Avtotransport vositalari servisi asoslari


-rasm. Tashqi tozalash ishlariga mo’ljallangan KSM 750 B


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

1-rasm. Tashqi tozalash ishlariga mo’ljallangan KSM 750 B
XL turidagi supirish mashinasi (5 o.k. ga ega bo’lgan
Honda dvigatelli, ish unumi 4000 m
2
/soat, o’tish kengligi
100 mm, konteyneri 40 litr, ishchi tezligi 4 km/soat, tashqi
o’lchamlari 1240x690x1150 mm, massasi 80kg).
Avtomobil kuzovini tozalash: tozalash ishlaridan maqsad kuzovda qolgan yuk qoldiqlarini yig’ishtirish,
yuk avtomobillarning kabinalari, avtobus va yengil avtomobil salonlarini changdan tozalashdan iborat.Kir
va changdan tozalashda junli cho’tkalardan, qirg’ichlardan va artish materiallaridan hamda elektr
changso’rgichlardan foydalaniladi. Ular qo’lda ko’tarib yuruvchi va qo’zg’almas bo’lishi mumkin (1,2-
rasmlar). Elektr changso’rgich uchida konussimon kallak va cho’tkali egiluvchan ichak(shlang)lardan
iborat. Havo so’rish bosimi 11-12 Pa oraliqda bo’ladi. Yirik ATK va avtobus saroylarida qo’zg’almas
chang so’rgichlardan foydalanish katta samara beradi.
2-rasm. Qo’chma va qo’zg’almas changyutgich turlari (Lavor firmasi), quvvati 1500 vatt, so’rish
qobiliyati 3190 mm suv ustuni, havo oqimi 140 m3/soat


Avtomobillarni yuvish: avtomobil tashqi qismlarini va shassisini yuvish uchun iliq suvdan (25-
30
0
S) foydalaniladi va uning harorati yuviladigan sirtning harorati uzog’i bilan 18-20
0
S ortiq bo’lishi
zarur, aks holda bo’yalgan yuzalarga salbiy ta’sir etishi mumkin. Suvni bosim ostida purkash yo’li bilan
avtomobil yuvilganda, uning sifatini oshirish uchun cho’tka, gubka kabi materiallardan foydalaniladi.
Yuvish sifatini oshirish, suv sarfini va yuvish vaqtini kamaytirish suv bosimiga, purkagich teshigi
diametriga, purkash burchagiga bog’liq.
Demak yuqori kinetik energiyaga ega bo’lish va suv sarfini kamaytirish uchun uning bosimini
oshirish va purkagich diametrini kichraytirish zarur.Bu bilan suvning sarfini kamaytirish mumkin.
Suv sarfini kamaytirish va yuvish sifatini oshirish uchun maxsus sintetik yuvish vositalaridan ham
foydalaniladi (progress, avtoshampun, avtoemulsiya va h.k). Ular o’z navbatida yuzadagi kirlarni
yumshatadi, moy izlarini eritadi va yuvishni yengillashtiradi. Misol uchun yengil avtomobillar kuzovini
yuvishda 40-50 gramm sintetik yuvish vositasi ishlatiladi. Sintetik kukunning 7-8 grammi 1 litr, harorati
35-45- suvda eritilib, suv purkagich yoki yuvish pistoleti bilan sepiladi. Suv sarfini
kamaytirish uchun, undan qayta foydalanish tizimi qo’llaniladi.
Suvning sarfi quyidagicha aniqlanadi:
Avtomobillarni yuvish, uni bajarish turiga qarab qo’l bilan, mexanizatsiyalashgan va maxsus
bo’lishi mumkin. Qo’l bilan: shlanga va sepkich yordamida past bosimli (0.2-0.4MPA), yuqori bosimli
(1-2.5MPA) bo’lishi mumkin. Mexanizatsiyalashgan yuvish turi maxsus jihozlar yordamida bajariladi va
tuzilishiga qarab zarrachali, cho’tkali va zarracha-cho’tkali bo’ladi.
Joylashishiga qarab, qo’zg’almas (avtomobil harakatlanadi), qo’zg’aluvchan (avtomobil joyida
turadi), boshqarish turiga qarab qo’l bilan boshqariluvchi va avtomat ravishda boshqariluvchi bo’ladi.
Zarrachali yuvish jihozida ishchi a’zo sifatida purkagich va forsunkalardan foydalaniladi, hamda ular
yordamida suv yoki aralashma purkaladi. CHo’tkali yuvish jihozlarida, tsilindrsimon ustiga shetka
o’rnatilgan barabanlar aylanadi va suv sepadi. Ular yengil avtomobil va avtobuslar uchun qo’llaniladi.
Zarra-cho’tkali - bunda purkagichlardan suv sepiladi va cho’tka aylanadi (avtobus, yengil avtomobil va
yuk avtomobillari uchun). Qo’zg’almas-yuvish jihozi yuvish postida fundamentga o’rnatilgan bo’ladi.
Harakatlanuvchan-yuvish jihozi avtomobil shassisiga o’rnatilgan bo’lib, avtomobillarni ASK dan
tashqarida yuvish uchun mo’ljallangan. Qo’l bilan boshqaruvchi-yuvish jihozini, qo’l yordamida
harakatga keltiriladi. Avtomat ravishda boshqariluvchi yuvish jihozi - avtomobil yuvish postiga kirgandan
so’ng, fotoelement yoki ulagich yordamida harakatga keladi. Ko’p funktsiyali jihoz yordamida
avtomobilning tag va ustki qismi birdaniga yuviladi. G’ildiraklar esa, maxsus jihozlar yordamida (3-rasm)
yuviladi.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling