Axborot boshqarish tizimlarini instrumental vositalari


Elektrik datchiklar, ularning turlari va ishlash tamoyillari


Download 1.33 Mb.
bet3/4
Sana11.03.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1261142
1   2   3   4
Bog'liq
1-taqdimot

Elektrik datchiklar, ularning turlari va ishlash tamoyillari
О‘lchov о‘zgartgichi yoki datchik har qanday avtomatik boshqarish sistemasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bо‘lib, nazorat qilinayotgan parametrni qabul qilish va uni о‘lchash hamda sistemaning keyingi elementiga uzatish uchun oson bо‘lgan boshqa parametrga о‘zgartirishga xizmat qiladi.
Har qanday fizik tabiatga ega bо‘lgan, nazorat qilinayotgan parametr datchiklar yordamida chiqishda mexanik yoki elektrik parametrlarga aylantirilishi mumkin. Elektr chiqishli datchiklar mexanik datchiklarga nisbatan, masofadan turib о‘lchash, chiqish signalini kuchaytirish va undan boshqarishda foydalnish osonligi, kam xatoga yо‘l kо‘yishligi kabi afzalliklarga ega. Shuning uchun ushbu datchiklar kо‘proq qо‘llanishga ega.
Eng kо‘p tarqalgan parametrik datchiklar:
  • reostatli (rezistorli) – bularda nazorat qilinayotgan parametr (masalan siljish) aktiv qarshilik о‘zgarishiga aylantiriladi;
  • termoqarshilik datchiklari (qarshilik termometrlari) - harorat о‘zgarishini elektr о‘tkazgich (sim) yoki yarim о‘tkazgich qarshiligining о‘zgarishiga aylantirib beradi;
  • tenzometrik (simli) datchiklar – mexanik deformatsiyani sim yoki yarim о‘tkazgich qarshiligining о‘zgarishiga aylantiradi;
  • induktiv datchiklarning ish prinsipi pо‘lat yakor siljiganda simli g‘altakning induktiv qarshiligi о‘zgarishiga asoslangan;
  • sig‘im datchiklarining ish prinsipi siljishlar sodir bо‘lganda reostat sig‘imining о‘zgarishiga asoslagagn;
  • fotoelektrik (fotorezistor) datchiklarning ish prinsipi yorug‘lik oqimi ta’sirida ularning elektr о‘tkazuvchanligining keskin о‘zgarishiga asoslangan.

Potentsiometrik, tenzometrik, sig‘imli datchiklar
Pаtеntsiоmеtrik dаtchiklаr mеxаnikаviy siljishlаrni elеktr kаttаliklаrigа аylаntirib bеrishi uchun xizmаt qilаdi. Dаtchikning аsоsiy qismi rеоstаt bo’lib, uning qаrshiligi surgich siljishidа o’zgаrаdi. Bunday turdagi datchiklarning ish prinsipi nazorat qilinayotgan kattalikning ta’sirida uning aktiv qarshiligi o’zgarilishiga asoslangan bo’ladi. Potensiometrik datchiklarda nazorat qilinayotgan harakat sezgir elementga uzatilib uning qarshiligi hisobiga o’zgaruvchan yoki o’zgarmas kuchlanishga aylantiriladi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling