Ega+have/has+to infinitive.
I have to wear glasses for reading.- Men o'qish uchun ko'zoynak taqishim kerak/taqishimga to’gri keladi.
Have to bo‘lishsiz shaklini yasash uchun bizga hozirgi zamon uchun do/does o’tgan zamon uchun did yordamchi fe’li kerak bo’ladi. Biz do/does yoki did yordamchi fe’lidan keyin not inkor yuklamasini qo’yamiz undan so’ng have to + fe’lning oddiy shaklini ishlatamiz. He she it ga biz does ishlatamiz. O’zbek tilida have toning inkor shakli shi shart emas so’zlariga to’g’ri keladi. O’qishim shart emas, yozishim shart emas, borishi shart emas. kelishimiz shart emas. O’tgan zamondagi shakli esa shi shart emas edi, shi majbur emas edi ba’zan shiga to’gri kelmadi so’zlariga to’gri keladi.
I don't have to work at weekends.- Dam olish kunlari ishlashim shart emas.
John doesn't have to do any work at home.- Jon uyda hech qanday ish qilishi shart emas
They didn’t have to go there – Ular uyerga borishga to’g’ri kelmadi I didn't have to study yesterday. - Kecha o'qishim shart emas edi.
Ega+do/does/did+ not+have + to infinitive.
Karen doesn't have to work Saturdays - Karen shanba kunlari ishlashi shart emas.
Have to so’roq shaklini yasash uchun bizga hozirgi zamon uchun do/does o’tgan zamon uchun did yordamchi fe’li kerak bo’ladi. Biz do/does yoki did yordamchi fe’lini egadan oldinga chiqaramiz. He she it ga biz does ishlatamiz. O’zbek tilida have toning so’roq shakli shi shartmi? yoki shi kerakmi?so’zlariga to’g’ri keladi. O’qishim shartmi?, yozishim kerakmi?, borishi shartmi?. kelishimiz shartmi?. O’tgan zamondagi shakli esa shiga to’g’ri keldimi?
ba’zan shi kerak edimi? so’zlariga to’gri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |