Avtotransport vositalari servisi asoslari
VI. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi № Mustaqil ta’lim mavzulari
VI. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI
“Avtotransport vositalari servisi asoslari” bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan. Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, misol va masalalar yechadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni yechadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi. Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. SHuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas. Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi. “Avtotransport vositalari servisi asoslari” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi 7 ta katta mavzu ko’rinishida shakllantirilgan. Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi № Mustaqil ta’lim mavzulari 1 Avtomobillar servisi avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatishni umum tan olgan usulidir 2 Avtotransport vositalari servisi tizimi 3 Avtoservis korxonalarida texnikaviy servis texnologik jarayonini tashkil etish. 4 Avtomobillar servisi jarayonini me’yoriy-texnologik hujjatlari 5 Avtoservis korxonalari islab chiqarish bo’-limlari va ustaxonalarida bajariladigan ishlar 6 Servis korxonalarida diagnostikalash ishlarini tashkil etish 7 Avtomobil servisidagi ilg’or chet el tajribalari va O’zbekiston Respublikasi avtoservisining istiqbol yo’nalishlari 8 Avtoservis korxonasida tyuning ximatini tashkil etish 9 Avtomobil kuzovi va kabinasiga TXK va T ishlari texnologiyasi 10 Avtomobil dvigateliga TXK va T ishlari texnologiyasi 11 Avtomobil dvigatelining sovitish va moylash tizimiga TXK va T ishlari texnologiyasi 12 Avtomobil dvigatelining yonilg’i ta’minlash tizimiga TXK va T ishlari texnologiyasi 13 Avtomobilning elektr jihozlariga TXK va T ishlari texnologiyasi 14 Avtomobilni tranmissiyasiga TXK va T ishlari texnologiyasi 15 Avtomobilning boshqarish mexanizmlariga TXK va T ishlari texnologiyasi 16 Avtomobilning yurish qismiiga TXK va T ishlari texnologiyasi 17 Avtoservis korxonalarining moddiy-texnik ta’minoti |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling