Axborot haqida tushuncha


-Mavzu: Ma’lumotlarning turlari va tuzilishi


Download 3.46 Mb.
bet35/41
Sana16.09.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1679581
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41
Bog'liq
Axborot haqida tushuncha (1)

16-Mavzu: Ma’lumotlarning turlari va tuzilishi.


Reja:
1.Ma’lumotlar omborini turlari.
2. Ma’lumotlar omborini tuzilishi.
3.Ma’lumotlar omborinining imkoniyatlari.
4.Ma’lumotlarning turlari va tuzilishi.


Tayanch iboralar: Integrallashgan va paketli dasturlar, Ma‘lumotlarning turlari: belgili, sonli va mantiqiy, iyerarxik tizim, ma’lumotlarning iyerarxik tizim, ma’lumotlarning tarmoqli modeli va tizimi, ma’lumotlarning relyatsion ombori va modeli, ma’lumotlar omborini boshqarishning relyatsion tizimi.


Ma’lumotlarning turlari va tuzilishi
Kompyuterda qayta ishlanadigan ma’lumotlar o‘z ichiga kundalik turmushda ishlatiladigan barcha axborotlarni oladi. Albatta. turli kasb egalari o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma’lumotlar bilai ish yuritadi. Bunday ma’lumotlarning eng asosiylari sonli (raqamli) va belgili (matnli) axborotlar hisoblanadi. Odatda, har qanday axborot tizimini yaratish uchun bu ikki turdagi ma’lumki shakli yetarlidir, chunki foydalanuvchiga etkazilmoqchi bo‘lgan barcha axborot raqamlar yoki so‘zlardan iborat bo‘ladi. Shunday bo‘lsada, axborotlar tizimini yaratuvchilar yana ikkita ma’lumot turi — sanalar va mantiqiy o‘zgaruvchilardan xabardor bo‘lishi lozim.
Ma’lumotlarning turlarini ko‘rib chiqamiz.
Belgili ma’lumotlar. Har qanday belgili ma’lumotning qiymati ixtiyoriy uzunlikdagi alifbo — raqamli belgilar majmuidan iborat (masalan, «5», «Vatan», «10+25», ...). Ma’lumotlarni bunday ifodalash eng ko‘p tarqalgan. Belgili ma’lumotning qiymati «1055» ga teng bo‘lsa, mashina bu qiymatni osongina songa aylantirib olishi ham mumkin.
Ko‘pgina tizimlarda belgili ma’lumotning uzunligi 255 belgi bilan chegaralangan. Lekin ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi axborotlar tizimi yaratuvchilariga keng imkoniyatlar ochib bermoqda. Hozirgi paytda ikki o‘lchamli jadvallardan. Ba’zi tizimlarda belgili ma’lumot qiymati sifatida uzunligi 30 yoki 40 belgi bo‘lgan biror turdagi fayl nomini yozish imkoniyatlari mavjud.
Bu nom orqali ixtieriy uzunlikdagi ob’yektning biografiyasini o‘z ichiga olgan matnli fayl yoki ob’yektning fotosuratini ko‘rsatuvchi grafik fayl ochish mumkin.
Bundan tashqari, hozirgi zamon tizimlarida belgili ma’lumot sifatida ixtiyoriy tuzilish va uzunlikdagi (shu jumladan. tasvir va ovoz) ob’yektlar sakillanishi mumkin.
Sonli ma’lumotlar. Bunday turdagi ma’lumotlarga faqat sonlar misol bo‘ladi. Axborotlar tizimi foydalanuvchilari uchun bunday ma’lumotlar faqat o‘lchami (raqamlar soni) va uning aniqligi (nuqtadan keyingi raqamlar soni)ning ahamiyati katta.
Mantiqiy ma’lumotlar. Bu turdagi ma’lumotlar (Ba’zida bunday ma’lumotlar Bulg‘ qiymatlari deyiladi) bir-birini inkor qiluvchi TRUE (rost) «1» yoki FALSE (yolg‘on) «O» qiymatlarish qabul qiladi.
Ulardan tizimda ko‘zda tutilgan maqsadni amalga oshirish uchun biror ob’yektning holatini ko‘rsatishda foydalanish mumkin Masalan, «lampa yoniq» (TRUE) yoki «lampa o‘chirilgan» (FALSE) Mantiqiy ma’lumotlarning informatikadagi axamiyati beqiyos ekanligini informatika kursidan yaxshi bilasiz.
Oldingi mavzulardan birida o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni saklovchi telefon ma’lumotnomasi jadvali berilgan edi. Lekin kundalik hayotda ancha murakkab tuzilishga ega bo‘lgan ma’lumotlar ombori bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Berilgan axborotning mazmuni va undagi ma’lumotlarga ko‘ra ular turli ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin.
Ma’lumotlarni uch xil ko‘rinishda ifodalash mumkin: ierarxik (shajaraviy), tarmokdi va relyatsion (jadvalli).
Bu turlarning har birini alohida ko‘rib chiqamiz.
Ierarxik tizim jadvallardan tashkil topgan bo‘lib, unda axborotni izlash jarayoni oldindan berilgan tartibda «ko‘rib» chiqiladi. Ierarxik tizimda elementlarni joylashtirishda dasturlashgan tartib mavjud. Har bir guruxda biror element asosiy, qolganlari unga nisbatan ikkinchi darajali xususiyatga ega bo‘ladi. Kerakli elementni tanlash ma’lum ketma-ketlikda olib boriladi.
Ma’lumotlarning daraxtsimon joylashishiga ma’lumotlarning ierarxik modeli deyiladi.
Ma’lumotlarning ierarxik modeliga mos holda yaratilgan ma’lumotlar omboriga ma’lumotlarpipg ierarxik ombori deyiladi.
Ma’lumotlarning ierarxik tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishnipg ierarxik tizimi deyiladi.

Download 3.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling