Avtomobil shinalari va akkumulyator batareyalari. Bu turdagi buyumlar avtomobil ehtiyot
qismlar nomenklaturasiga
kirmaydi, shuning uchun avtoservis korxonalarida ularning aloxida xisobi olib
boriladi va rejalashtiriladi. Respublikamizda ekspluatatsiya kilinayotgan avtomobilarda yuzga yakin
turdagi shinalar va ularga tegishli kameralar hamda undan ortik nomdagi akkumulyator
batareyalari
qo’llanilmokda.
Ehtiyot qismlar ta’minoti tizimi
O’zbekistonda 1991 yilgacha markazlashtirilgan moddiy-texnik ta’minot tizimi ishlardi, u
davlat
ombor tarmoqlari orkali agregatlar, ehtiyot qismlar, texnologik jixozlar va ekspluatatsion materiallarni
taksimlab, ASKga yetkazar edi. Hozirgi vaqtda bu tizim bozor iqtisodiyoti sharoitida
chet davlatlar
tajribalariga asoslangan holda ishlamokda. Respublikamizdagi ASKni ehtiyot qismlar bilan ta’minlash
tizimining tarkibiy to’zilishi 9.1-rasmda keltirilgan.
Avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar guruhi kuyidagilardan iborat:
avtomobil va ehtiyot qism ishlab chiqaruvchilar; mustaqil pudratchi ta’minlovchilar;
avtomobil ishlab
chiqargan zavodlar orkali agregatlarni ta’mirlash; taqlid kiluvchi (imitator)lar.
Do'stlaringiz bilan baham: