Axborot egasi uning maxfiyligini saqlashga doir choralar ko‘rgan hollarda himoya etadi


“Da’vo muddati shaxs o‘zining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan o‘ta boshlaydi”


Download 17.53 Kb.
bet3/3
Sana02.01.2022
Hajmi17.53 Kb.
#191875
1   2   3
Bog'liq
2-blok javob

“Da’vo muddati shaxs o‘zining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan o‘ta boshlaydi”. Bu vaziyatda Mamedov huquqi 2017-yil 16-iyuldan 3 kun o’tgandan keyin buzilgan. Chunki Mamedov qarzni 2016-yil 1-noyabrda bergani bilan Xodjayev 2017-yil iyul oyigacha qarzni qaytarishni vada qilib kelgan. Va Mamedovning qattiq talabidan keyin Xodjayev qarzi o’rniga “Artel” muzlatgichini berishini hamda bu muzlatgichni 3 kun muddatda yetkazib berish majburiyatini oladi, lekin majburiyatini bajarmay shahardan ketib qoladi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 157-moddasiga binoan “Da’vo muddatining o‘tishi belgilangan tartibda da’vo qo‘zg‘atilishi bilan, shuningdek majbur shaxs qarzni tan olganligini ko‘rsatuvchi harakatlarni qilishi bilan uziladi.

Uzilishdan keyin da’vo muddatining o‘tishi yangidan boshlanadi, uzilishgacha o‘tgan vaqt esa — yangi muddatga qo‘shilmaydi”.

Bundan tashqari  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13-bandida Fuqarolik kodeksining 157-moddasiga ko‘ra da’vo muddatining o‘tishi belgilangan tartibda da’vo qo‘zg‘atilishi bilan, shuningdek majbur shaxs qarzni tan olganligini ko‘rsatuvchi harakatlarni qilishi bilan uziladi. Uzilishdan keyin da’vo muddatining o‘tishi yangidan boshlanadi, uzilishgacha o‘tgan vaqt esa yangi muddatga qo‘shilmaydi.

Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, 2017-yil iyul oyigacha da’vo muddati uzilishi hisoblanadi, chunki shu vaqtgacha Xodjayev qarzdorligigi tan olib kelgan hamda 2017-yil 16-iyulga kelib qarzini muzlatgich evaziga uzishni va’da qiladi. Lekin o’z majburiyatini bajarmaydi shundan keyin da’vo muddati hisoblash boshlanadi. Qisqacha qilib aytsam Mamedovni hali 2020-yil iyul oyigacha da’vo qilsa bo’ladi.

3-masala

Fuqaro Pulatov N., otasidan meros boʻlib qolgan qimmatbaxo maxsus (texnik) kutubxonani qabul kilib sotib yuborishga qaror kildi. U xaridorni topdi, xoxlagan narxni belgiladi, kelishganidan soʻng esa, bitim amalga oshirildi.

Bir necha oylardan soʻng Pulatov N. bexosta bukinistik magazinda kitoblar baxolovchi sifatida ishlovchi urtogi bilan kurishib koldi. Va u sotgan kutubxona suralgan narxdan ikki barovar qimmat turishini bildi.

Pulatov sudga oldi-sotdi shartnomani bekor kilish toʻgʻrisida daʼvo bilan murojaat kildi chunki uning taʼkidlashicha u chalkib xarakt kilganini taʼkidlab utdi.

Sud kanday qarorga chiqarishi mumkin?

Avvalo bu vaziyatda, Ushbu holatda fuqaro Polatov N ning oldi-sotdi shartnomasini bekor qilish to’g’risida sudga qilgan da’vosi qanoatlantiriladimi? Degan savolga javob berishimiz kerak.



 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 17-bandida keltirilganki, “Oldi-sotdi shartnomasi uning ishtirokchilari uchun o‘zaro huquq va majburiyatlarni vujudga keltirishi bois mazkur shartnomaning haqiqiyligini qonunda belgilangan asoslar bo‘yicha faqatgina shartnoma ishtirokchilari hamda shartnoma obyektining mulkdorlari nizolashishga haqlidirlar. Shartnomaning haqiqiyligi manfaatdor shaxs tomonidan oldi-sotdi shartnomasida kelishilgan summaning u tomonidan to‘langanligi asosi bo‘yicha nizolashilayotganda, bu holat oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘la olmaydi”.

Bu vaziyatda Po’latov N ning da’vosi qanoatlantirilmaydi. Chunki xaridorni topdi, xoxlagan narxni belgiladi, kelishganidan soʻng esa, bitim amalga oshirildi.
Download 17.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling