Avvalo birinchi grammatik qoidalarni undan so’ng qiladigan xatolarni ko’rib chiqing bu sizni kelasida qilinadigan har qanday xatolardan saqlab qoladi. Uni tugatib test yechish sirlarini yaxshilab o’rganib chiqing


Wrong: She has returned back to school Right


Download 4.01 Mb.
bet203/290
Sana17.10.2023
Hajmi4.01 Mb.
#1707098
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   290
Bog'liq
Secrets of Grammar kodi pdf

Wrong: She has returned back to school
Right: She has returned to school
Back so’zini return fe’li bilan ishlatmang , sababi return so’zi to came back ya’ni qaytib kelmoq degan ma’no beradi. Shu uchun return fe’li bilan back so’zini ishlatish shartmas.

262.

Begin o’rniga begin from shaklida ishlatish

Wrong: Exams begin from Tuesday Right:Exams begin on Tuesday

263.

Consider o’rniga consider as shaklida ishlatish

Wrong: Akmal considers me as his best friend
Right: Akmal considers me his best friend
Consider so’zidan so’ng “as” ni ishlatmang. Lekin regard so’zi bilan as ishlatishingiz mumkin. He regards me as his best friend

264.

To o’rniga for to shaklida ishlatish

Wrong: I came here for to learn English Right: I came here to learn English

265.

Where o’rniga from where ni ishlatish

Wrong: From where can I buy a good watch?
Right: Where can I buy a good watch ?
Where – qayerda, qayerdan degan ma’no beradi
From where – qayerlik, qayerdan(ya’ni asl kelib chiqishi qayerdanligini bildiradi)
Eslatma:
Where can I buy a good watch ? – Qayerdan yaxshi soat sotib olsam bo’ladi?(Qaysi joydan, qayerdan degan ma’no beradi)
From where do tourists come – Turistlar qayerlik?(qayerga mansub ekanligi nazarda tutilmoqda)

266.

etc. o’rniga and etc. shaklida ishlatilinishi

Wrong: I, you, we, and etc. are pronouns
Right: I, you, we etc. are pronouns
Etc. so’zi et cetera so’zining qisqartma shakli hisoblanadi. Bu fraza Lotin tilidan kirib kelgan va and other things. Ya’ni va boshqalar, va hakazo so’zlariga to’gri keladi
Ingliz tili o’rganuvchilariga essay(insho ) yozishda etc. so’zini foydalanishdan qochish maslahat berladi, aksincha etc. o’rniga and other things. yoki and so on jumlalaridan foydalanish tavsiya qilinadi

267.

So…that o’rniga so…so that shaklida ishlatish

Wrong: I’m so tired so that I can’t go
Right:I’m so tired that I can’t go
Qachonki so va such so’zlari natija ergash gap bilan to’ldirilsa, natija ergash gap that bilan beriladi, so that bilan emas, Masalan: I’m so tired that I can’t go – Men juda charchaganim sababli borolmayman. Buyerda I can’t go gapi so that bilan emas that orqali bog’lanmoqda.

268.

From now on o’rniga from now and on shaklida ishlatish

Wrong: From, now and on I’ll study hard
Right: From now on I’ll study hard
From now and on frazasi xato. From now on shaklida ayting. From now on – hozirdan boshlab, shundan buyon degan ma’no beradi.

269.

Although/though o’rniga although/though….yet shaklida ishlatish

Wrong: Although it’s raining, yet he’ll go
Right: Although it’s raining, he’ll go
Although(though) bog’lovchilari ergash gaplarni bog’laydi shu sababli, Gapda ikkinchi bog’lovchi yet yoki still shart emas… Tepda ko’rsatilgandek although….yet shaklida jumla tuzmang.

270.

Go home o’rniga go to home shaklida ishlatish

Wrong: When school is over I go to home
Right: When school is over I go home
I go to home jumlasi xato.. Home so’zi to predlogini olmaydi va go home shaklida ishlatiladi
Ravishlarni xato joylashtirish

271.

Aniq zamon ravishlarini gapda o’rnini xato joylashtirish

Wrong: I last night went to the cinema
Right: I went to the cinema last night
Payt ravishlar yoki paytni bildiruvchi jumlalar masalan: yesterday, today, tomorrow, last week, two months ago, odatda gapning oxiriga qo’yiladi. Agarda siz vaqtga urg’u bermoqchi bo’lsangiz, vaqtni bildiruvchi so’zni gapning boshida qo’llashingiz mumkin. Yesterday I was very busy. Gapning boshi yoki asosan gapning oxirida qo’llanadi gapning o’rtasiga payt ravishini qo’ymang
Eslatma: Agar gapda bir nechta vaqtni bildiradigan so’zlar kelsa, vaqtni aniqroq ifodalayotgan so’zni vaqtni umumiyroq bildirayotgan so’zdan oldinga qo’ying. He was born at two o’clock in the morning on April 12 1942.

272.

Noaniq zamon ravishlarini gapda o’rnini xato joylashtirish

Wrong: They come always to school by bus.
Right: They always come to school by bus.
Noaniq zamon ravishlarialways, often, seldom, ever, never, just already, yet, usually, generally, sometimes, still, soon, va boshqalar fe’ldan oldin ishlatiladi. He always comes early.
Lekin yuqoridagi ravishlar to be fe’lidan keyin ishlatiladi. He is always here at five o’clock.
Agarda gapda qo’shma fe’l ishlatilgan bo’lsa, yuqoridagi ravishlar yordamchi fe’l bilan asosiy fe’lning o’rtasida ishlatiladi. She is always coming to class late

273.

Payt ravishi bilan o’rin ravishi birga kelganda

Wrong: The builders will be tomorrow here
Right: The builders will be here tomorrow
Agar gapda payt ravishi bilan o’rin ravishi birga kelsa, o’rin ravishi payt ravishidan oldin keladi.

274.

Enough ravishini gapdagi o’rnini xato joylashtirish

Wrong: Is the room enough large for you?
Right: Is the room large enough for you?
Enough ravishi uzbek tiliga yetarli deb tarjima qilinadi va nimanidir yetarli miqdorda ekanligini bildiradi.
Enough so’zi sifat va ravishlar bilan kelsa, ulardan keyin ishlatilinadi: cold enough, well enough
Enough so’zi ot bilan kelsa, otning oldidan ishlatilinadi: enough food,

275.

Not inkor yuklamasini qo’shma fe’llar bilan o’rnini xato joylashtirish

Wrong: I should have not gone..
Right: I should not have gone
Not inkor yuklamasi qo’shma fe’llarda doim birinchi yordamchi fe’ldan keyin keladi. I have not been buyerda ham have yordamchi fe’li birinchi yordamchi fe’l shu sababli havedan keyin not qo’yamiz, beendan keyin emas.
Eslatma: Present va perfect participle(sifatdosh) bilan, not inkor yuklamasini ularning oldidan ishlating.
Not having set the alarm, he was late for the work – Budilnikni o’rnatmagani uchun ishga kechikdi

276.

Not inkor yuklamasni infinitive bilan o’rnini xato joylashtirish

Wrong: I told Liz to not come on Monday
Right: I told Liz not to come on Monday
Negativ infinitivda not yuklamasni to so’zidan oldin keladi, keyin emas

277.

Gapda eganing o’rnini noto’gri qo’llash

Wrong: Last week visited our school a man
Right: A man visited our school last week
Ingliz tilida ega gapda birinchi bo’lib keladi undan keyin fe’l undan keyin to’ldiruvchi va boshqa bo’laklar keladi.

278.

So’roq gaplarda eganing o’rnini noto’g’ri qo’llash

Wrong: You were at the cinema yesterday?
Right: Were you at the cinema yesterday?
So’roq gaplarda egani doim yordamchi fe’ldan keyin joylashtiring. So’roq gaplarda birinchi yordamchi fe’l keyin ega keladi.

279.

Maxsus so’roq so’zlar bilan boshlangan so’roq gaplarda eganing o’rnini noto’g’ri qollash

Wrong: Why you were absent last Friday?
Right: Why were you absent last Friday?
Maxsus so’roq so’zlar : where, why, when, what, how, so’roq gaplarda doim gapning boshida keladi. Maxsus so’roq so’zlardan keyin yordamchi fe’l undan keyin esa ega keladi.

280.

Inkor so’zlar bilan boshlangan gaplarda eganing o’rnini noto’g’ri qo’llash

Wrong: Never I have heard of such a thing.
Right: Never have I heard of such a thing.
Qachonki never, seldom, rarely, neither, not only, no sooner, scarcely, hardly so’zlari gapning boshida kelsa, bu so’zlardan keyin yordamchi fe’l undan keyin ega keladi. Gap huddi so’roq gap shaklidek yasaladi ammo gap so’roq gap emas inkor gap hisoblanadi.

Download 4.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling