Boshqaruv kompetensiyalari. Reja: Kompetensiya va kompetentlik tushunchalari. Boshqaruvchining tayanch kompetensiyalari
Download 290.64 Kb.
|
BOSHQARUV KOMPETENSIYALARI mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kognitiv kompetensiyalar: 1)Analitik fikrlash
- Ushbu kompetensiyaga ega rahbar
- 1)Tashabbus-korlik
- 2)Tadbirkorlik qobiliyati
- Madaniykompetensiyalar : 1) Komandadaishlashko ’ nikmalarinitarbiyalash
- 3.Boshqaruvchiga xos bilimdonlik darajalari.
- Professional
- Komanda liderining xulq-atvori. Komanda lideri
- 2 ) O’zgarishlarni boshqarish
- Menejer yoki liderning xulq-atvori. Menejer yoki lider
- 3)Mehnat sifatini boshqarish
- Menejerning xulq-atvori. Menejer
- 5)Tushuntiruvchi fikrlash
- 6)Yangiliklarni madaniylashtirish
- 7)Natijani mo’ljalga olish
- 8)Moslashuvchan, qayishqoq bo’lish
4)Ishontiruvchi muloqot– rahbardagi kerakli odamlarni ishontirish uchun ma’lumotlarni (og’zaki yoki yozma) yetkazib berishni tashkil eta olish xususiyati. Ushbukompetensiyagaegarahbar: a)eshituvchigakuchlita’siretaoladiganma’lumotyokiaxborotnitanlayoladivaunieshituvchiga (yozmayokiog’zaki) yetkazibberaoladi; b)auditoriya darajasi va tajribasiga mos tilda gapiradi va misollar keltiradi; c)ma’lumotlarning qabul qilinishini osonlashtirish va ta’sirini oshirish uchun grafik ramzlar, sarlavha va slaydlarni o’ylab topa oladi; d)vaziyatni asoslash uchun bir necha dalillar keltiradi. Kognitiv kompetensiyalar: 1)Analitik fikrlash – rahbardagi mantiqiy, tizimli, ketma-ket yondashuvlardan foydalangan holda muammoni hal eta olish qobiliyati. 6.3-chizma. Iqtisodiyot sub’yekti boshqaruvchisiga xos kognitiv kompetensiyalar. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: a)ikki yoki undan ortiq muqobil variantlarni tizimli taqqoslaydi; b)ma’lumotning ketma-ket emasligi va qarama-qarshi ekanligini sezadi; c)vaziyatni tahlil qilish va qarorlar qabul qilishda hisobga olinishi kerak bo’lgan tomonlar, parametrlar va omillarni belgilab oladi; d)murakkab topshiriqlarni yechishda, ularni tarkibiy qismlarga ajratadi va har birini alohida ravishda tahlil qiladi; e)qaror qabul qilishda muvaffaqiyatga erishish uchun xarajat, foyda, imkoniyat va tavakkalchilikdan foydalanadi; f)ustuvor yo’nalishlarni izchillik bilan aniqlaydi. 3.Maxsus kompetensiyalar va madaniy kompetensiyalar. 1)Tashabbus-korlik– rahbardagi tegishli ko’rsatmalar olish yoki kuchli zarurat tug’ilgunga qadar nima qilish kerakligini ko’ra olish qobiliyati. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: a)murakkab vaziyat yuzaga kelishini oldindan ko’rib, nima qilish va qanday yo’l to’tish kerakligini biladi, undan buni so’rashlarini kutib o’tirmaydi; b)konkret vaziyatda ishni talab qilinganidan ham ortiqroq qilib bajaradi; c)vaziyatning boshqa qatnashuvchilari istiqbolni qanday ko’rayotganliklariga qiziqadi; d)voqea-hodisalarni o’zgartirish uchun mustaqil qadam tashlaydi. 2)Tadbirkorlik qobiliyati– rahbarning foydali imkoniyatlarni qidirish, topish va biznes maqsadiga erishishda tavakkalchilikka tayyor turish qobiliyati.
a)foydali imkoniyatlarni sezadi va qo’ldan boy bermaydi; b)korxona uchun yangi imkoniyatlarni ochib berishi mumkin bo’lgan biznes, ishlab chiqarish va bozordagi voqea-hodisalardan doimiy xabardor bo’lib turadi; c)biznes-rejani amalga oshirish uchun tavakkalchilik qilishga tayyorlanib boradi; d) salohiyatli xaridorlar, yetkazib beruvchilar va hamkorlarga yangidan-yangi kelishuvlarni taklif qiladi; e) hamkasblaridagi tadbirkorlik xulq-atvorini qo’llab-quvvatlaydi. 6.4-chizma. Iqtisodiyot sub’yekti boshqaruvchisiga xos maxsus kompetensiyalar Madaniykompetensiyalar: 1)Komandadaishlashko’nikmalarinitarbiyalash – komandalideriningguruhnibirgalikdaishlashgao’rgatishiorqalio’zqiziqishi, ko’nikmasivamuvaffaqiyatininamoyishetaolishkompetensiyasi. Komanda a’zosining xulq-atvori. Komanda a’zosi: a)komandaning boshqa a’zolari g’oyalarini eshita oladi; b)komandaning boshqa a’zolari taklif va g’oyalarini qo’llab-quvvatlaydi; c)komandaning boshqa a’zolari bilan o’z muammolarini ochiq-oydin bo’lishadi; d)o’z noroziligini konstruktiv ravishda ifoda etadi; e)komandaning boshqa a’zolari yutuqlarini qo’llab-quvvatlaydi; f)komandaning boshqa a’zolari bilan o’z fikrlarini adolatli va konstruktiv bo’lishadi; g)komandaning barcha a’zolari qo’llab-quvvatlaydigan qarorlar uchun kurashadi; h) kasbiy bilim va tajribalarini komandaning boshqa a’zolari bilan bo’lishadi; i)bilim va tajribaga ega bo’lish maqsadida guruh tarkibida ishlash imkoniyatlarini qidiradi; j)komandaning boshqa a’zolari bilan munosabatlarni o’rnatish va mustahkamlash maqsadida ularga yordam hamda ma’lumotlarni taklif qiladi.
Boshqaruvchiga xos bilimdonlik darajalari boshqaruv jarayonida vujudga keladi va o’ziga xos psixologik xususiyatlar tariqasida namoyon bo’ladi. Bizga ma’lumki, personalni boshqarish alohida ahamiyat kasb etib, tashkilotda kishilarga ta’sir ko’rsatuvchi uchta asosiy omilga alohida diqqat-e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq sanaladi. Bular tashkilotning iyerarxik tuzilmasi, madaniyat, bozor omillaridir. Ushbu ta’sir ko’rsatish omillari juda murakkab tushunchalar bo’lib, amaliyotda kamdan-kam hollarda bir-biridan alohida ravishda qo’llanadi. Ulardan birontasi qanchalik ustuvor bo’lsa, tashkilotdagi iqtisodiy vaziyat qiyofasi ham shunday bo’ladi. Ko’pincha kundalik muloqotda biz “kompetensiya” yoki “bilimdonlik” tushunchalarini tez-tez ishlatamiz. Ayniqsa, “professional kompetensiya” tushunchasi ko’proq diqqatni tortadi. Lekin, ba’zan insonlar bilan ishlash borasida “Boshqaruvchiga xos bilimdonlik darajalari” tushunchasi ham ishlatiladi. Bu aslida qo’l ostidagi xodimlarga ijobiy ta’sir ko’rsata olishi, o’zgalar bilan til topisha bilishi, o’z ishini faol, aniq va samarali bajara olishi, aqliy harakatlarini to’g’ri safarbar qila olishi, nutqini ravon va bir tekisda tuzish orqali fikrlarini boshqalarga yetkaza olish kabi muhim xususiyatlar bilan bog’lanadi. Professional faoliyat shaxsdan juda ko’p bilimlarni hamda malakalarni talab qiladi. Nima uchun u yoki bu kasbni tanlaganini anglab yetgan shaxs (motivlar muammosi), endi o’z faoliyati va qobiliyatlarini boshqara bilishi va o’z ustida muttasil ishlab, malakalarini orttirib borishi shart. Professional kompetensiya shu nuqtai nazardan shaxs umumiy madaniyatining shunday yo’nalishiki, unga faqat kasbiga taalluqli bo’lgan bilimlardan tashqari, shu bilimlarning hosil bo’lish yo’llari va malakalarning takomillashuvini ta’minlovchi psixologik jarayonlar va holatlarni bilishni ham taqozo etadi. Bu psixologiyada bilish jarayonlari, ularning mohiyati va kechishini anglash demakdir.
a) xodimlarga komandada ishlash imkoniyatlarini yaratib beradi; b) har bir xodimni faol ishtirok etishga chaqiradi; c) boshqa bo’limlar bilan hamkorlikni tashkil etadi; d)komandaning har bir a’zosi bir-biri bilan adolatli muomalada bo’lishayotganini nazorat qilib boradi; e)hamkorlikda ishlashni muvofiqlashtiruvchi xulq-atvorni tan oladi va uni rivojlantiradi. 2)O’zgarishlarni boshqarish– rahbardagi tashkilotning samarali ishlashini oshirish uchun zarur bo’ladigan tashkiliy o’zgarishlar va innovasiyalarni qo’llab-quvvatlay olish, tashkiliy o’zgarishlarni tatbiq qilish, homiylik qilish hamda ularning muvaffaqiyatli borishida boshqalarga yordam berish qobiliyati. Menejer yoki liderning xulq-atvori. Menejer yoki lider: a) innovasion qarorlar ishlab chiqish ustida qo’l ostidagilar bilan birgalikda ishlaydi; b)biznes, hamkorlik, siyosiy kurs yoki algoritmning yangi yo’nalishlarini yaratishga boshchilik qiladi; c)butun korxona yoki tashkilotning biror bo’limi kelgusidagi faoliyat yo’nalishini tanlashga ta’sir ko’rsatish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanadi; d)tashkiliy o’zgarishlar vaqtida xodimlarning, endi qanday yo’l to’tishlariga to’g’ri kelishini aniq va ravshan tushunishlariga yordam beradi; e)tanaffuslar (muloqot, o’qitish, trening)ni boshqarish bilan bog’liq faoliyatning turli tuman bo’lishini qo’llab-quvvatlaydi va tatbiq etadi; f)o’zgarishlarni ketma-ket tatbiq etishni rejalashtirish va boshqarish uchun aniq tuzilma va jarayonlarni o’rnatadi; g)sezilarli o’zgarishlar bilan bog’liq xavotirlarni yengishda alohida xodim yoki guruhdan o’z yordamini ayamaydi; h)komanda yoki guruhga ijodiy fikrlash va muammolarni yechish jarayonida yangicha uslub, tuzilma, tizim va yondashuvlarni tatbiq etishda yordamlashadi.
a)o’z menejeri bilan birgalikda konkret, haqqoniy, ammo murakkab maqsadlarni oldiga qo’yadi va unga erishish reja (grafigi)ni ishlab chiqadi; b)menejeri bilan birgalikda undan nima kutilayotgani va bunga qanday erishish mumkinligini aniqlashtirib oladi; c)ishni samarali bajarish uchun kerak bo’ladigan ta’lim, axborot va resurslar doir yangi ma’lumotlarga ega bo’lishda o’z menejerining yordamiga tayanadi; d)ishni samarali bajarish uchun kerak bo’ladigan ta’lim, axborot va resurslar kabi ma’lumotlar bilan menejerini o’z vaqtida ta’minlab boradi; e)ish jarayonida birga ishlaydigan hamkasblaridan ham, menejeridan ham bir xildagi munosabatni ko’tadi; f)aniq maqsadlar va ularga erishish muddatlarini o’z ichiga olgan kasbiy o’sish (karyerogramma)ning shaxsiy rejasini tuzib chiqadi; g)ayni paytdagi yoki kelajakdagi ishning samarali bajarilishi uchun zaruriy kasbiy sifat (ZKS)lar darajasini sezilarli oshirishni yo’lga qo’yadi. Menejerning xulq-atvori. Menejer: a)ishchilarning aniq maqsad va mas’uliyatga ega ekanliklarini tekshirib turadi; b)qo’l ostidagilar bilan birgalikda mehnat sifatining konkret o’lchamlarini kelishib oladi va o’rnatadi; c)ishchilarning maqsadga erishishga harakat qilishlarini qo’llab-quvvatlaydi; d)chizmaiy va nochizmaiy usullar yordamida o’z ishchilari faoliyatidagi o’zgarishlar haqida doimiy xabardor bo’lib turadi; e)ishning ma’lum bosqichi tugashi bilan, uning bajarilishi bo’yicha ijobiy yoki tuzatuvchi fikrlar kiritadi; f)mehnat sifati bilan bog’liq muammolar yuzaga kelgan sharoitlarda tez va aniq qarorlar qabul qiladi hamda xodimlarga ulardan qachon va qanday natija kutilayotganini xabar beradi.
a) yuzagakelishimumkinbo’lganmuammolarniko’zdanqochirmaydivaularniyechishbo’yichabirnecharejalarnioldindantuzibchiqadi; b)bozordagivasanoatdagitendensiyanihisobgaolganholda, rejalarnishundaytuzadiki, uchrashimumkinbo’lganmuammolarvaimkoniyatlarninghechbirinie’tibordanqochirmaydi; c) vaziyatningnatijasinioldindansezadivategishlirejalartuzibboradi; d)alohidashaxslaryokiguruhlarningvaziyatyokiaxborotgabo’lganjavobreaksiyasininazardato’tadivategishlirejalarishlabchiqadi.
a)bir-birigaaloqadorbo’lmagan, mutlaqoturlichavaziyatlaro’rtasidagibog’liqliknitopaoladi; b)murakkabvaziyatdaasosiymuammolarniajratiboladi; c)vaziyatningtizimliko’rinishiniaksettiradigandiagrammavagrafiklarnituzadi; d)vaziyatni tushuntirib berishda anologiya va metaforalardan foydalanadi; e)konkret vaziyatni tushuntirishda kerakli nazariyalarni o’z vaqtida qo’llaydi. 6)Yangiliklarni madaniylashtirish– rahbardagi yangi, mukammal uslub, tovar, algoritm yoki texnologiyalarning ishlab chiqarilishi va kirib kelishiga homiylik qilish va qo’llab-quvvatlash qobiliyati. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: a) yangi tovar yoki xizmat turini mustaqil ishlab chiqadi; b)yangi uslub yoki yondashuvni mustaqil ishlab chiqadi; c) yangi tovar, xizmat, uslub yoki algoritmni ishlab chiqarishga tatbiq etadi; d) yangi yondashuv, uslub va texnologiyalarni taklif qiladi; e) tovarni tez, yaxshi va kam xarajatli ishlab chiqarish usulini yaratadi; f) yangiliklar yaratish uchun hamkasblar bilan tinimsiz ish olib boradi. 7)Natijani mo’ljalga olish– rahbarning o’zi yoki komandasi ishidan kutilayotgan natijaga butun e’tiborini qaratishi, murakkab, lekin erishsa bo’ladigan maqsadlarni oldiga qo’yishi, butun kuchini shunga sarflash, maqsadga va hatto undan ortig’iga erishish xususiyati.
a) qiyin, ammo erishsa bo’ladigan maqsadlarni oldiga qo’yadi; b) konferensiya va loyihalar uchun maqsadni aniq ishlab chiqadi; c) har qanday qiyinchilikda ham ishonchni yo’qotmaydi; d) erishilganlarni tahlil qilish hamda o’lchash uchun usullar qidiradi va topadi; e) maqsadga erishish uchun uzluksiz va izchil chora-tadbirlarni taklif etadi; f) ishni tugallash va muammoni hal etish uchun tish-tirnog’i bilan harakat qiladi. 8)Moslashuvchan, qayishqoq bo’lish– bu rahbardagi ishning yangicha usullariga moslashuvchanlik, o’zining sevimli ishlash uslubini zamonaviylashtirishga tayyor turish xususiyati.
a) nafaqato’zishiga, balkio’zgahamkasblariishigahammunosibbo’ladi; b) tashkilotning yangi tuzilma, usul va texnologiyalarga xayrixohligini bildiradi; c) dastlabki strategiya muvaffaqiyatsiz chiqsa, boshqasini tanlay oladi; d)qarama-qarshi vaziyat to’g’ri ekanligiga dalillar yetarli bo’lsa, oldingi holatdan osonlikcha voz kecha oladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa qiladigan bo’lsak, barcha turdagi kompetensiyalar boshqaruv sohasini rivojlantirish bilan bir qatoda rahbar faoliyatini samaradorligini belgilab beradi. Psixologiya fanida, xususan, uning “Boshqaruv psixologiyasi” sohasida oxirgi paytlardabarcha turdagi kompetensiyalar aloida ajratilib ko’rsatilmoqda va har bir turdagi kompetensiya o’ziga xos xususiyat kasb etadi. 1. 2 Download 290.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling