Uchinchi usul - bu YaMM (YaIM)ni daromadlar bo‘yicha hisoblash.
Mazkur yilda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot hajminidan olingan barcha daromadlar uy ho‘jaliklariga ish haqi, renta to‘lovlari, foiz va foida shaklida kelib tushadi. Shu sababli bu usulda YaMM (YaIM) pirovard mahsulot hajmidan olingan barcha daromadlarni qo‘shib chiqish orqali aniqlanadi.
YaMM (YaIM)ni daromadlar bo‘yicha hisoblash uy ho‘jaliklari, korxona va davlat muassasalarining dastlabki, ya`ni ham taqsimlangan daromadlarini mexnat haqi va yalpi foyda (renta, ssuda va bank fondi, tadbirkorlik foydasi va h.k.) ajratish mumkin. YaMM (YaIM)ni mazkur usul bo‘yicha hisoblashda daromadlarning barcha toifasiga mablag‘larni taqsimlashning daromad to‘plash bilan bog‘liq bo‘lmagan ikki turi; iste`mol qilingan kapital ajratmalar (amortizasiya ajratmasi) va biznesga egri soliqlar ham qo‘shiladi.
Agar YaMMni hisoblashning oxirgi ikki usulni oddiy tenglik shaklida tasvirlasak:
Mazkur yilda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotib olishga sarflar hajmi Mazkur yilda ishlab chiqarilgan
maxsulotdan olingan pul daromadi.
Maxsulotni ishlab chiqarishga nima sarflangan bo‘lsa, bu mazkur maxsulotni ishlab chiqarish va o‘zining inson va material resurslarini bozorda sotishga qo‘yganlari uchun daromad hisoblanadi.
YaMMni hisoblashga sarflar
va daromadlar bo’yicha yondashuv.
Ishlab chiqarish hajmini sarflash
summasi bo‘yicha hisoblash
|
Ishlab chiqarish hajmini sarflash
summasi bo‘yicha hisoblash
|
1. Uy ho‘jaliklarining iste‘molchilik sarflari
+
|
1. Ui ho‘jaliklarining iste`molchilik sarflari
+
1. Daromad to‘lash bilan bog‘liq bo‘lmagan sarf va to‘lovlar
|
|
a) amortizasiya, b)egri soliqlar
+
|
2. Biznesning investision sarflari
+
|
2. Ish haqi
+
|
3. Tovar va hizmatlarni davlat harid qilish
+
|
3. Renta to‘lovlari
+
|
4. Chet elliklar sarfi
+
|
4. Foiz
+
|
5. Notijorat muassalarni sarfi
+
|
5. Foyda
|
6. Moddiy aylanma vositalar
zahirasidagi o‘zgarishlar
|
|
YaMM (YaIM)
|
YaMM (YaIM)
|
O‘zbekistonda 1993 yil YaIM daromadlar bo‘yicha 5092,2 mlrd. So‘mlik tashkil qilgan.
Shu jumladan:
Do'stlaringiz bilan baham: |