Axborot haqida tushuncha


Download 3.46 Mb.
bet32/41
Sana16.09.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1679581
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41
Bog'liq
Axborot haqida tushuncha (1)

Prezentatsiya(taqdimot) — yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Masalan: Prezentatsiya! — PowerPoint dasturi ochilganda, sarlavhalar qatorida paydo bo’lib, yaratilgan yoki yarati­layotgan taqdimotning ayni vaqtidagi nomi hisoblanadi. Bu nomni keyinchalik o’z xohishingizga ko’ra almashtirishingiz mumkin.
PowerPoint dasturini ishga tushirish. Bu dasturni ishga ushirishni WINDOWS ish stolidan boshlash zarur. Ish stolidagi quyidagi buyruqlarni bajarish orqali dastur ishga tushiriladi:


«Pusk» — «Programmы» — «Microsoft PowerPoint».1-rasm).

Eslatma: yuqoridagi buyruqlarni bajarish sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.
PowerPoint ishga tushirilganda ekranda 9.2-rasmda ko’rsatilgan taqdimot yaratish muloqat darchasini ko’rish mumkin.


Bu muloqot darchasi orqali taqdimot yaratish turini tanlab olish mumkin bo’ladi. 9.2-rasmda quyidagi 4 ta asosiy bo’lim berilgan, ularning har biri haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.

  • «Master avtosoderjaniya» (Avtomundarija ustasi) — ma’ruzachi ismi, familiyasi, mavzu nomi, taqdimot turi, uslubi, rangli chizmasini kiritib, bir necha slayddan iborat bo’lgan tayyor taqdimotni chiqaradi.

  • «Shablon prezentatsi» (Taqdimot qoliplari) — taqdimotni jihozlash turini tanlash va ularda ish olib borish imkonini beradi.

  • «Pustuyu prezentatsiyu» (Bo’sh taqdimotni) — mustaqil ravishda taqdimot tuzish imkonini beradi.

  • «Otkrыt’ prezentatsiyu» (Taqdimotlarni ochish) — kompyuter xotirasida va diskda mavjud bo’lgan ko’rgazmali fayllarni ochadi. Har bir foydalanuvchi dasturda ish olib borishi uchun yuqoridagi bo’limlardan birini o’z maqsadiga ko’ra tanlab oladi. Dastur ishini bo’sh taqdimotdan ham boshlash mumkin. Buning uchun sichqoncha ko’rsatkichi «Pustuyu prezenta­tsiyu» (Bo’sh taqdimotni) bo’limiga olib kelinadi va «OK»tugmasi bosiladi. Bunda quyidagi muloqot darchasi hosil bo’ladi (9.3-rasm).




Bu erda ko’rsatilgan har bir slaydni tanlab olish imkoniyati bor. Buning uchun yo’nalish tugmalari yoki sichqonchadan foydalanish mumkin.
Mulokrt darchasidan kerakli xolat, masalan: «Pustoy slayd» (Bo’sh slayd) ko’rinishi tanlanadi va «OK» tugmachasi bosiladi.

Bu amallar bajarilgandan so’ng PowerPoint dasturining asosiy oynasi hosil bo’ladi (9.4-rasm). U sarlavhalar qatori, gorizontal menyu, uskunalar paneli («standart», «bi- chimlash» va rasmlar bilan ishlash), rejim (xolat) tugmachalari (slaydlar rejimi, strukturalar rejimi, saralash rejimi, namoyishlar rejimi) va ishchi maydonni o’z ichiga oladi.






PowerPoint ekranining pastki chap burchagida ish re­jimi va uning turlarini boshqaruvchi tugmachalar (piktogrammalar) guruhi joylashgan.

Savol va topshirikdar



  1. PowerPoint qanday dastur hisoblanadi?

  2. Slayd nima? Unda nimalar joylashtiriladi?

  3. Prezentatsiya (taqdimot) deganda nimani tushunasiz? Undan qaerlarda foydalanish mumkin?

  4. PowerPoint dasturi qanday ishga tushiriladi?

  5. Taqdimot yaratishiing nechta turi bor? Ularni tavsiflab bering.

  6. Mustaqil ravishda taqdimot yaratishqa amalga oshiriladi?

Download 3.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling