Identifikator – bu dasturchi tomonidan kiritiladigan dastur elementlari (funktsiya, oʼzgaruvchilar, oʼzgarmaslar …) uchun ixtiyoriy nom. Identifikator tanlanganda quyidagilarga ahamiyat berish kerak: Identifikator lotin harflaridan boshlanishi shart; Ikkinchi simvoldan boshlab raqamlardan foydalanish mumkin; C++ da katta kichik harflar farq qiladi. Yaʼni quyidagilarning har biri alohida identifikator hisoblanadi: KATTA, katta, KaTTa, kAttA, KattA, … Probel C++ da soʼzlarni ajratish uchun ishlatiladi. Shuning uchun identifikatorda probeldan foydalanib boʼlmaydi. Xizmatchi (int, float, for, while kabi) soʼzlardan identifikator sifatida foydalanib boʼlmaydi?
C ++ STANDART KUTUBXONASI
C++ dasturlash tilida C ++ standart kutubxonasi bu asosiytilda va C ++ ISO standartining bir qismida yozilgan sinflar va funksiyalar to'plamidir. C ++ dasturlash tilida dastur yozishdan oldin birinchi navbatda kerakli kutubxonani ulash zarur bo'dadi. Sababi ushbu dasturlash tilining o'zagi uning kutubxonasi hisoblanadi. C standart kutubxonasining har bir sarlavhasi C ++ standart kutubxonasiga boshqa nom ostida kiritilgan. Ushbu sarlavhalar va an'anaviy C standart kutubxona sarlavhalari o'rtasidagi farq shundaki, funksiyalar imkon qadar std:: namespace ichiga joylashtirilishi kerak.
C++ dasturlash tilida eng koʼp ishlatiladigan kutubxonalar XULOSA
Men bu mustaqil ishimni tayorlash jarayonida shularni o’rgandimki:
C++ (talaffuzi: si plyus plyus) — turli maqsadlar uchun moʻljallangan dasturlash tili. 1979-yili Bell Labsda Biyarne Stroustrup tomonidan C dasturlash tilining imkoniyatlarini kengaytirish va OOP(object Oriented Programming) xususiyatini kiritish maqsadida ishlab chiqarilgan ekan. Boshida „C with Classes“ deb atalgan, 1983-yili hozirgi nom bilan yaʼni C++ deb oʻzgartirilgan. C++ C da yozilgan dasturlarni kompilyatsiya qila oladi, ammo C kompilyatori bu xususiyatga ega emas. C++ tili operatsiyon tizimlarga aloqador qisimlarni, klient-server dasturlarni, EHM oʻyinlarini, kundalik ehtiyojda qoʻllaniladigan dasturlarni va shu kabi turli maqsadlarda ishlatiladigan dasturlarni ishlab chiqarishda qoʻllanilar ekan.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |