Avtotransport vositalarida
Uzunligiga qarab avtobuslarning
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish
1-jadval
Uzunligiga qarab avtobuslarning turlarga ajratilishi Avtobuslar turi Uzunligi, m Foydalanish sohasi Juda kichik 5 m gacha Umumiy Kichik 7,0—7,5 Shahar sayyohlik yo‘nalishlarida O‘rta 8,0—8,5 Shahar va sha- harlararo yo‘na- lishlarda Katta 9,—9,5; 10—11; 11,5—12 Shahar yo‘nalishlarida Juda katta 16,5—18; 22—24 Shahar yo‘nalishlarida 10 Sig‘imiga qarab shahar ichida foydalaniladigan avtobuslar 5 turga: juda kichik (umumiy sig‘imi — 10 yo‘lovchi), kichik (umumiy sig‘imi — 35—40 yo‘lovchi), o‘rta (umumiy sig‘imi — 45—75 yo‘lovchi), katta (umumiy sig‘imi — 85—90 yo‘lovchi) va birlashtirilgan (umumiy sig‘imi — 135—140 yo‘lovchi), shahardan tashqarida foydalaniladigan avtobuslar esa 4 turga: kichik (umumiy sig‘imi — 30—35 yo‘lovchi), o‘rta (umumiy sig‘imi — 45—65 yo‘lovchi), katta (umumiy sig‘imi — 80—85 yo‘lovchi) turga ajratiladi. Avtobuslar kuzovining tiðiga va qavatliligiga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: — kuzovning shakliga qarab vagon va kapot tiðli; — qavatliligiga qarab: bir, bir yarim va ikki qavatli. Dvigatelning turiga qarab avtobuslar quyidagi turlarga bo‘linadi: — karburatorli (benzinda va gazda ishlovchi); — dizelli (hozirda gazda ishlovchi turlari ham mavjud); — elektrik (elektrobuslar). Avtobuslarda dvigatel kuzovning oldida, orqasida yoki polning tagida joylashishi mumkin. Yengil avtomobillar ishlatilishiga, kuzov turiga, dvigatelining ishchi hajmiga va og‘irligiga qarab turlarga ajratiladi. Ishlatilishiga qarab yengil avtomobillar umumfoydalanishdagi, xizmatchi, ijaradagi va shaxsiy avtomobillarga ajratiladi. Bugungi kunda davlat tasarrufidagi avtotransport korxonalari xususiylashtirilib, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Taksomotor korxonalari ustav fondining kamayib ketishi sababli mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga aylantiril- moqda. Bu korxonalar bilan bir vaqtda respublikada 4000 dan ortiq xususiy korxonalar aholiga transport xizmatini ko‘rsatmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatyaptiki, hozirda xususiy sektorda transportning ahamiyati kundan kunga ortib bormoqda. Bunga asosiy sabab, xususiy mulkchilikning har xil ko‘rinishdagi shakllarining vujudga kelishi, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish va himoyalash bo‘yicha qonun va qarorlarning qabul qilinishi oqibatida ular orasida erkin raqobat uchun shart-sharoitlarning yaratilishi va qonun tomonidan himoyalanishidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling