Avvalgi o‘quv dasturida


bandiga 3-xatboshi qo‘shilgan


Download 260.2 Kb.
bet2/7
Sana24.12.2022
Hajmi260.2 Kb.
#1050791
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ўқув дастури ўзгаришлари

2.3. bandiga 3-xatboshi qo‘shilgan:

  • Qo'shimcha ta'lim xizmatlari asosiy ta'lim faoliyatidan tashqari amalga oshiriladi va MTT o'quv rejasiga kiritilmaydi. Qo'shimcha ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi pedagoglar, ko'ngillilar, homiylar, mutaxassislar, ota-onalar mavzuli rejani ishlab chiqadilar, bu xizmat ko'rsatishga qarab, davlat o'quv dasturining yillik mavzili rejasi asosida tuzilishi mumkin.

2.4. bandning oxiriga quyidagi xatboshi qo‘shilgan:

  • Inklyuziv yo'nalishdagi ta’lim va tarbiya jarayoni davlat o'quv dasturiga muvofiq amalga oshiriladi, uning asosida individual-moslashtirilgan dasturlar ishlab chiqilishi mumkin. Bunday individual inklyuziv dasturda alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo`lgan har bir bolaning ta’lim olishi, rivojlanishi, ishtiroki va farovonligi uchun barcha mumkin bo'lgan to'siqlarni bartaraf etish uchun o'quv muhiti va o'qitish usullarini moslashtirish zarur.

III bobga quyidagi qo‘shimcha kiritilgan va bunda kompetentli bola va maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv aniq keltirib o‘tilgan.

  • Kompetentli bola o'z bilim, ko'nikma va malakalarini muayyan vaziyatda safarbar qilishi va qo'llashi, o'z maqsadiga erishishi va rivojlanishning har bir bosqichida yoshiga mos keladigan vazifalarni hal qilishi mumkin.
  • Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetentsiyaviy yondashuv bolalarning bilish bilan bog'liq bo`lgan ehtiyojlari, muammolar va imkoniyatlarga samarali javob berish qobiliyatini shakllantirish, axloqiy me'yorlar va qadriyatlarni rivojlantirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, shaxsiyat („Men" konsepsiyasi) ni shakllantirishni o'z ichiga oladi.

3.1.Band,Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning tayanch kompetensiyalari

  • Qayta ishlangan va takomillashtirilgan o‘quv dasturida
  • • Kommunikativ
  • Ijtimoiy
  • • Shaxsiy ("Men" kontseptsiyasini qurish)
  • • Bilish

Download 260.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling