Firma usulida xizmat ko’rsatish – bu avtomobil ishlab chiqaruvchi firmaning o’z avtomobillariga
texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirishdir.
Ixtisoslashgan avtoservis korxonalari-xizmatning ayrim ishlarinigina bajaradi.
Avtoustaxonalar-avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarining ayrim mexanizm,
agregat yoki tizimlar bo’yicha bajarishga ixtisoslashgan kichik korxonalardir.
Litsenziyalashtirish-avtoservis korxonalari faoliyatlarini tartibga solish, xizmat ko’rsatish bozorining
normal ishlashini ta’minlash, monopoliyaga qarshi qonun talablarini amalga oshirish, iste’molchilar
huquqlarini himoya qilish, yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash va avtomobil transportini ishlatishda
ekologik me’yorlarga rioya qilishdan iborat.
Sertifikat-avtotransport vositalariga TX ko’rsatish va ta’mirlash uchun litsenziya olishning muhim
talablaridan biri korxona, ko’rsatiladigan xizmat va bajaradigan ishlarning mosligini tasdiqlovchi hujjat,
u Davlat standarti organlari tomonidan beriladi.
Ratsional texnologiya -ishlab chiqarishni tashkil etishning texnologiyasi, ya’ni barcha ishlar
bajarilishining ketma-ketligi, tartibi ishlab chiqilar ekan, u maqsadga muvofiq bo’lishi shart.
Hammabop texnologiya-ko’p marotaba, boshqa joylarda ham qo’llash imkoniyati mavjudligi.
Universalligi-turli-modeldagi, tipdagi avtomobillarga xizmat ko’rsatishda ham shu texnologiyani qo’llash
mumkinligidir.
Texnologiyaning yakunlanganligi-avtomobil har bir bo’limdan o’tgan paytda shu bo’limda
mo’ljallangan barcha ishlarning to’la bajarilishi zarurligidir.
Post ishlari-Avtomobillarning ustida bajariladigan ishlar.
Ustaxona ishlari-avtomobillardan yechibb olingan agregatlar, asbob-uskanalar, qismlar maxsus
xonalarda keltirilib ta’mirlanadi va sozlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |