Avtotransport vositalarida
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- AVTOTRANSPORT VOSITALARIDA YO‘LOVCHILAR TASHISHNI TASHKIL ETISH
- SH.O. BUTAYEV — TAYI «Avtomobillarda tashishni tashkil etish va logistika» kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori; SH.I. XOLMUXAMEDOV
1 O‘ZBEKISÒON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Toshkent — «ILM ZIYO» — 2016 AVTOTRANSPORT VOSITALARIDA YO‘LOVCHILAR TASHISHNI TASHKIL ETISH 2 UO‘Ê: 629.014.6(075 32) KBK 39.38 Q 75 Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan nashrga tavsiya etilgan. SH.O. BUTAYEV — TAYI «Avtomobillarda tashishni tashkil etish va logistika» kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori; SH.I. XOLMUXAMEDOV — TAYKHK «Yuk tashish» kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. T a q r i z c h i l a r: M u a l l i f l a r : J.R. Qulmuhamedov, K.M. Nazarov, M.Sh. Shukurova, N.Z. Arifjonova O‘quv qo‘llanmada O‘zbekiston Respublikasida yo‘lovchi transporti, yo‘lovchi tashuvchi avtomobil transportini rivojlantirish masalalari, yo‘lovchi tashuvchi avtomobil transporti va uning tarkibi, yo‘nalish tarmog‘i va turlari, uning tavsiflari, yo‘nalishlarni ochish, yo‘lovchilar oqimi va ularni o‘rganish usullari, haydovchilar mehnati va dam olishini tashkil etish usullari, yo‘lovchi tashuvchi transport harakatining nozimlik boshqaruvi, uning ishini nazorat qilish asoslari bayon qilingan. O‘quv qo‘llanmadan kasb-hunar kollejlari o‘qituvchi va o‘quvchilari, avtomobil transportida tashishni tashkil etish va logistika yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavrlar, magistrantlar va tadbirkorlik maqsadida yo‘lovchilar tashish bilan shug‘ullanishni maqsad qilib qo‘ygan barcha yuridik shaxslar foydalanishlari mumkin. ISBN 978-9943-16-398-0 © J.R. Qulmuhamedov va boshq., 2016-y. © «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2016-y. 3 KIRISH Aholiga, shu jumladan, iqtisodiyotning barcha sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi-xizmatchilarga, o‘quv muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarga yuqori sifatli transport xizmatini ko‘rsatish avtomobil transporti oldida turgan eng muhim masaladir. Bugungi kunda hech bir fuqaroning harakatini (bir manzildan boshqasiga borishini) transportsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi rivojlangan mamlakatlar bilan bevosita iqtisodiy aloqalarning kengayishi, bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi, xususiy mulkchilikning paydo bo‘lishi, kichik va o‘rta biznesning rivojlanishi aholining transport xizmatiga bo‘lgan ehtiyojini yanada oshirmoqda. Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar butun transport kompleksiga va ayniqsa, yo‘lovchi tashuvchi avtomobil transporti faoliyatiga katta ta’sir o‘tkazdi. Bir vaqtlar davlat mulki hisoblangan avtotransport korxonalari (ATK) aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi, 3500 dan ko‘proq xususiy korxonalar tashkil etildi. Hozirgi davrda transport vositalari, aksiyadorlik jamiyatlari, xususiy tashuvchilar bir-biri bilan hamda aksiyadorlik jamiyatlari esa o‘zaro raqobatlashmoqda. Davlat sektori bilan xususiy sektor orasidagi erkin raqobat har bir sohada xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish, tashkil etish va boshqarishning yangidan yangi tizimlarini va texnologiyalarini ishlab chiqishni taqozo etadi, aks holda, ularning inqirozga uchrashlari mumkinligi mustaqillikning dastlabki yillaridayoq amalda isbotlandi. Hayot shuni ko‘rsatmoqdaki, kelgusida O‘zbekiston Respubli- kasining iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, kelajagi porloq buyuk davlatga aylanishini bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos, yangicha fikrlay oladigan va chuqur bilimga ega bo‘lgan kadrlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Ushbu «Avtotransport vositalarida yo‘lovchilar tashishni tashkil etish» fanining asosiy maqsadi erkin raqobat muhitida yo‘lovchi tashuvchi avtomobillarni (davlat yoki xususiy sektorga mansub- 4 ligidan qat’i nazar) uning samaradorligini va aholiga transport xizmatini ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash masalalarini eng rivojlangan davlatlardagidek muvaffaqiyatli hal qila oladigan kadrlarni tayyorlashga qaratilgan. O‘quvchilar ushbu fanni o‘rganish jarayonida mustaqil ravishda yo‘lovchi tashuvchi transport oldida turgan eng dolzarb muam- molarni ajrata olish, ularni bir tizimga keltirish uslublari bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘ladilar va quyidagi masalalar bo‘yicha ko‘nikma hosil qiladilar: — yo‘lovchi tashuvchi transport ishini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari; — yo‘lovchi tashuvchi transportning yagona tizimi, yo‘lovchi tashuvchi avtomobil transporti va uning tarkibi; — yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari, ularning texnik tavsiflari va ularga qo‘yilgan talablar; — yo‘nalish tarmog‘i, yo‘nalish turlari va uning tavsiflari, yo‘nalishlarni ochish; — avtomobil ishining tasarruf ko‘rsatkichlari va ularga ta’sir etuvchi omillar; — yo‘lovchilar oqimi va ularni o‘rganish usullari; — tashish uchun tariflar; — yo‘lovchi tashuvchi transport harakatining nozimlik boshqaruvi, uning ishini nazorat qilish va boshqalar. 5 Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling