Avtotransport vositalari servisi asoslari
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17 -mavzu. Avtoservis korxonalarining moddiy-texnik ta’minoti. Reja
- Tayanch iboralar
Nazorat savollari
1. Yurish qismi nosozliklari 2. Yurish qismiga TXK 3. Boshqaruv g’ildiragi o’rnatish burchaklarini sozlash 4. G’ildiraklarni statik va dinamik muvozanatlash 5. SHinalarni ishdan chiqish sabablari 6. SHinalarga TXK 17 -mavzu. Avtoservis korxonalarining moddiy-texnik ta’minoti. Reja: 1. Moddiy-texnik resurslarni umumiy tavsifi. 2. Moddiy-texnik tizimini tasnifi. Ehtiyot qismlar ta’minoti tizimi. 3. Korxonalarni ombor xo’jaliklari. 4. Servis korxonalarida resurslarni me’yorlash va ehtiyojlarni aniqlash. 5. Moddiy-texnik ta’minot tizimini istiqbolli rivojlanishi. Tayanch iboralar: ta’minot, texnika, moddiy, ehtiyot qismlar, agregatlar, mexanizmlar, tarmoqlar,istiqbol, resurs, me’yorehtiyoj, tizim, avtomobil, servis, korxona. Moddiy-texnik resurslarni umumiy tavsifi Moddiy-texnik ta’minot deganda, moddiy boyliklar ishlab chiqarish va ularni iste’molchilarga yetkazib berish jarayoni tushiniladi. ASKning moddiy texnik ta’minotiga servisga kiradigan avtomobillar uchun kerakli ekspluatatsion materiallar, ehtiyot qismlar, agregatlar, shinalar, akkumulyatorlar hamda servis korxonasini ehtiyoji uchun va bir me’yorda ishlashi uchun kerakli boshqa materiallar bilan ta’minlash vazifalari kiradi. Moddiy-texnik ta’minot qayta ishlab chiqarishning asosiy qismi bo’lib, u iktisodiy konunlarga buysunadi. Narx konunining ta’siri mahsulotni sotish jarayonida namoyon bo’lib, uning vazifasi mahsulotni ishlab chiqarishdan to buyurtmachigacha belgilangan narxdan oshirmasdan yetkazishni ta’minlashdan iborat. Avtomobil-tiklanadigan murakkab buyum bo’lib, uni ishlash qobilyatini ushlab turish uchun majburiy profilaktik va talab asosida joriy ta’mirlash ishlari o’tkaziladi. Bu vaqtda ayrim detal, agregat va materiallar almashtiriladi. Agar ASK omborlarida yetarli darajada ehtiyot qism va materiallar bo’lsa, texnik ta’sir ishlari sifatli o’tkaziladi. Muntazam ishlashni ta’minlash uchun ASK bir necha ming turdagi buyum va materiallarga ega bo’lishi kerak. CHet davlatlarda avtomobil ishlab chiqaruvchilar orasida, shunday qoida bor: «kim ishlab chiqarsa, o’sha xizmat ko’rsatadi». SHu sababli avtomobillarni kerakli ehtiyot qismlar bilan ta’minlashni asosan avtomobil ishlab chiqaruvchi firma (zavod)lar o’z zimmasiga oladilar. ASKda moddiy-texnik ta’minotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -avtomobillarga sifatli va o’z vaqtida xizmat ko’rsatish uchun kerak bulgan barcha ehtiyot qism va materiallar bilan ta’minlash, - ehtiyot qism va materiallarni tejash; - ehtiyot qism va materiallarga o’z vaqtida, kerakli nom(nomnklatura) va hajmi buyicha buyurtma berish, ularni qabul qilish (sotib olish) hamda zaxirasini hosil qilish va saqlashni tashkil etish. ASKda moddiy-texnik ta’minotning samaradorligini oshirish sarf- xarajatlarni bozor iktisodiyoti sharoiti asosiga qurish va kerakli me’yorlardan foydalanish bilan o’zviy bog’likdir. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling