II. MODULNI O’QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM
METODLARI
“Insert” metodi Metodning maqsadi: Mazkur metod
talabalarda yangi axborotlar
tizimini qabul qilish va bilimlarni o’zlashtirilishini yengillashtirish maqsadida qo’llaniladi,
shuningdek, bu metod talabalar uchun xotira mashqi vazifasini ham o’taydi.
Metodni
amalga oshirish tartibi:
-o’qituvchi mashg’ulotga qadar mavzuning asosiy tushunchalari mazmuni yoritilgan input-
matnni tarqatma yoki taqdimot ko’rinishida tayyorlaydi;
-yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ta’lim oluvchilarga tarqatiladi yoki taqdimot
ko’rinishida
namoyish etiladi;
-ta’lim oluvchilar individual tarzda matn bilan tanishib chiqib, o’z shaxsiy qarashlarini
maxsus belgilar orqali ifodalaydilar. Matn bilan ishlashda talabalarga quyidagi maxsus
belgilardan foydalanish tavsiya etiladi:
1-jadval. “Insert” metodi
Belgilar
Kasb
Kasblar tasnifi
Professiogramma
“V” – tanish ma’lumot.
“?” – mazkur ma’lumotni tushunmadim, izoh kerak.
“+” bu ma’lumot men uchun yangilik.
“– “ bu fikr yoki mazkur ma’lumotga qarshiman?
Belgilangan
vaqt yakunlangach, ta’lim oluvchilar uchun notanish va tushunarsiz
bo’lgan ma’lumotlar o’qituvchi tomonidan tahlil qilinib, izohlanadi
va ularning mohiyati
to’liq yoritiladi. Savollarga javob berilib mashg’ulot yakunlanadi.
“SWOT-tahlil” metodi Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy
tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo’llarini
topishga,
bilimlarni mustahkamlash, takrorlash,
baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart
tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.
•
S-(strength)
•
kuchli tomonlari
•
W-(weakness)
•
zaif, kuchsiz tomonlari
•
O-(opportunity)
•
imkoniyatlar
•
T-(threat)
•
To’siqlar
2-jadval. “SWOT-tahlil”
metodi
S
Kuchli tomonlari (shaxs psixologiyasi)
W
Ojiz tomonlari(kasbiy shakllanishga
to’siq bo’luvchi ichki omillar)
O
Imkoniyatlar (kasbiy shakllanishga
mavjud imkoniyatlar)
T
Xavflar (kasbiy shakllanishga to’siq
bo’luvchi tashqi faktorlar)
3-jadval.
Kasbiy rivojlanish bo’yicha SWOT tahlili
S
Kasbiy shakllanishning kuchli
tomonlari
To’g;ri kasb tanlash. O’zi hohlagan holda
ish faoliyatini to’g’ri tashkillashtirish.
Jamiyat uchun komponentli kadrga
aylanish
W
Kasbiy shakllanishning kuchsiz
tomonlari
Noto’g’ri kasb tanlaganligi uchun ish
unumining pastligi. Kasbga qiziqishning
yo’qligi sabab o’z kasb-korini chuqur
egallash uchun intilishning yo’qligi
O
Kasbiy shakllanishning
imkoniyatlari
(ichki)
O’z kasbiy shakllanish yuzasidan chuqur
bilim, ko’nkma va malakalarga ega bo’lishi
va faoliyatda yuqori samaradorlikka
erishish. O’z kasbining yetuk mutaxasisiga
aylanishi. Ishlab chiqarish sifati oshadi.
T
To’siqlar (tashqi)
Zamonaviy kasb-korlikni egallashda chet
tillarini o’rganish
va axborot
texnologiyalarini mukammal egallash uchun
sharoitlarni yo’qligi va vaqt yetishmasligi
Do'stlaringiz bilan baham: