Avtotransport vositalari servisi asoslari


Mintaqaviy (zona)omborlar -


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

Mintaqaviy (zona)omborlar - markaziy omborning bulimlari xisoblanadi. Ularning vazifalari o’z
mintakalaridagi avtomobil parkini ehtiyot qismlar bilan ta’minlashdir. Bu omborlarning hajmi ular
tomonidan xizmat ko’rsatiladigan xududlar soniga bog’lik. Mintakaviy omborlarga ehtiyot qismlar,
asosan, markaziy ombordan keltiriladi. Ayrim vaqtlarda, esa mustakil ravishda bu omborlarga ehtiyot
qismlarning asl nusxalari avtomobil ishlab chiqaruchi va pudratchi hamda firma tarkibidagi agregat va
detallarni ta’mirlovchi zavodlardan tug’ridan-tug’ri olib kelinadi. Ularda saqlanayotgan detallar
nomenklaturasi 20 minga yakin nomdan iborat bo’lib, urtacha zaxira hajmi 1,5...2 oyga yetarli darajada
ushlanadi. Maksimal va minimal zaxira hajmi kup yillik tajribalarga asoslanib, yetarli darajasida
ushlanadi, ya’ni urtacha maksimal zaxira oylik minimali esa 1.1,5 oylik talab darajasidan oshmaydi.
Hududiy omborlar - mintakaviy omborlarning bulimlari xisoblanadi. Bu omborlar avtomobil
parklari jamlangan tumanlarda joylashtiriladi va ularning vazifasi ushbu avtomobil parkini kerakli ehtiyot
qismlar bilan ta’minlashdir. Agarda firma avtomobillarining yillik eksporti 2 mingdan oshsa, xududiy
omborlar boshqa davlatlar xududida xam tashkil etiladi. Ehtiyot qismlar bozoridagi kattik rakobat
talablari avtomobil firmalarini tezkor ishlashga va yangi boshqarish usullarini kullashga jalb etadi. SHu
sababli bu omborlarning hajmi ular tomonidan xizmat ko’rsatiladigan tumanlar soniga bog’lik. Ularda
umumiy ehtiyot qismlar nomenklaturasining 60%ga yakini (10.15 ming nomdagi detallar) va xar bir nom
buyicha 2,5.3 oylik zaxirasi saqlanadi. Xududiy omborlarga ehtiyot qismlar asosan mintakaviy (yoki
markaziy) omborlardan keltiriladi. Ayrim vaqtlarda, mustakil ravishda, bu omborlarga ehtiyot
qismlarning asl nusxalari avtomobil ishlab chiqaruchi va pudratchi hamda firma tarkibidagi agregat va
detallarni ta’mirlovchi zavodlardan tug’ridan-tug’ri olib kelinadi. Xududiy omborlar yukori bokichdagi
omborlar bilan reja asosida birgalikda ishlaydilar.
Hududiy omborlar faoliyat ko’rsatadigan xududlarda firmalar yirik ASK markazini tashkil
etadilar.
Yirik dilerlarning ASK markazining omborlari o’z faoliyati uchun hamda xududlaridagi kichik
dilerlar uchun kerakli ehtiyot qismlarga bulgan talabni kondiradi. Ularda umumiy ehtiyot


2-rasm. Ehtiyot qism va materiallarni omb ori
qismlar nomenklaturasidan 20%, asosan eng kup talab etiladiganlari (5...7ming detallar)
saqlanadi. Ularning urtacha zaxirasi xar bir nom buyicha 1,5 oyga yetadi.
ASK o’z xududida mijozlar avtomobiliga ehtiyot qism va materiallar bilan kushimcha
ta’minlash maksadida chakana savdo kiluvchi dukon va omborlar tashkil etadilar. Bunday
ixtissoslashgan dukonlarda sotiladigan ehtiyot qism va materiallar nomenklaturasi ASK vazifasi va
kuvvatiga bog’lik.
ASK omborlarida saqlanadigan va uning xududida joylashgan dukonlarda sotiladigan ehtiyot
qism va materiallar sifati va standartlarga mosligi kafolatlanadi.
ASK omborida saqlanadigan ehtiyot qismlar hajmi va nomenklaturasi buyicha mijozlar tez-tez
talab etadigan detallardan iborat bo’lishi kerak.
Servis korxonalarida resurslarni me’yorlash va ehtiyojlarni aniklash
ASKning ehtiyot qismlarga bulgan talabini aniklashda, ularni sarflash me’yoridan
foydalaniladi. Sarflash me’yorlari, ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish, rejalashtirish va ularga buyurtma
berish hajmini hamda ASK buyicha ehtiyot qismlarga ketadigan sarflarni aniklashda ishlatiladi.
Nomenklatura me’yori, xar bir detal buyicha urtacha ehtiyot qismlar sarfini belgilaydi, ya’ni
dona, 100 avtomobil uchun, bir yilga. Nomenklatura buyicha ehtiyot qismlar me’yori asosan uch usul
buyicha aniklanadi:
1.
detallarning xakikiy sarfi;
2.
detallarning resursi;
3.
extimollik usuli.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling