Boshqaruv kompetensiyalari. Reja: Kompetensiya va kompetentlik tushunchalari. Boshqaruvchining tayanch kompetensiyalari
Download 290.64 Kb.
|
BOSHQARUV KOMPETENSIYALARI mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompetensiya va kompetentlik tushunchalari deganda asosan
- 2.Boshqaruvchining tayanch kompetensiyalari.
- lavozimga loyiqlik mezonlari
- Professional kompetensiyalar. 1)Maqsadning qo’yilishi
- Ushbu kompetensiyaga ega rahbar
- 3)Xodimlarga vakolatlarni taqsimlash
- Uslubiy kompetensiyalar: 1)Qo’l ostidagilar-ning imkoniyatla-rini rivojlantirish
- 2)Atrofdagilarga ta’sir o’tkazish
- Ijtimoiy-psixologik kompetensiyalar: 1)Boshqalarni tushuna olish
BOSHQARUV KOMPETENSIYALARI. Reja: 1.Kompetensiya va kompetentlik tushunchalari. 2.Boshqaruvchining tayanch kompetensiyalari. 3.Boshqaruvchiga xos bilimdonlik darajalari. 1.Kompetensiya va kompetentlik tushunchalari. Ilmiy izlanishlar natijasjga ko`ra ijtimoiy-psixologigk kasbiy kompetentlik ta`lim tizimini boshqaruv jarayoni uchun zarurat sifatida qaralmoqda. Bu esa o`z navbatida boshqaruvchi tomonidan alohida bilim, ko`nikma va malakalarning o`zinigina emas, balki egallanishi lozim bo`lgan har bir mustaql yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar, boshqaruvning ta`sirchan usul va vositalari, boshqaruvdagi muomila madaniyati va rahbarlik faoliyatiga doir ijodiy harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Kompetensiya va kompetentlik tushunchalari deganda asosan zamonaviy fanda xodimlarni boshqarish nazariyasi va amaliyotini tahlil qilishda kompetensiya tushunchasiga muhim ahamiyat berilmoqda. “Kompetentlik” – tushunchasi dastlab ta’lim sohasiga psixologik, pedagogik izlanishlar natijasida kirib kelgan tushuncha bo‘lib, zamonaviy atama sifatida qo‘llanilib kelinmoqda. «Competentia»lotincha so’zdan olingan bo’lib, o’zbek tilidagi tarjima qilinganda unung lug’aviy ma’nosi «yaxshi biladigan inson», «tajribaga ega bo’lgan kishi» kabi ma’nolarni bildiradi. Shu sababli kompetentlik ta`lim jarayonida sodir bo`ladigan turli xil vaziyatlar, kutilmagan holatlar rahbarning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishuvchanligi, qo‘l ostidagilarni ruhiy holatlarini tushuna olish qobiliyatiga ega bo‘lishi, raqobaddosh tomonlar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarda mavjud muammolar ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda rahbar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniq maqsadlar asosida qo‘llay olish, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi. Kompetensiya – xodimning kompaniyada kutayotgan darajada va belgilangan tarkibda ishlab chiqarish xulqini muntazam ravishda namoyish qilishga tayyorlik qobiliyati. Kompetensiyalar tizimini yaratishda tashkilot xodimlarning faoliyatiga taalluqli muhim mezonlar majmuasini standart talablarga asosan tuzadi. Shuningdek, kompetensiya xodimlarning tashkilotda ham professional, ham ijtimoiy jihatdan tengligi xususida guvohlik beradi. XX asrning 90-yillarida mutaxassislarga malakaviy talablarni quyuvchi “Xalqaro mehnat tashkiloti” malaka oshirish hamda boshqaruv xodimlarni kasbiy qayta tayyorlashda “tayanch kompetensiya”lar degan tushunchani fanga kiritdi. Tayanch kompetensiyalari turli xil kasbiy birlashmalarda mutaxassislarning ijtimoiy-professional jihatdan ta’minlanishi hamda faoliyatga moslashishida xodimlarning xizmat vazifalaridan kelib chiqib o’ziga xos xarakter kasb etadi. Personalni boshqarish alohida ahamiyat kasb etib, tashkilotda kishilarga ta’sir ko’rsatuvchi uchta asosiy omilga alohida diqqat-e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq sanaladi. Bular tashkilotning iyerarxik tuzilmasi, madaniyat, bozor omillaridir. Ushbu ta’sir ko’rsatish omillari juda murakkab tushunchalar bo’lib, amaliyotda kamdan-kam hollarda bir-biridan alohida ravishda qo’llanadi. Ulardan birontasi qanchalik ustuvor bo’lsa, tashkilotdagi iqtisodiy vaziyat qiyofasi ham shunday bo’ladi. Ko’pincha kundalik muloqotda biz “kompetensiya” yoki “bilimdonlik” tushunchalarini tez-tez ishlatamiz. Ayniqsa, “professional kompetensiya” tushunchasi ko’proq diqqatni tortadi. Lekin, ba’zan insonlar bilan ishlash borasida “kommunikativ kompetensiya” tushunchasi ham ishlatiladi. Bu aslida o’zgalar bilan til topisha bilish, o’z nutqini ravon va bir tekisda tuzish orqali fikrlarini boshqalarga yetkaza olish kabi muhim xususiyatlar bilan bog’lanadi. Psixologiya fanida, xususan, uning “Boshqaruv psixologiyasi” sohasida oxirgi paytlarda “ijtimoiy-psixologik kompetensiya” fenomeni ajratilmoqdaki, mohiyatan u – kommunikativ kompetensiyadan kengroq va ko’pqamrovliroqdir. Professional faoliyat shaxsdan juda ko’p bilimlarni hamda malakalarni talab qiladi. Nima uchun u yoki bu kasbni tanlaganini anglab yetgan shaxs (motivlar muammosi), endi o’z faoliyati va qobiliyatlarini boshqara bilishi va o’z ustida muttasil ishlab, malakalarini orttirib borishi shart. Professional kompetensiya shu nuqtai nazardan shaxs umumiy madaniyatining shunday yo’nalishiki, unga faqat kasbiga taalluqli bo’lgan bilimlardan tashqari, shu bilimlarning hosil bo’lish yo’llari va malakalarning takomillashuvini ta’minlovchi psixologik jarayonlar va holatlarni bilishni ham taqozo etadi. Bu psixologiyada bilish jarayonlari, ularning mohiyati va kechishini anglash demakdir. Kasbga doir topshiriq va vazifalarni echish, o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarishda pedagogik-psixologik yondashish ta’lim-tarbiyani modellashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham mazmunidan keng o‘rinda foydalanishlari zamonaviy ta’lim tizimi rahbarlarining zimmasiga yuklatilmoqda. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda bevosita ta’lim tizimi rahbarlariga xos kasbiy kompetentlik va uning o‘ziga xos jihatlari tadqiq etilib, o‘rganilgan. Bu boradagi pedogogik-psixologik kasbiy kompetentlik yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarni bir qator olimlar xususan, V.M.Karimova tomonidan olib borilgan izlanishlar tadqiqot davomida alohida ahamiyat kasb etadi. Kasbiy faoliyatni tashkil etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kompetentlikning asosiy elementlari davlat ta’lim standartlarida o‘z ifodasini topgan. Kompetentlik tushunchasi nafaqat aniq bilim va ko‘nikmalar, balki aniq strategiya, mos emotsiya va munosabat, xuddi shuningdek, butun bir tizimni boshqarish mexanizmi mavjud ekanligi talab etiladigan murakkab amaliy masalalarni hal etish bilan bog‘liq. U o‘z ichiga nafaqat kognitiv tashkil etuvchini, balki qadriyatli yo‘nalganlikning motivatsion, etik, ijtimoiy va ahloqiy tizimlarini ham oladi.1 2.Boshqaruvchining tayanch kompetensiyalari. Barcha ijtimoiy tarmoqlar borki boshqaruvga muhtojlik sezadi. Agar boshqaruv jarayoni sustkashlik asosida qurilgan bo`lsa boshqaruvda samaradorlik bo`lmaydi. Rahbarningboshqaruvdagi roli past bo‘ladi va iskicha yondoshuvlar asosida ta’lim jarayonini tashkil etgan, yoki boshqaruvga qobiliyati yuq deb qaraladi. Bugungi kunda zamonaviy boshqaruvgaxos kompetensiyalar farqlanadi. G.Mirolyubova o’zining “Menejerlar madaniy kompetensiyalarining rivojlanishi” (2005) deb nomlangan o’quv-uslubiy qo’llanmasida boshqaruvchining tayanch kompetensiyalari xususida zamonaviy, ilmiy jihatdan asoslangan qator fikr-mulohazalarini ta’kidlab o’tadi. Shu bois ham, da’vogarning lavozimga loyiqlik mezonlari xususida gap ketganda, mutaxassislar oldida boshqaruvchi shaxsiga xos quyidagi tayanch kompetensiyalarni aniqlash yoki o’rganish masalasi ko’ndalang turadi: 1.Professional kompetensiya– bu o’zi boshqarayotgan soha faoliyatini mukammal darajada yo’lga quyish uchun tashkilot missiyasini aniqlashtirishga xizmat qiluvchi mavjud ma’lumot, bilim hamda malakalarga ega bo’lishlikdir. 2.Uslubiy kompetensiya– bu rahbarning bilgan narsalari, shaxsiy malaka va ko’nikmalari, turli loyihalar xususidagi ma’lumotlar hamda topshiriqlarni tez, to’g’ri va tushunarli (operativ) tarzda xodimlarga yetkaza olish qobiliyati. 3.Ijtimoiy-psixologik kompetensiya– bu shaxsning ijtimoiy-psixologik hodisalar hamda muomala qonuniyatlari, o’zgalarni bilish, to’g’ri idrok qilish, dilidagini anglash va shu asosda o’zaro hamkorlikni tashkil qilish borasidagi savodxonligidir. “Amaliy ijtimoiy psixologiya” (1998) kitobining mualliflari ijtimoiy-psixologik kompetensiyaning 3 ta asosiy tarkibiy qismlarini ajratib ko’rsatishadi: a)kommunikativ kompetensiya; b)perseptiv kompetensiya; c)interaktiv kompetensiya. Agar diqqat bilan bu tizimga qaralsa, u G.Andreyevaning uch tizimli muloqot to’g’risidagi nazariy qarashlaridan kelib chiqqanligiga guvoh bo’lishimiz mumkin (kommunikativ, perseptiv va interaktiv). Har qalay, bunday yondashuv psixologiya fanidagi mashhur ko’pqirrali muloqot jarayonining asosiy sohalarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Shaxsning, birinchi navbatda, rahbarning ijtimoiy-psixologik kompetensiyasini aniqlash uchun turli metodlar ishlatiladi. Bular o’sha biz bilgan ko’plab shaxsning muloqotga kirishuvchanlik sifatlarini aniqlash metodlaridir. Lekin ularning ko’pchiligi nazariy nuqtai nazardan diagnostik ishlarni amalga oshirish uchun maqsadga muvofiq emas. Barcha metodik usullar ichida, aynan, shaxsning o’zgalar bilan tez va aniqlik bilan ishchanlik hamda shaxsiy muloqotni o’rnata olish orqali boshqalarga ta’sir ko’rsata olish malakasini aniqlovchiKOS–1 metodi tadqiqotchilarda borgan sari ko’proq ishonch uyg’otmoqda. Metodning qulayligi shundaki, u ko’p vaqtni olmagan holda (10–15 daqiqa) respondentdan 40 ta savolga “ha” yoki “yo’q” deb javob berishni taqozo etadi. Ijtimoiy-psixologik kompetensiya nafaqat rahbar tomonidan o’zini-o’zi anglashi (bilishi), balki autopsixologik kompetensiya bilan ham bog’liq.2 4.Autopsixologik kompetensiya– bu rahbardagi shunday malakalar majmuiki, ular boshqaruvchini o’z kasbiy hamda shaxsiy sifatlarini diagnostikalash, ya’ni o’zini-o’zi diagnostika qilish, o’zini-o’zi tuzata olish (korreksiyalash), o’zini-o’zi takomillashtira olish, o’ziga-o’zi motivasiya bera olish, har qanday ma’lumotdan samarali foydalana olish, psixolingvistik kompetensiyalar bilan bog’liq qobiliyatdir. 5.Ijtimoiy-informasion kompetensiya– bu rahbardagi axborot texnologiyalari bilan ishlay bilish hamda ijtimoiy informasiyalarga nisbatan tanqidiy munosatda bo’la olishga egaligi. 6.Kommunikativ kompetensiya– bu boshqaruvchining turli tildagi og’zaki va yozma muomala texnologiyalarini o’zlashtirganligi hamda kompyuterda dasturlash va Internet orqali munosabatga kirisha olish qobiliyati. Ayrim mutaxassislar tomonidan ijtimoiy-psixologik kompetensiya tushunchasi ko’pincha OAVda “kommunikativ kompetensiya”tushunchasi bilan sinonim sifatida ham ishlatiladi. Bevosita kommunikativ kompetensiyani aniqlash uchun “Muloqotga kirishuvchanlik darajasi”, “Fikrni bayon eta olish” kabi qator metodikalar hamda o’zini qanchalik nazorat qila olishini bilishda M.Snayderning maxsus testi qo’llaniladi. 7.Kognitiv kompetensiya– bu rahbarning ma’lumot darajasini oshirishga tayyorligi, o’zining shaxsiy imkoniyatlarini faollashtirishga ehtiyojmandligi, yangi malaka va bilimlarni mustaqil ravishda yaratish hamda o’zini-o’zi rivojlantirish qobiliyati demakdir. 8.Maxsus kompetensiya– bu boshqaruvchining professional xatti-harakatlarni mustaqil tarzda bajarishga tayyorlanish va o’z mehnati natijalarini baholay olish qobiliyati. 9.Madaniy kompetensiya– bu menejerning tashkilot normalari va qadriyatlari orqali xulq-atvorini boshqarishga tayyorlik qobiliyatiga egaligi. Shuningdek, munosib bo’lmagan vaziyatlardagi xatti-harakatlarda maqsadga erishish uchun standart vaziyatlarni saqlab qolish va zarur bo’lganda ularni yangilari bilan almashtira olish savodxonligi. Qator xorijiy adabiyotlarda tayanch kompetensiyalar sirasiga fanda so’nggi o’rinni madaniy kompetensiya egallab, odatda, bu kompetensiya menejerning tanlash imkoniyati mavjud bo’lmagan hollarda, har xil madaniy uzilishlarda muvaffaqiyatli ishlash imkonini beradi. Shuningdek, madaniy kompetensiya tashkilot menejerining boshqaruv madaniyati malakalarini o’zlashtirish darajasini aniqlaydi. Professional kompetensiyalar. 1)Maqsadning qo’yilishi– rahbardagi tashkilotning biznes maqsadlariga mos keluvchi vazifalarini ishlab chiqa bilish va uni boshqalarga yetkazib bera olish kompetensiyasi. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: a)o’zbo’limmaqsadlaribilanbutuntashkilotstrategiyasimuvofiqliginita’minlashmaqsadidafaoliyatyuritish; b)bo’limdagixodimlarnio’zishlariningbiznesmaqsadibilanaloqadorliginitushunishlarininazoratqilibborish; c)har bir xodim bo’lim maqsadlarini anglashi va o’zini bunga moslashtirib borishini nazorat qilish; d)tashkilot maqsadiga erishish uchun bo’limning maqsPad rejasini ishlab chiqilishini nazorat qilish.
a)tashkilotning raqobatchilar bilan solishtirganda kuchli va kuchsiz tomonlarini ko’ra oladi; b)tashkilotning raqobatbardoshligiga ta’sir ko’rsatadigan sanoat va bozor tendensiyasini tushunadi; c)qanday tovar va xizmatlar bozorda raqobatbardosh bo’lishini chuqur fahmlay oladi; d)bozor va ishlab chiqarish tahliliga asoslangan, shuningdek, raqobatchilarga nisbatan salohiyat imkoniyatlari ko’proq, uzoq muddatli (3–5 yillik) marketing strategiyani yaratadi va uni boshqaradi. Iqtisodiyot sub’yekti boshqaruvchisiga xos professional kompetensiyalar (8.1-rasm). 3)Xodimlarga vakolatlarni taqsimlash – rahbarning o’z qo’l ostidagilarga qiyin masalalarni hal etish, munozarali savollarni yechish va maqsadlar yo’lida muvaffaqiyatga erishishlari uchun tanlov erkinligini berish kompetensiyasi. Ushbukompetensiyagaegarahbar: a)xodimlargao’zfaoliyatidoirasidaqarorlarqabulqilishdakengimkoniyatyaratibberadi; b)boshqalarningqarorqabulqilishlarivamas’uliyatnio’zbo’ynigaolishlarigayo’lqo’yibberadi; c)alohidaxodimyokixodimlarguruhigakompaniyamissiyasigamoskeladigano’zmaqsadlarinio’rnatishlariniqo’llab-quvvatlaydi; d) ishchilarning muvaffaqiyatga erishishga qodirliklariga ishonch bildiradi; e) muammolarni guruhning o’zi mustaqil hal qilishini va bir qarorga kelishini rivojlantiradi. 4)Motivatsion qo’l-lab-quvvatlash– rahbardagi xodimlarning o’z ishiga sadoqatini mustahkamlay olish kompetensiyasi. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: a)xodimlarning yutuqlarini tan oladi va ularni taqdirlaydi; b)xodimlarga bajargan ishlari uchun minnatdorchilik bildiradi; c)xodimlar o’z yutuqlaridan qoniqish hosil qilishlari uchun guruh bilan faxrlanishini ochiqdan ochiq aytadi; d)xodimlarning ishdan xursand bo’lishlari uchun turli ijodiy usullarni o’ylab topadi; e)barcha muhim tadbirlarda shaxsan o’zi qatnashadi; f)ziddiyatli vaziyatlarni tez hal etadi va yo’qotadi; g)xodimlar faoliyatini jonlantirish uchun suhbatlar va prezentasiya (taqdimot)lar o’tkazadi.
Iqtisodiyot sub’yekti boshqaruvchisiga xos uslubiy kompetensiyalar (6.2-rasm). Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: a) har bir xodimning xarakteridan kelib chiqqan holda muomalada bo’ladi; b)qo’l ostidagilarining ko’proq muvaffaqiyatga erishishlariga yordamlashish maqsadida ma’lumot, maslahat va takliflarni bo’lishadi hamda treningning samaradorli-gini ta’minlaydi; c)xodimlarning imkoniyatlarini oshirishga ko’maklashadigan topshiriqlarni bera oladi; d)qo’l ostidagilarning rivojlanishini tahlil qilish uchun muntazam ravishda ular bilan uchrashib turadi; e)kasbiy o’sish (karyera) va komillikka yo’naltirilgan xatti-harakatlarni kengaytiradi; f)qo’l ostidagilarning muvaffaqiyatga erisha olishlariga ishonch bildiradi.
a)har tomonlama foydali qarorlarni topa oladi; b)qo’llab-quvvatlashlariga tayanish maqsadida qaror qabul qilish jarayoniga atrofdagilarni jalb qiladi; c)kelishuvga erishish maqsadida muqobil qarorlarni taklif etadi va fikr almashadi; d)vaziyatning barcha qatnashuvchilari uchun foydali qa-rorlarni topadi va taklif qiladi; e)ekspertlarni yoki uchinchi tomonni boshqalarga ta’sir o’tkazishga qiziqtiradi; f)atrofdagilarga ta’sir ko’rsatishning boshqa bilvosita usullarini o’ylab chiqadi; g)kutilgan harakatni amalga oshirish va kutilgan natijaga erishish ehtimolligini oshirish maqsadida, voqealarning borishi va qatnashuvchi odamlar holatini hisobga olgan holda vaziyatni tarkib toptiradi; g)atrofdagilarda yaxshi taassurot qoldirishga harakat qiladi; i)haqiqatda qaror qabul qiladigan odamlarni, shuningdek, o’ziga ta’sir o’tkaza oladiganlarni ajratadi va bor kuchini o’shalarga yo’naltiradi; j)axborot, intellekt, karyera, biznes muloqot va yordamning boshqa turlarini namoyon qila oladigan shaxslar bilan muomala o’rnatishga harakat qiladi; k) atrofdagilarning shaxsiy hayotlari (masalan, qiziqishlari, xavotirlari, oilasi, do’stlari) bilan qiziqadi va ular bilan yaxshi munosabatlar o’rnata oladi. Ijtimoiy-psixologik kompetensiyalar: 1)Boshqalarni tushuna olish– rahbardagi boshqalarning munosabatlari va his-tuyg’ularini oldindan bilish, seza olish, shuningdek, empatik ravishda fikrlarini boshqalarga ma’lum qilish xususiyati. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: a)atrofdagilarning qiziqishlarini tushuna oladi; b)atrofdagilar his-tuyg’ularini, ularning o’zini to’tishi, yuz ifodasi, so’zlarni tanlashi va gap ohangidan to’g’ri tushunadi va seza oladi; c)u yoki bu holatga atrofdagilarning javob reaksiyasini seza oladi; d)g’oya va takliflarni diqqat bilan eshitadi; e)atrofdagilarning ham kuchli, ham nozik tomonlarini e’tiborga oladi; f)aytib tugatilmagan (emplisid) ma’noni tushuna oladi; g)atrofdagilar qanday mavzuda gaplashishlaridan qat’iy nazar qiziqish bilan munosabatda bo’lish orqali, ularning e’tiborini qozonadi.
Ushbukompetensiyagaegarahbar: a)hamkasblaridanshaxsiyhayoti, tashvishi, qiziqishi, oilasivashukabima’lumotlarniso’raydi; b)biror umumiy g’oyani yuzaga chiqarish maqsadida savollar beradi; c)atrofdagilarni fikri yo’naltirilgan ob’yektlar bilan qiziqadi hamda ularning qarashlari va g’oyalarini tan oladi; d) atrofdagilarning manfaatlari va istiqbollarini tushunadi; e) ma’lumot orqali yordam ko’rsatganlarga minnatdorchilik bildiradi; f)hamkasblarini o’rganish, ular bilan munosabatlarni yaxshilash, o’zaro aloqalarni o’rnatishga vaqt ajratadi; g)yordami va qo’llab-quvvatlashi asqotishi mumkin bo’lgan odamlar bilan munosabatlar o’rnatishga intiladi; h)hamkorlikka asos yaratish maqsadida yordam ko’rsatadi hamda ma’lumotlar bilan qo’llab-quvvatlaydi. Iqtisodiyot sub’yekt boshqaruvchisiga xos ijtimoiy- psixologik kompetensiyalar:
Download 290.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling