Real sektorda asosiy turdagi servis xizmatlarning tasnifi va tavsifi
Download 60.79 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Uy-joy kommunal servis xizmat ko’rsatishning turlari va shakllari
Real sektorda xavfsizlikni ta`minlash uchun qanday chora-tadbirlar amalga oshirilish Reja:
2. Qurilish tarmog’ida servis xizmat ko’rsatishning turlari va shakllari. 3.Avtotransport tarmog’ida servis xizmat ko’rsatishning turlari va shakllari 4. Savdo servis xizmat ko’rsatishning turlari va shakllari. 5. Umumiy ovqatlanish korxonalarida servis xizmat ko’rsatishning turlari va shakllari 1. Uy-joy kommunal servis xizmat ko’rsatishning turlari va shakllari O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi 2017 yil 18 apreldagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”giPF-5017-sonliFarmonigaasosan tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari: uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish; ko’p xonadonli arzon uylar qurilishi bo’yicha davlat dasturlari amalga oshirilishini ta’minlash, ko’p xonadonli arzon uylar, suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti ob’ektlari qurilishi bo’yicha buyurtmachi funksiyalarini amalga oshirish, eski va avariya holatidagi uy-joylar buzilishini tashkillashtirish; ko’p xonadonli uylarning texnik holatini monitoring qilish, shu jumladan, ko’p xonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini tashkil qilish; xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ko’p xonadonli uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish va ekspluatatsiya harajatlarini aniqlash bo’yicha talablarga, ko’p xonadonli uylarni texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va normalariga, ko’p xonadonli uylarga tutash hududlarning sanitariya normalari, qoidalari va gigiena normativlariga muvofiq holda saqlanishiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’ektlarini, issiqlik ta’minoti tizimlarini aholi punktlarini rivojlantirish sxemalari va bosh rejalari bilan bog’lagan holda rivojlantirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning sifatli bajarilishini tashkillashtirish, mazkur soha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqaruvini ta’minlash; uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish tizimiga resurs va energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni tadbiq etish, jumladan, uy-joy kommunal xo’jaligi ob’ektlarini zamonaviy hisoblash o’lchov asboblari bilan jihozlash, qurilish-montaj ishlari tannarxining pasayishini ta’minlaydigan mahalliy, zamonaviy va sifatli qurilish materiallari hamda buyumlarini keng qo’llash; uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlash, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribasini inobatga olgan holda uy-joy kommunal xizmat ko’rsatishning zamonaviy shakl va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish; O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti bo’yicha ko’rsatiladigan xizmatlarga ta’rif siyosatini shakllantirish, uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo’yicha takliflar kiritish, o’quv stajirovkalarini chet ellarda o’tkazishni nazarda tutgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar, idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi joriy etilishini nazarda tutish. Ushbu xizmatlar bino va qurilmalar, suv oqova va suv ta’minoti tizimlari, issiqlik va energiya ta’minotining normal holatda bo’lishligini ta’minlaydi. Ushbu turdagi xizmatlarni taqdim etish, kommunal xizmatlarni taqdim etish bo’yicha qoidalar bilan tartibga solinadi. Kommunal xizmatlarning bajaruvchilari bo’lib hisoblanadilar: o’zlarining mulki sifatida, to’liq xo’jalik ixtiyorida va operativ boshqaruvida bo’lgan turar joy va muxandislik infratuzilmalar mavjud tashkilotlar va muassasalar. Ular davlat (mahkama), ijtimoiy uylarda yashaydigan insonlarga kommunal xizmatlarni ko’rsatish bilan shug’ullanishadilar; iste’molchiga kommunal xizmatlar taqdim etuvchi korxona (xususiy turar joy fondida yashaydigan iste’molchilar uchun); kondominiumlar, o’rtoqliklar va mulkdorlarning boshqa birlashmalari ularga ko’p xonali uylarni boshqarish topshiriladi. Ular xizmat ko’rsatish va kommunal xizmatlar taqdim etish bo’yicha (jamoa mulkiga ega bo’lgan turar joy fondida yashovchi iste’molchi) uchun shartnomalar tuzishadilar. Kommunal xizmatlar iste’molchisi bajaruvchi bilan yollash, ijara yoki turar joy binolariga xizmat ko’rsatish bo’yicha tuzilgan shartnoma asosida xo’jalik-maishiy ehtiyojlar uchun xizmatdan foydalanuvchi va foydalanish niyatida bo’lgan fuqaro. Iste’molchilarga taqdim etilayotgan xizmatlar tarkibi, turar joy va xonadonlarning obodonlashtirish darajasiga bog’liq bo’ladi. Kommunal xizmat ko’rsatishlarning asosiy guruhlariga quyidagilar kiradi: suv ta’minoti bo’yicha xizmatlar; issiq suv ta’minoti bo’yicha xizmatlar; elektr ta’minoti bo’yicha xizmatlar; isitish bo’yicha xizmatlar; yo’l xo’jaligi va muxandis himoyasi xizmatlari; ko’kalamlashtirish va dekorativ gulchilik xizmatlari; shahar va hududlar maydonlarini sanitariya-pokizalik tozalash bo’yicha xizmatlar. Kommunal xizmatlar davlat, ijtimoiy binolarda yashovchi fuqarolarga yollash yoki ijara shartnomasiga taaluqli ravishda taqdim etiladi, shuningdek davlat, va ijtimoiy turar joy binolarida, turar joy binolari mulkdorlari tomonidan xizmat ko’rsatish shartnomasiga mos ravishda amalga oshriladi. Download 60.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling