekshiriladi Starter ta’mirlanadi Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling