Axborot haqida tushuncha
-Mavzu: Ma’lumotlar ombori (MO)
Download 3.46 Mb.
|
Axborot haqida tushuncha (1)
|
Familiyasi |
Ismi |
Bo‘yi (sm) |
Og‘irligi (kg) |
Ko‘zining rangi |
Saidova |
Shaxlo |
168 |
74 |
Jigar rang |
Qodirov |
Dilshod |
185 |
79 |
Ko‘k |
Halimova |
Mashraboy |
170 |
70 |
Qora |
Iskandarov |
Rustam |
186 |
80 |
Yashil |
Kompyuterdan aksariyat hollarda matnli fayllar (turli xat, referat, shehr va h.k.) ni yaratishda foydalaniladi. Foydalanuvchining tajribasi oshib borgan sari u matnli fayllar o‘rnida turli shakldagi va berilgan vazifalarni bajaruvchi fayllardan foydalana boshlaydi. Masalan, matn fayl ichida turli xil sonli, belgili ma’lumotlarni kiritish orqali jadvalli, kartotekali, videotekali, tashkilotlar manzili, kasallik varaqalari, telefon nomerlari va boshqa ma’lumotlarni jamlovchi ombor sifatida foydalanishi mumkin. Bunday omborlarda axborotni tasvirlash va joylashtirishni foydalanuvchining o‘zi belgilaydi.
Matnli fayllarda axborotni joylashtirishning bir variantini aniq misol tariqasida ko‘rib chiqaylik. Masalan, O‘zbekistonda tug‘ilgan va fundamental fanlar (fizika, matematika, biologiya, kimyo va h.k.) sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan yirik mutaxassislarning «Fanlar ekspertlari ombori» deb nomlanadigan kartotekasini (matnli fayllarda) yaratish mumkin. Bunday kartotekalardan foydalanish ancha qulay.
Har bir olim (ombor atamasida — ekspert) 30 ta banddan iborat maxsus anketani to‘ldiradi. Har bir bandga shartli ravishda ikkilik kodi beriladi. Masalan, NA— ekspertning familiyasi, ismi va sharifi, DA—uy manzili, ED— ma’lumoti, FTP— chet elga xizmat safariga borganligi va boshqa kodlashlar ma’lum ma’lumotlarni bildirsin.
Operator har bir anketani matnli faylga kiritadi.
Masalan:
NA — Saxobov Anvar To‘ychievich.
DA — 700019, Toshkent sh., G‘.G‘ulomov ko‘chasi, 34, 26 uy.
ED —- oliy.
FTP — 1998 yilda Angliyaga borgan.
Ba’zi bandlar matnli faylning bir necha satrida yoziladi va butun anketadagi satrlar soni o‘zgaruvchan bo‘ladi. Egallagan lavozimi, unvonlari, faoliyat ko‘rsatgan institutlari «ochiq» matnda kiritiladi va ularning nomlarini yozish ixtiyoriy ko‘rinishda bo‘ladi. Masalan: «laboratoriya mud» yoki «lab mud».
Tushunarliki, bunga o‘xshash ma’lumotlar omborlari ish jarayonida juda asqotadi: ularni o‘qish, nusxalash, o‘zgartirish, qog‘ozga chiqarish, biror bo‘lagini ajratib olish, hattoki oddiy axborotni izlash (NA, ED kabi) osongina bajarilishi mumkin. Ammo bunday omborlarning afzalliklari shu bilan tugaydi. So‘ngra uning kamchiliklari ketma-ket sanab o‘tiladi. Bir tomondan, yuqorida qayd qilingan ko‘rinishda axborotni kiritish juda murakkab va qiyin ish. Bir xil bandlarni ko‘p marotaba kiritishga to‘g‘ri keladi. Boshqa tomondan esa, fayllarga kirish oson bo‘lganligi sababli fayllarni saqlash paytida undagi ma’lumotlarning buzilishi (qisman uchib ketishi, o‘zgarishi)ga olib kelishi mumkin.
Eng asosiysi shundaki, ma’lumotlar omborini yaratishdan maqsad hosil qilingan ma’lumotlardan foydalanish qulayligidir. Birinchidan, turli alomatlariga ko‘ra axborotlarni tartiblash, ikkinchidan, ixtiyoriy belgilariga ko‘ra ajratib olish oson. Matnli fayllar esa ma’lumotlarni bunday tashkillashtirishni amalga oshira olmaydi.
Axborotlar tizimi vositasida qayta ishlash uchun jadval ko‘rinishidagi ma’lumotlar qulay hisoblanadi. Kompyuterning dasturiy ta’minotiga kiradigan dasturlar xotiradagi jadvallarni «taniydi». Kompyuter xotirasida jadval sifatida sakdanadigan fayllar, asosan, kengaytmasi dbf (Data Base File) bo‘lgan fayllardir. Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan olimlar haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi fayl ham dbf kengaytmali faylga misol bo‘ladi.
Download 3.46 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling