Avtotransport vositalari servisi asoslari
Ishlash jarayonida amortizatorda paydo buladigan nosozliklar
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
Ishlash jarayonida amortizatorda paydo buladigan nosozliklar,
Podshipniklarning va gupchakning ichki qismi surkov moyi bilan to’ldiriladi va gupchak qalpog’i o’rnatiladi. SHkvoren birikmasining yeyilishi T1 asbobi yordamida aniqlanadi. Asbob indikatori avtomobilning oldingi ko’prigiga o’rnatiladi. G’ildirak osib qo’yiladi va indikatorning o’lchash sterjeni tayanch tormoz diskining pastki qismiga keltiriladi. Agarda shkvoren birikmasida yeyilish bo’lsa, g’ildirak tushirilganda indikator uning kattaligini ko’rsatadi. Birikmadagi tirqish 1,5mm gacha bo’lsa, avtomobil foydalanishga yaroqli deb hisoblanadi. Oldingi ko’priklar maxsus jihozlar yoki tagliklarda bo’laklarga ajratiladi. SHkvorenlarni, uning barmoqlarini, tashqi va ichki podshipniklarini yechish uchun maxsus yechgichlardan foydalaniladi. Yedirilgan podshipniklar va rul tortqilari sharnirlari yangisiga almashtiriladi. Oldingi ko’prik balkasini egilganligini maxsus moslamalar, shablonlar, lineykalar va burchak o’lchagichlar yordamida aniqlanadi. Edirilgan shkvoren vtulkalari yangisiga almashtiriladi. Avval vtulkaning bir tomoni, keyin esa ikkinchi tomoni almashtiriladi. Almashtirish vaqtida o’rnida qolgan vtulka, o’rnatilayotgan vtulka uchun markazlovchi rolini o’ynaydi. Oldingi ko’prik nosozliklarining eng ko’p uchraydigani g’ildirakni o’rnatish burchaklarini buzilishidir. Tuzilishi jihatidan yuk avtomobillari va avtobuslar uchun faqat yaqinlashuv burchagi, yengil avtomobillar uchun g’ildirakning og’ish burchagi, shkvorenning bo’ylama og’ishi, burilish burchaklarining bir-biriga monandligi va yaqinlashuvi sozlanadi. Keltirilgan ketma-ketlik texnologik zaruriy hisoblanadi. Bu ketma-ketlikka rioya qilmaslik avval sozlangan burchakni buzilishiga olib keladi. Yuk avtomobillari va avtobuslarda g’ildiraklarning og’ish burchagi hamda shkvorenni bo’ylama og’ish burchagini buzilishi, balkani deformatsiyasi hisobiga o’zgaradi. Agar balkani to’g’rilashning imkoni bo’lmasa uni yangisiga almashtiriladi. Hozirda ishlab chiqarilayotgan, oldingi osmasi 2 ta richagdan iborat bo’lgan yengil avtomobil g’ildiraklarining og’ish burchagi yuqorigi yoki pastki richagni siljitish yo’li bilan sozlanadi. Buning uchun har bir qotirish bolti tagiga bir xilda tiqinlar qo’shiladi (yoki olinadi). SHkvorenni bo’ylama og’ish burchagini richag o’qlarini gorizontal tekislikda burash hisobiga sozlanadi. Buning uchun sozlash tiqinlarini bir bolt tagidan olib ikkinchisiga qo’yiladi. Tiqinlarni o’zgartirish soni sozlanuvchi burchakka bog’liq. G’ildirakning og’ish burchagi va shkvorenni bo’ylama og’ish burchagini sozlash uchun bitta operatsiya bajarilishi kerak. SHuning uchun maxsus tayyorlangan nomogrammalar ishlab chiqilgan. Hozirda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy avtomobillarda (shu jumladan NEKSIYa, Lasetti, MATIZ vah.k.) makferson (to’lg’anuvchi sham) turidagi osma qo’llaniladi. Bunday yengil avtomobillar uchun g’ildirakning og’ish burchagi va burilish o’qining og’ishini sozlash ishlari bajarilmaydi, faqatgina yaqinlashuv burchagigina sozlanadi xalos. 2-rasm. Boshqariladigan g’ildiraklarni o’rnatish shakli: a-og’ish 0 va shkvorenning ko’ndalang qiyalik 0 burchaklari; b-shkvorenning bo’ylama qiyalik 0 burchagi; v-g’ildiraklarning yaqinlashuv masofasi G’ildirakning yaqinlashuv burchagini to’g’ri sozlash eng muhim hisoblanib, uni me’yorida bo’lmasligi shina protektorini juda tez va notekis yeyilishiga olib keladi. Yaqinlashuv burchaklarigina sozlash ishlari K-463 turidagi teleskopik chizg’ich yordamida yoki maxsus jihozlar yordamida amalga oshiriladi. quyida teleskopik lineykaning tuzilishi (3-rasm) keltirilgan. Lineykaning (7)-tayanchli (6)-harakatlanuvchi uchi avtomobilning oldingi g’ildiraklari koleyasi kattaligiga qarab suriladi va (5)-qotirgich bilan mahkamlanadi. CHizg’ichning ikki uchiga qotirilgan (8)- zanjirlar chizg’ichni ikkala tomonini poldan bir hil balandlikda o’rnatishni ta’minlaydi. 3-rasm. Yaqinlashuv burchaklarini sozlash lineykasi. Klassik modeldagi VAZ avtomobillarida yakinlashuv burchagini sozlash yon tortkilarning uzunligini uzgartirish bilan bajariladi (4- rasm). SHaklda yakinlashuv burchagini sozlash uchun tortkining uzunligini uzgartirilishi keltirilgan. Buning uchun (3)-xomutning (1)-gaykasi bushatiladi va sozlovchi trubka buragich yordamida kerakli ulchamni xosil kilguncha buraladi. XUNDAI avtomobillarida yakinlashuv burchagini sozlashda (5- rasm), sozlash trubkasining xomuti(S) va gayka(V) bushatiladi. Sungra olti kirrali tortki(A) buralib, kerakli uzunlik xosil kilinadi. Keyin esa, gayka kotirilib, yana yakinlashuv burchagi tekshiriladi. Oldingi ko’prik birikmalarini diagnostikalash, sozlash va ta’mirlash ishlari TXK hamda JT davrida bajariladi. Ishlash jarayonida eng ko’p yediriladigan oldingi ko’prik detallaridan shkvoren va burash mushti vtulkasi hisoblanadi. Diagnostikalash natijalariga ko’ra bu detallar yangisiga yoki ta’mirlanganiga almashtiriladi. Zamonaviy oldingi ko’prigi yetaklovchi avtomobillarda esa g’ildiraklarning og’ish va kronshteynning o’rnatish burchaklari me’yoridan farq qilsa, kronshteyn yangisiga almashtiriladi. Yuk avtomobillarining yaqinlashuv burchagini ko’ndalang rul tortqilari uzunligini o’zgartirish yo’li bilan, chervyakli rul mexanizmli yengil avtomobillarni ikki yon tomondagi tortqilardan birini, reykali rul mexanizmli yengil avtomobillar uchun har bir g’ildiragining og’ish burchagi, ularni sozlovchi rul tortqilarining uzunligini o’zgartirish yo’li bilan sozlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling