Автотранспортлни ишлатиш ва таъмирлаш йыналиши быйича ы=ув амалиёти =ыллнмаси


Nosozliklarni bartaraf etish usullari


Download 1.74 Mb.
bet7/12
Sana07.04.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1339766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
9-mavzu

Nosozliklarni bartaraf etish usullari
Dvigatelni yonilg’i bilan ta’minlash tizimini normal sharoitda ishlaganda har 2-3 yilda karbyurator, yonilg’i kelish naychalari, yonilg’i baki, yonilg’i nasosi yechib olinib tozalab yuvilishi kerak. Karbyurator detallarini etilsiz benzin yoki toza kerosinda yuvish kerak. Qora qurumlarni erita oladigan atseton yoki benzolga bir necha daqiqa solib qo’yiladi va detallar ho’llangan matoda artiladi. Yonilg’i baki shikastlansa, ta’mirlanadi. Ta’mirlashdan oldin 5% li kaustik soda eritmasi bilan yuvilib, uch marta issiq suv bilan chayilishi kerak. Korroziyalangan joylari 10% li xlorid kislotaning eritmasi bilan tozalanib, 20 % kaustik soda eritmasida chayib, 3-4 marta issiq suvda yuvish zarur.
Avtomobilagar changli sharoitda foydalanilsa, havo filtrini har 3-4 kunda siqilgan havo yordamida tozalab turish tavsiya etiladi. Karbyuratorli dvigatelning ta’minlash tizimida doimiy bo’ladigan muammolar quyidagilar:

  • yonilg’ini me’yoridan ortiq sarflanishi;

  • yonilg’ini kelmay qolishi;

  • yonilg’i miqdorini yetarli darajada ta’minlay olmasligi;

  • yonib chiqqan gazlarda SO va NS miqdorini me’yordan ortib ketishi;

  • dvigatelni qiyin o’t olishi;

  • dvigatelni qizib ketishi;

  • dvigatel quvvatini kamayishi kabilar.



Ta’minlash tizimiga TXK turlari


Kundalik TXK ishlarida quyidagilar bajariladi:

  • yonilg’i miqdorini aniqlash, zarurat bo’lsa yonilg’i quyish;

  • tizimni to’liq nazoratdan o’tkazish; karbyurator, yonilg’i nasosi, yonilg’i kelish va bakka qaytish naychalarining mahkamlanganligi, havo va yonilg’i filtrini holati hamda bo’shab qolmaganligi;

  • tizimdan yonilg’i oqmayotganligi;

  • tizim ifloslangan bo’lsa, yuvib tozalanadi;

  • dvigatelning yengil o’t olishini;

  • dvigatelni salt rejimda ishlashi;

  • dvigatelni barcha rejimda ishlashi;

  • karbyuratorni tepki orqali yengil boshqarilishi;

  • tezlatish nasosini ishlashini nosozliklar aniqlansa bartaraf etish zarur.

Ta’minlash tizimining ish faoliyati dvigatelni o’t oldirish tizimiga uzviy bog’liq bo’lib, bu ikkala tizim soz bo’lgandagina muammolar yuzaga kelmaydi. Avvalo o’t oldirish tizimini nosozliklari aniqlanib, ishonch hosil qilingach, keyin ta’minlash tizimidan nosozliklarni aniqlash ma’qul.
Misol tariqasida dvigatel o’t olmayapti:

  • svechaga kuchlanish kelmayapti;

  • uchqun juda sust;

  • uchqunni oldin yoki keyin berilishi;

  • svechaning yaroqsizligi;

  • uchqunni massaga o’tib ketishi.

O’t oldirish tizimida ko’rsatilgan nosozliklar bo’lmasa, yonilg’ini karbyuratorga kelishi aniqlanadi.
Karbyuratorni qalqovich kamerasidagi kiritish quvuri yoki trubka shtutseri yechib olinib startyorda dvigatelni harakatga keltiriladi. Agarda yonilg’i nasosida yonilg’i normal kelishi aniqlansa, u holda nosozlik karbyuratordan izlanadi. Ba’zi avtomobillarning yonilg’i nasosida qo’l dastagi bo’lib shu orqali ham tekshirilsa bo’ladi. Nasosdan yonilg’i kelmasa havo bilan tekshirilib ko’riladi, tizim ifloslangan bo’lsa havo o’tishi qiyinlashadi yoki butunlay o’tmaydi.
Tekshirilganda havo qarshiliksiz bakdan chiqishi eshitilsa, u holda yonilg’i nasosi yaroqsiz, yechib olinib tekshiriladi.
Ta’minlash tizimining texnik holatini tekshirish va rostlash ishlari IX bo’limda berilgan.




  1. Download 1.74 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling