Avtotransport vositalarida


 Avtobuslarning sig‘imi, sig‘imdan


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/66
Sana24.02.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1226181
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66
Bog'liq
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish

1.2.8. Avtobuslarning sig‘imi, sig‘imdan
foydalanish koeffitsiyenti
Avtobuslarning sig‘imi o‘rindiqlar soni va turib ketish
uchun mo‘ljallangan maydonning yuzasiga qarab aniqlanadi.
Ma’lumki, shahar ichida va shahar atrofida tashishlarda
yo‘lovchilarning turib ketishiga ruxsat etiladi. Shuning uchun
uning sig‘imi o‘rindiqlar soni va tik turib ketishga mo‘ljallangan
joylar soni yig‘indisiga teng qilib olinadi.
Masalan, ISUZU avtobusida 14 ta o‘rindiq mavjud bo‘lib,
yana 23 nafar yo‘lovchi turib ketishi rejalashtirilgan. Demak,
avtobusning sig‘imi:
q
n
= q
o‘t
 + q
tik
= 14 + 23 = 37 ta ekan.
Shaharlararo, xalqaro va turistik-sayyohlik yo‘nalishlarida
yo‘lovchilar faqat o‘tirib ketishlari kerak. Shuning uchun uning
sig‘imi faqat o‘rindiqlar soni bilan aniqlanadi.
Ma’lumki, avtosaroylarda har xil modeldagi avtobuslar
ro‘yxatda bo‘ladi. Avtosaroyning har xil modeldagi avtobuslar-
dan tashkil topishi u xizmat ko‘rsatadigan yo‘nalishlar va


26
yo‘lovchilar oqimining miqdori va boshqa omillar bilan
belgilanadi. Shuning uchun avtosaroydagi avtobuslarning
o‘rtacha sig‘imini aniqlash zarur bo‘lganda, u quyidagicha
aniqlanadi:



n
ro‘yxat.ji
i
o‘rt
ro‘yxat
q
A
q
A
, nafar;
bu yerda: q
ni
— sig‘imi i bo‘lgan avtobuslar, nafar;
A
ro‘yxat.ji
— sig‘imi i bo‘lgan ro‘yxatdagi j — avto-
buslar soni, dona.
Misol. Avtobus saroyida 80 o‘rinli avtobuslar ro‘yxat bo‘yi-
cha 20 dona, 66 o‘rinli — 50 dona va 26 o‘rinli — 30 dona.
Avtobus saroyidagi avtobuslarning o‘rtacha sig‘imi topilsin:









o‘rt
80 20 66 50 26 30
80 50 30
q
56,8 nafar.
Avtobuslarning sig‘imidan foydalanish koeffitsiyenti uning
qanchalik to‘lganlik darajasini ko‘rsatadi.
Yo‘lovchilarning bekatlarda tushishi va ba’zi yo‘lovchilar-
ning avtobusga chiqishi sababli sig‘imdan foydalanish
koeffitsiyenti har bir bekat oralig‘ida o‘zgarib turadi.
Istalgan vaqt uchun statik holatdagi sig‘imdan foydalanish
koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi:
γ

àm
s
n
q
q
;
bu yerda: q
am
— ko‘rilayotgan vaqtdagi avtobusda mavjud yo‘-
lovchilar soni, nafar;
q
n
— avtobusning nominal sig‘imi, nafar.
Avtobus saroyi uchun bir kunlik sig‘imdan foydalanish
koeffitsiyenti:
γ

àm
s
n
Q
Q
;
bu yerda: Q
am
— bir kunda tashilgan yo‘lovchilar soni, nafar;
Q
n
— bir kunda tashish mumkin bo‘lgan yo‘lov-
chilar soni, nafar.


27

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling