Boshqaruv kompetensiyalari. Reja: Kompetensiya va kompetentlik tushunchalari. Boshqaruvchining tayanch kompetensiyalari


Download 290.64 Kb.
bet2/3
Sana11.10.2020
Hajmi290.64 Kb.
#133413
1   2   3
Bog'liq
BOSHQARUV KOMPETENSIYALARI mustaqil ish


1.Boshqalarni tushuna olish.

2.Hamkorlik o’rnatish.

3.Ishonchli bo’lish.

3)Ishonchli bo’lish– boshqaruvchining o’zini mas’uliyatli, ishonchga arziydigan shaxs ekanligini ko’rsata olish qobiliyati.



Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:

a) boshlangan ishni oxiriga yetkazadi;

b) ishonchli ma’lumot va xavf-xatarlarga e’tibor (hurmat) bilan qaraydi;

c) boshqalar bilan samimiy va to’g’riso’z munosabatda bo’ladi;

d) o’z xatolari uchun boshqalarni ayblamaydi, mas’uliyatni o’z bo’yniga oladi;

e) o’z ishini vijdonan bajaradi;

f) zarur dalillar, ma’lumotlar va bilimini o’z hamkasblari bilan bo’lishadi.

Autopsixologik kompetensiyalar:

1)Mijozga yondashuv– menejerning ichki va tashqi mijoz talabini qondirishdan manfaatdor ekanligini ko’rsata olish xususiyati.

Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:

a)mijozning muammolarini tez va samarali hal etadi;

b)mijozning natijadan qanchalik darajada qoniqayotganligini aniqlash maqsadida, u bilan suhbat o’tkazadi;

c)mijozlarga, ularning talablarini qondirish uchun birgalikda hamkorlik qilishga tayyorligini bildiradi;

d)mijozning qoniqish darajasini o’lchash va aniqlash usullarini topadi hamda ijobiy ta’sir qilish yo’li (muomala manyorasi)ni yaratadi.

2)Diagnostik ma’lumotlarni yig’ish– boshqaruvchining vaziyatga aniqlik kiritish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni bilish; bunday ma’lumotlarni tegishli manbalar yordamida qidirishni amalga oshira olish (savolni shunday berish kerakki, ma’lumotni bo’lishishni xohlamagan inson ham javob berganini o’zi bilmay qolsin) kompetensiyasi.

Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:

a)vaziyatni aniqlashtirish va qarorlar qabul qilish uchun zarur bo’lgan maxsus ma’lumotlarni tan oladi;

b)ko’plabmanbalargamurojaatqilganholdakattamiqdordaishonchlima’lumotlarnitopadi;

c)zarur bo’lganda hamkorlar uchun sun’iy dalillar keltiradi;

d)ishchilardan ishlar qanday ketayotganini bilish, ularning muammolarini eshitish maqsadida tez-tez xabar olib turadi;

e)atrofdagilar bilan, ular o’z harakat rejasini qanchalik yaxshi tuzishganligini baholash maqsadida suhbatlashib turadi;

f)vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida savollar beradi;

g)har bir qatnashuvchining fikrini so’raydi;



h)muammoni oydinlashtirish, ma’lumotni qo’lga kiritish uchun bilimdon (dono) odamlarni topa oladi.

8.1-chizma. Iqtisodiyot sub’yekti boshqaruvchisiga xos autopsixologik kompetensiyalar.



3)Vijdonlilik– rahbardagi o’zining va o’zganing ishi to’liq bajarilgani, ma’lumotlar esa tekshirilganiga ishonch hosil qilish, taqdimot (prezentasiya) va konferensiyalarga qattiq tayyorgarlik ko’rish, boshqa hamkasblar bilan birgalikda shartnomalar hamda majburiyatlar to’liq bajarilayotganini kuzatib borish kompetensiyasi.

Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:

a)bajarilgan ish sifatini tekshirishning biror usulini topadi;

b)ish sifatini kuzatib boradi;

c)ma’lumotlarni tekshirib boradi;

d)o’zi va o’zgalarning ishiga aniqlik kiritish maqsadida tekshirib turadi;

e)tashkilotning ishdagi o’sishni yoki ma’lumotlarni tekshirish tizimini ishlab chiqadi va tatbiq etadi;

f)boshqa foydalanuvchilar uchun zarur materiallar yoki ma’lumotlarni yig’adi va tashkil etadi;

g)ishchilarning, ma’lumot markazi boshqaruvchisini va boshqa hamkasblar hisobotlaridagi ma’lumotlar aniqligini sinchiklab tekshiradi va ko’rib chiqadi.



4)Qat’iyatlilik – bu boshqaruvchidagi murakkab qarorlarni tezlikda qabul qila olish xususiyati.

Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:

a)vaqt chegaralangan, murakkab yoki noma’lum vaziyatlarda qaror qabul qilishga tayyor turadi;

b)boshiberkko’chagakiribqolganmuammonihaletish, vaziyatdanchiqibketishuchunqilinganqarorningkafolatinivaguruhgaboshchilikqilishnio’zzimmasigaoladi;

c)murakkabqarorlarqabulqiladi (bo’limnitugatish, isho’rinlariniqisqartirish, tavakkalchilikkaasoslanganbitimlardanvozkechish).



5)O’ziga ishonch– rahbarning o’z g’oyalari va muvaffaqiyat qozonish imkoniyatlariga ishonchi hamda qarama-qarshi mavqe (pozisiya)dagi shaxs oldida mustaqil lavozimni egallashga tayyor turish xususiyati.

Ushbukompetensiyagaegarahbar:

a)maqsadlargaerishishdagio’zimkoniyatlarigaishonadi;

b)zarurpaytdaadolatmezonlariasosida, haqbo’lganshaxsyokiguruhniqo’llab-quvvatlaybiladi;

c) murakkab masalalarga o’z kuchiga to’la ishonch bilan yondashadi.



1)Texnika sohasidagi kompetensiya– rahbarning texnika sohasidagi chuqur bilim va ko’nikmalarini ko’rsata olish qobiliyati.

6.3-rasm. Iqtisodiyot sub’yekt boshqaruvchisiga xos ijtimoiy-informasion kompetensiyalar:





Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:

a) bir qator muammolarni yechishda texnik bilimlardan unumli foydalanadi;

b) texnikaning biror sohasida chuqur bilim va ko’nikmaga ega bo’ladi;

c) bunday insonga xuddi ekspertga xulosa chiqarish yoki maslahat olish uchun murojaat qilgandek murojaat qilishadi;

d) o’z sohasida so’nggi texnika yutuqlari haqidagi ma’lumotlar bilan doimiy tanishib boradi.

2)Stresslarni boshqarish– rahbarning bosim o’tkazilganda va ziddiyatli vaziyatlarda o’zini qo’lga ola bilish xususiyati.

Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:

a) stressli vaziyatlarda tinch turadi;

b) bir vaqtning o’zida bir necha muammo va masalalarni samarali hal etadi;

c) tanqid, tuhmat va shu kabilarga uchraganda o’zini nazorat qila oladi;

d) qiyin vaziyatlarda ham yumor kayfiyatini saqlaydi;

e) stresslarni kamaytirish yoki yo’qotish maqsadida o’z xulq-atvorini boshqara oladi.



Kommunikativ kompetensiyalar:

1)Muloqotga e’tibor– rahbardagi kerakli xodimlarning ma’lumotlar bilan ta’minlanish jarayonini nazorat qilib bora olish xususiyati.

Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:

a)loyihaning har bir qatnashchisini kelgusi rejalari va faoliyatiga doir sodir bo’lishi mumkin bo’lgan voqea-hodisalardan oldindan xabardor bo’lib borishlarini kuzatib boradi;

b)boshliqning o’z rejalarini hamkasblari va boshqa aloqador xodimlar bilan o’rtoqlashishini kuzatib boradi;

c)muhim xabarlarni yetkazishda barcha turdagi aloqa vositalar (kuryer, faks, elektron pochta, telefon)dan unumli foydalanadi;

d)kutilmagan ko’ngilsizliklardan qochish maqsadida ishning borishi va uchrashi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar haqida boshqaruvchini doimiy xabardor qilib boradi;

e)ma’lumotlar almashish o’zaro kelishilgan holda va doimiy ravishda amalga oshishini kuzatib boradi.



2)Og’zaki muloqot– rahbarning xodimlari bilan birgalikda faoliyat yuritayotganda va suhbat paytida o’z fikrlarini aniq ifoda eta olish qobiliyati

Ushbukompetensiyagaegarahbar:

a)uniosontushunaolishlariuchunbarchatovushlarnito’g’ritalaffuzqiladi; b)gapnituzishdaauditoriyaningbilimdarajasivatajribasinihisobgaoladi;

c)og’zakinutqdagrammatikto’g’riso’zlarvagaptuzilishlaridanfoydalanadi; d)mantiqanto’g’rigapiradi;

e)g’oyalariniqisqavalo’ndaqilibifodalaydi;

f)auditoriyagaqarabgapiradi.

3)Yozma muloqot– bu rahbardagi ish bilan bog’liq yozishmalarda fikrini tushunarli qilib yoza olish qobiliyati.

Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:

a)qog’ozgafikrlarniqisqavalo’ndaqilibyozadi;

b)fikrlarniqog’ozdaketma-ket, xatboshidanqilibyozadivakorxonato’g’risidagiaxborotlarnio’quvchigaravonqilibyetkazadi;

c)yozma fikrlarni shunday tuzadiki, o’quvchiga ma’lumotlar aniq yetib boradi;

d)qiyin yoki texnik ma’lumotlarni izohlashda grafiklar yoki boshqa vositalardan foydalanadi;

e)orfografik xatolarsiz yozadi;

f)yozma muloqotda maxsus yozuv usullarini (yozuv tillarini) qo’llaydi;

g)tinish belgilarini to’g’ri qo’yadi;

h)grammatik qoidalarga amal qiladi.

6.2-chizma. Iqtisodiyot sub’yekti boshqaruvchisiga xos kommunikativ kompetensiyalar:





Download 290.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling