Before perfect zamonlarda ishlatiladi va “hozirdan oldin har qanday paytda” yoki “o’shanda” degan ma’no beradi. I have seen her before. – Men uni ilgar(oldin) ko’rganman. Buyerda before so’zi aniq payt emas hozirdan oldin qaysidir paytda yoki o’shanda ya’ni oldin degan ma’no bermoqda. Ago esa hozirdan oldin aniq vaqtni bildiradi two days ago- ikki kun oldin aniq ikki kun oldin.
Eslatma : ago doim past simple ishlatiladi
-
Wrong: He works hardly
Right: He works hard
Hard- qattiq degan ma’no beradi. Hardly esa zo’rga deb tarjima qilinadi va inkor ma’no beradi. Hardly inkor gaplarda va inkor ma’noli so’zlar bilan ishlatilmaydi.
-
340.
|
Presently o’rnida Just now ishlatilinishi
|
Wrong: The messenger will arrive just now
Right: The messenger will arrive presently
Presently – hozir deb tarjima qilinadi. Biz yaqin va yaqin kelajakdagi vaqt haqida gapirsak, biz presently, immediately, in a minute yoki soon so’zlarini ishlatamiz. Sizda savol bo’lishi mumkin. O’zi hozir degan so’z bo’lsayu qanday qilib kelasi zamoni bildiradi deb, lekin kimdir sizni chaqirsa hozir chiqaman deb aytasizku. Buyerdagi hozir kelasi zamondagi yaqin vaqtni yoki tezda degan ma’no beradi.
Just now o’tgan zamonni bildiradi, kelasi zamoni emas. Just now – hozirgina (ozgina vaqt oldin) deb tajima qilinadi. He left just now – U hozirgina(hozir) ketti
-
341.
|
At present o’rniga presently ishlatilishi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |