Avtotransport vositalari servisi asoslari


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

Nazorat savollari
1. Tyuning deganda nimani tushunasiz?
2. Tashqi tyuning
3. Salon tyuningi
4. Dvigatel tyuningi
5. Transmissiya tyuningi
6. Yurish qismi tyuningi
7. Tyuning yo’nalishlari
8. Tormoz tizimi tyuningi


8-mavzu. Avtomobil servisidagi ilg’or chet el tajribalari va O’zbekiston Respublikasi
avtoservisining istiqbol yo’nalishlari.
Reja:
1. Avtomobil servisidagi ilg’or chet el tajribalari.
2. O’zbekiston Respublikasi avtoservisining holati va o’ziga xos xususiyatlari. Respublika
avtoservisining bosh muammolari.
3. Mavjud avtoservis korxonalarining tarkibi va mamlakat xududlarida joylashuvi.
4. Buyuk Ipak yo’li transport koridorlari bo’lab avtoservis tuzilmasini tashkil etish.
5. Ilg’or tajribalarni sohadagi tashkiliy va iqtisodiy islohotlarda va istiqbol yo’nalishlarni
belgilashda qo’llash.
Tayanch iboralar: avtomobil, servis, tajriba, xos, xususiyat, avtoservis, holat, muammo, tizim, transport,
tashkil etish, iqtisod, istiqbol, yo’nalish, islohot, korxona.
O’zbekiston avtoservisining paydo bo’lishi va rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari.
Mamalakatimizda avtomobil servisining paydo bo’lishi va uning rivojlanish tarixini yuqorida
qisqacha bayon qilib o’tgan edik. Uning o’ziga xosligi shundan iboratki, soha ma’lum ijtimiy-siyosiy,
iqtisodiy sabablarga ko’ra dunyo avtomobil servisidan deyarli 50-60 yil kech qolgan deb tan olindi va
rivojlana boshladi. Ayniqsa avtomobil servisining eng zarur va mukammal usuli, ya’ni firma usulida
xizmat ko’rsatish orqada qolib ketdi. Jahon avtomobil servisining ko’p yillik tajribalari yetarli
o’rganilmadi va ularning bu sohada erishgan yutuqlaridan o’z vaqtida foydalanilmadi.
Avtoservis xizmati asosan faqat bir turdagi, ya’ni shaxsiy yengil avtomobillarga mo’ljallanganligi,
soha ko’lamini toraytirdi va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini susaytirdi. O’zbekistonda 1990 yilda
aholiga qarashli yengil avtomobillar soni deyarli 1 mln. bo’lishiga qaramay, ularga faqatgina 300 ta ASS
lar, avtoustaxonalar va texnik xizmat ko’rsatish punktlari xizmat ko’rsatar, ulardagi jami ishchi postlari
soni 1500 tagina edi. Demak, 660 avtomobilga 1 ta ishchi posti to’g’ri kelgan. Rivojlangan mamlakatlar
tajribasida bu nisbat 70-75/1 ni tashkil etadi. Natijada, avtoservis xizmatiga bo’lgan talablar to’la
qondirilmas, xizmat uchun navbat ko’p, turli joylardan ehtiyot qismlar qidirish, buning ustiga mijozlarga
nisbatan qo’pol muomala va ba’zida hisobdagi qalbakiliklar, sohada jiddiy tarangliklar va noroziliklarga
sabab bo’lar edi.
Mavjud avtoservis korxonalari tarkibi va ularning mamlakat hududidagi magistral yo’llar bo’ylab
joylashuvi, avtomobil parkiga mutanosibligi.
Mustaqillik yillari davrida (1992-2002yy.) mamlakatimiz avtoservisi sohasida undagi ahvolni
yaxshilash maqsadida, bir qancha jiddiy ishlar amalga oshirildi. Birinchi navbatda iqtisodiy islohotlar
o’tkazilib, mulk egalari o’zgartirildi, deyar-li 70% ASSlar, avtoustaxonalar xususiy ishbilarmonlarga
sotildi, qolganlari esa hissadorlik jamiyatlari va uyushmalariga aylantirildi.
Davlatning o’rta va kichik biznesni tez sur’atlar bilan rivojlantirishga qaratilgan siyosatiga asosan
(avtoservis aynan shu toifaga kiradi) respublikamizning barcha shaharlari va xatto, qishloqlarida kichik
quvvatga ega bo’lgan (1-2 postli) ko’plab texnik xizmat punktlari va avtoustaxonalar ochildi.
Albatta, keyingi 6-7 yillar ichida avtoservis sohasida mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar va
chora-tadbirlar o’z samarasini berdi.
Avtoservis korxonalari eshiklari oldida uzoqdan-uzoq navbat kutishlar yo’qoldi, shaharlarda
mijozlar servis korxonalarni va xatto, ustalarni ham tanlab olish imkoniyatlariga ega bo’ldlar. Sohada
mijozlarni jalb etish uchun raqobat paydo bo’ldi.
Ammo amalga oshirilgan jiddiy choralar va erishilgan ijobiy yutuqlarga qaramay respublika
avtoservisi sohasida ham avtomobillar egalari va avtotransport xodimlarini qanoatlan-tiradigan muhim,
tub o’zgarishlarga erishilganicha yo’q.
Ayniqsa, xizmatning sifatiga, xizmat uchun olinayotgan narxlarning asossiz ravishda oshirilib
yuborilayotganligiga mijozlarning e’tirozlari kamaymayapti. Mijozlar uchun qulayliklar yaratish, ularni
kerakli axborotlar bilan ta’minlash va xizmat ko’rsatish madaniyati jahon andozalari darajasidan hali
yiroqda.
Avtoservis xizmatini ko’rsatuvchi barcha korxonalarning ehtiyot qismlar omborlari deyarli bo’m-
bo’sh. Zarur ehtiyot qismlar va ta’mirlash materiallari (bo’yoqlar, moylar, filьtrlar, tormoz va sovutish
suyuqliklari va h.k.) turli do’konlardan, asosan bozorlardan sotib olinib ishlatilmoqda. Tabiiyki, bunday
mollarning qaerdan keltirilgani noma’lum bo’lib, ularning sifatiga hech kim kafolat bermaydi.


Mijozlar huquqlarini himoya qiluvchi davlat qonunlariga asoslangan korxonalarning me’yoriy
hujjatlari (xizmatga qabul qilish va egasiga topshirish qoidalari, sifatini kafolatlash tartibi, mijozlar
shikoyatlarini ko’rib chiqish va chora ko’rish tartiblari va h.k.) xatto yirik avtomarkazlarda ham kamdan-
kam uchraydi. Korxonalar tomonidan xizmatlar sifatini nazorat qilish o’z holiga tashlab qo’yilgan.
Bizning fikrimizga ko’ra, mamlakatimiz avtoservisi sohasining eng muhim muammolari
quyidagilardan iborat:
1. Respublika avtoservis korxonalarining soni, tarkibi va ishlab chiqarish quvvati uning mavjud
avtomobil parkiga mutanosib emas. Natijada qishloq tumanlarida, magistral yo’llar bo’yida, yirik
avtomobillar turish va saqlash joylarida xizmatga bo’lgan talablar juda kam darajada qondiriladi;
2. Mavjud avtoservis korxonalari asosan yengil avtomobillarga xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan.
Ularda yuk avtomobillari, avtobuslar va maxsus avtomobillarga xizmat ko’rsatish imkoniyati
chegaralangan yoki umuman yo’q.
3. Avtoservis korxonalarida ishdan chiqqan detallar, uzellar va agregatlarni ta’mirlash, ish
qobiliyatini tiklash ishlari yetarli emas, tiklangan detallar nomenklaturasi 3-4 % dan oshmaydi.
4. Maxsus ishlarni bajarishga iqtisoslashgan, masalan, yo’l- transport hodisalari tufayli
shikastlangan kuzovlarni tiklovchi mustaqil servis korxonalari deyarli yo’q.
5. Ko’pchilik avtoservis korxonalarining 90% ishlab-chiqarish-texnika ba’zasi o’ta zaif axvolda,
ularning asosiy qismi tasodifiy va vaqtincha binolarda joylashgan, texnologik jihozlar va maxsus asbob-
uskunalar bilan ta’minlanganlik darajasi me’yoriy ko’rsatkichlarning 30-40 %dan oshmaydi, ishlab-
turgan jihozlarning ko’pchiligi ham ma’naviy, ham jismonan eskirib qolgan. Ayniqsa, maxsus
diagnostika-nazorat asboblari va qurilmalari, g’ildiraklarni muvozanatlovchi jihozlar, tormoz va motor
quvvatlarini o’lchovchi jihozlar, yuvish-quritish mashinalari, maxsus skanerlar yetishmaydi. Sohada
mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va kompьyuterlashtirish darajasi past. Bu esa mehnat unumi va
sifatini oshirishga imkon bermaydi.
6. Sohada ishlab chiqarish-texnik bazasini yaratish va xizmatlar sifatini kafolatlash uchun zarur
bo’lgan standartlar va me’yoriy texnik hujjatlar to’liq ishlab chiqilmagan.
7. Mamlakat miqyosida avtomobil transporti va avtomobil servisi sohalari uchun ishonchli,
uzluksiz ishlovchi moddiy-texnika ta’minoti tizimi yoki bozori hali yaratilganicha yoki shakllanganicha
yo’q.
8. Sohada ilmiy-texnika yutuqlari, ilg’or tajribalar to’g’risidagi axborotlar bilan ta’minlash yoki
almashish talab darajasida emas.
9. Soha uchun hamma bo’g’indagi kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalasi xali
maromiga yetkazilmagan va h.k.
Albatta - bu muammolar vaqtinchalik, ular vaqt o’tishi bilan hal bo’lishi muqarrar.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling