Real sektorda asosiy turdagi servis xizmatlarning tasnifi va tavsifi
Qurilish tarmog’ida servis xizmat ko’rsatishning turlari va shakllari
Download 60.79 Kb.
|
2. Qurilish tarmog’ida servis xizmat ko’rsatishning turlari va shakllariO’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi «Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»giPF-5392-sonFarmonigamuvofiq tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida yagona davlat ilmiy-texnika siyosatini olib borish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan innovatsion loyihalar va echimlarni kurilish faoliyatiga joriy etish; respublika hududida aholini joylashtirishning bosh sxemasini, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik xujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish; shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha takliflar tayyorlash, arxitektura-kurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va o’rta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish; loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish va hududiy tarmoqlarini kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qo’llaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha echimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, shaharsozlik xujjatlarini ekspertiza qilish; shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, loyihalash, qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish ishlarini amalga oshirish; arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o’quv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaxshilashga, qurilish sohasida, jumladan, chet eldagi etakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko’maklashish. Ushbu xizmatlar iste’molchilarga ta’mirlash imkoniyatini, turar joy va er uchastkalarini estetik jihatdan takomillashtirish, shuningdek iste’molchilarning yakka tartibdagi talablari asosida qurilishga bo’lgan talablarini qondirishni ta’minlaydi. Xizmatlar o’z ichiga turar joyni loyihalashtirish, qurilish ishlari iste’molchilar buyurtmasiga ko’ra bino va qurilmalarini tamirlash, ekspluatsiyaga kommunikatsiyalarni (issiqliq, elektrik, gaz, suv, suv oqova) ishga tushirish, maslahatlarini oladi. Turar joyni qurish va tamirlash bo’yicha xizmatlar iste’molchilarga o’z vaqtida va sifatli ravishda binolar, turar joylar va xo’jalik qurilmalarni qurish va ta’mirlash imkonini beradi. Iste’molchilarga turar joyni ta’mirlash, uylar va xonadonlarni modaning zamonaviy tendensiyalariga mos ravishda memoriydizaynerlik jihozlanishi bo’yicha xizmatlar zarur. Turar joyni qurish va ta’mirlash bo’yicha xizmatlarni keng assortimentdagi qurilish va pardozlash ishlarini amalga oshiruvchi qurilish-montaj va ishlab chiqarish korxonalari, firmalar va ustalar brigadalari tomonidan ko’rsatiladi. Turar joyni ta’mirlash va qurish bo’yicha xizmatlar, buyurtmachi manziliga borish natijasida amalga oshiradi, loyiha-konstruktorlik ishlari bevosita korxona ofisida bajariladi. Turar joyni ta’mirlash va qurish bo’yicha xizmatlar taklif etayotgan servis korxonalari, tashrif buyuruvchilarni qabul qilish uchun binolar, ma’muriy va ombor binolariga egadirlar. Qurilish ishlarini bajarish qurilish maydonchalarida amalga oshiriladi. Materiallar va inventarlar, qurilish ishlarini mexanizatsiyalashtirish vositalarini joylashtirish uchun ombor binolari va garajlardan foydalaniladi. Qurilish ishlari uchun turli ishlab chiqarish-texnologik asbob-uskunalar, vaqtinchalik muxandislik qurilmalari, qurilish texnikasi va jihozlardan foydalaniladi. Qurilish va ta’mirlash uchun materiallar buyurtmachi tomonidan taqdim etiladi yoki bajaruvchi tomonidan harid qilinadi. Qurilish materiallarini tayyorlash uchun duradgorlik, slesarlik, payvandlash sehlari, qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo’yicha sehlardan foydalaniladi. Qurilish ishlarida qo’llaniladigan asosiy materiallar bo’lib, sement, tosh, qurilish g’ishti, qoplama va pardozlash materiallari, lak bo’yoq materiallari hisoblanadi. Xizmat ko’rsatish buyurtmachi bilan ishlash, loyiha-smeta hujjatlarini tuzishni ko’zda tutadi. Ushbu ishlarda me’morlar, muxandis-loyihalashtiruvchilar va boshqalar ishtirok etishadilar. Ta’mirlash-qurish ishlari, qurilish mutaxassisliklariga ega bo’lgan malakali ishchilar (qurilish brigadalari) tomonidan bajariladi. Qurilish-ta’mirlash brigadalari tarkibiga qurilish mutaxassisliklariga ega bo’lgan usta g’isht teruvchi, beton quyuvchilar, elektriklar, suvoqchilar, yordamchi ishchilar va hokazolar kiradi. Buyurtmani qabul qilish va uni aniqlashtirish bo’yicha iste’molchilar bilan ishni menejer va me’mor olib boradi. Qurilish va ta’mirlash bo’yicha xizmatlar ko’rsatish hozirgi davr talablari darajasiga javob beradigan progressiv texnologiyalar asosida amalga oshirilishi lozim. Download 60.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling