Avtotransport vositalari servisi asoslari


-rasm. Loytindirgich 8-rasm


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

7-rasm. Loytindirgich
8-rasm. Moybenzintutgich: a) Ishlash sxemasi;
b)Moybenzin aralashmasini ajratish.
Loytindirgichda to’plangan loyqa siqilgan havo yordamida tozalab tashlanadi. Elektromexanik
uzatmali qopqoq(9) ochilib, to’plangan loyqa idish(7)ga tushadi. SHundan so’ng, qopqoq berkilib,
quvur(1) orqali (suyuq loyqa hosil qilish uchun) idishga suv beriladi. So’ngra quvur(8) orqali 0,4 MPa
dan kam bo’lmagan bosim bilan siqilgan havo yuboriladi. Idishda to’plangan loy, quvuri(4, 150
mm)dan bunkerga (avtomashinaga yuklab, jo’natish uchun) tushiriladi. Loytindirgichda to’planadigan
loyqani vaqti-vaqti bilan tozalab turish uchun diafragmali nasosdan foydalaniladi. Bu loyni haydovchi
nasos, injektorli yoki pnevmatik turda bo’lishi mumkin.7.8-rasmda keltirilgan moybenzintutgichga
tindirilgan suv loytindirgichdan quvur(1) orqali qalpoq(2) ostiga quyilib, quduq(3)ni to’ldiradi (bu
jarayon suv to’kkich(4)ning yuqori qirrasigacha suv to’lguncha amalga oshiriladi). Suv to’kkichdan suv
toshib chiqqandan so’ng, quvur(5) orqali (kanalizatsiya) chiqindi tarmog’iga oqib tushadi. Moy va
benzinning solishtirma og’irligi (aralashma uchun o’rtacha 0,85) kichik bo’lgani uchun, aralashma
qopqoq(2)ning ustki qismiga to’planib, quduqdagi suv sathidan toshib chiqadi. qopqoq kallagida
to’plangan moy va benzin aralashmasi, quvur(6) orqali, idish(7)ga quyiladi. Agar ASK markazlashgan
tartibda suv manbai bilan ta’minlanmagan bo’lsa, tashqi muhitni muhofaza qilish maqsadida, avtomobilni
yuvishdan chiqqan suvni tozalab, qayta foydalanish mumkin. Buning uchun suv oqib tushadigan
havzalarga, idishlarga, tozalash qurilmasi o’rnatiladi. Avtomobillarni yuvishda qaytadan foydalanadigan
(zarrachalardan tozalangan) suv kimyoviy usulda (loyqatib, to’zitib) tozalanadi. Bunday qurilma chiqindi
suvini sifatli tozalashni ta’minlamaydi, ammo o’rnatish uchun katta maydon talab qiladi. SHuning uchun
bundan samaraliroq hisoblangan "KRISTALL" qurilmasidan foydalangan ma’qul. Bu qurilma ishlatilgan
suvni turli zarrachalardan, ya’ni qum va neft mahsulotlarinidan tozalashga mo’ljallangan bo’lib, filьtrlash
jarayonini tebranuvchi filьtr hisobiga bajaradi. "KRISTALL" qurilmasining asosiy afzalliklari chiqindi


suvlarini sifatli tozalashi, tozalash qurilmalarini ihchamligi va ish unumi bo’yicha ularning turli xillari
mavjudligidir.
Avtomobillarni yuvishdan so’ng mexanizatsiya yoki qo’l kuchi bilan quritish-artish ishlari
bajariladi. Masalan, yengil avtomobillar sovuq (kam hollarda, iliq) havo purkovchi qurilma yordamida
quritiladi. Bunda havo havotaqsimlovchi quvurlar orqali diffuzorga so’riladi, u kuzovning ko’ndalang
qismi tekisligiga nisbatan 65 grad. qiyalikda joylashgan bo’ladi. Diffuzor havo oqimini yelpig’ichsimon
purkab turadi. qurilmaga vaqt relesi o’rnatilgan bo’lib, u shabadalatgichni o’chirib-yoqib turish uchun
xizmat qiladi. qurilma ish unumi 30-40 avt/soat bo’lib, elektromotorning quvvati
22.5 kvt.ni tashkil etadi.
Zanglash, avtomobillar sirtiga havodan nam tushib qolishi, kuzovning ko’rinmas bo’shliqlarida
tomchilar paydo bo’lishi va ularning yig’ilishi natijasida hosil bo’ladi. Qish paytlarida sirpanchiqqa
qarshi harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida sepiladigan tuzlar kuzovning zanglash va chirish
jarayonini tezlashtiradi. Kuzov tubi va qanot ostlari iflosliklardan tozalanib va yuvilib zanglashga qarshi
ishlov beriladi.
Zanglashga qarshi ishlov berishning bir necha turi bo’lib ular zanglash jarayonini
sekinlashtiruvchilar va zanglashga qarshi qoplam hosil qiluvchilar kabi turlarga bo’linadilar.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling