Right:it’s now too hot to play football.
Very so’zi oddiy tarizda sifat va ravishni kuchaytiradi. O’zbek tiliga juda degan ma’no beradi. Too so’zi ham very bilan bir xil tarjima qilnadi ammo too yetarlidan ortiq, judayam, degan salbiy ma’no beradi. Too so’zi har doim nimaningdir salbiy tarzda ortiqcha ekanligini bildiradi va har doim gapga salbiy ma’no beradi. A: It is very hot.
B: It is too hot.
A oddiy darak gap hisoblanadi. Bunda shunchaki issiq ekanligi aytilgan.
Ammo B gapda esa qiyinchilik, noqulaylik, yomon sharoit ma’nosi bor. Balki bu gapdagi holatda kimdir o’zini yomon his qilayotgandir, yoki kimgadir bu issiqlik yoqmayotgandir.
-
Wrong: He’s very stronger than I am
Right: He’s much stronger than I am
Qiyosiy darajadagi sifatni oldidan much so’zi ma’no kuchaytirish uchun ishlatiladi, very emas. Much o’rnidan ma’no kuchaytirish uchun even,, a lot, far, a bit, a little, slightly kelishi mumkin.
-
Wrong: I saw your friend before two weeks
Right: I saw your friend two weeks ago
Ago o’tgan zamonda ishlatiladi va o’tgan zamondagi biror vaqtni gapirish paytidan boshlab sanashda ishlatiladi. Masalan two days ago dedingizmi gapirlayotgan paytdan boshlab ikki kun orqaga sanaldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |