Axborot haqida
Download 0.58 Mb.
|
Axborot tushunchasi, turlari, ahamiyati va ularni o’lchash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot tizimining apparat va dasturiy qismi Axborot va Kommunikaiya Axborot hajmi va uning o`lchash va tasvirlash
Mavzu: Axborot va uning turlari, xossalari uzatilishi, va ularni o’lchov birliklari Reja: Axborot tushunchasi. Axborot, uning ahamiyati va turlari Axborot texnologiyalari turlari Axborot tizimining apparat va dasturiy qismi Axborot va Kommunikaiya Axborot hajmi va uning o`lchash va tasvirlash Adabiyotlar ro’yxati Axborot tushunchasi. Axborot, uning ahamiyati va turlari Er yuzida jonli mavjudodlarning paydo bo’lishi bilan birgalikda ularning taraqqiyoti, xamda atrof muhit to’g’risidagi, voqea xodisalar to’g’risidagi ma’lumotlarni bilish va ular to’g’risida axborot olish shu axborotlar asosida yashash sharoitlarini belgilash, rivojlanish taraqqiyotini anglash katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari vaqt o’tishi bilan birgalikda tabiatni insonlar tomonidan o’rganish davomida bu axborotlarga yaratilayotgan va ishlatilayotgan mashinalar, apparatlar, o’lchov asboblari, texnoligik jarayonlar xaqidagi axborotlar qo’shilib bordi. Axborot odamlar o’rtasida uzatiladigan ma’lumotlar hisoblanib, keyingi vaqtda ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarish uchun, xamda yashash sharoitlarini, iqtisodiy taraqqiyot darajasini belgilashda katta ahamiyatga ega bo’lib qoldi. Masalan: Biolik o’simliklarni o’rganish orqali o’simliklarni xayoti to’g’risidagi axborotlarni yig’adi va bu axborotlar asosida o’simliklarni tabiatdagi rolini, ularning ko’payishini, insonlar uchun kerakli tomonlarini aniqlaydi. Demak axborot degan savolga qisqacha javob berishimiz uchun ikkita ob’ektga manba va istemolchi orasidagi bog’lanishga murojaat qilishimiz zarur ekan. Axborot manbaiga tabiiy ob’ektlar - sayyoralar, yulduzlar, insonlar, xayvonlar, o’simliklar, maydon, o’rmonlar - fan va texnikani rivojlantirishdagi ilmiy tajribalar, mashinalar, texnoligik jarayonlar kiradi. Axborot istemolchilar ro’yxati xam katta bo’lib unga, insonlar, xayvonlar, o’simliklar, turli xil o’lchov asboblari kiradi. Shuning uchun axborot keng doiradagi tushuncha bo’lib, jamiki ob’ektlar, mavjudodlar, jarayonlar xaqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Axborot manbalari va istemolchilarining har xilligi axborot shaklining turli ko’rinishda bo’lishiga olib keldi:. Belgili – turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar. Bular biror voqea-xodisalar haqidagi axborotlarni uzatishda foydalaniladi. Matnli – xarf, raqam va belgilar to’plamidan tarkib topgan ma’lum ma’noni anglatuvchi so’zlardan iborat axborot. Grafik – tasvirlardan iborat bo’lgan tasavvur ko’rinishidagi axborotlar. Masalan, ko’p mikdorda nashr etilgan kitoblar, qo’llanmalar, gazeta va ro’znomalar. Axborot shaklining grafik ko’rinishi turmush xayotimizda muhim axamiyatga va katta axborotlar massiviga ega bo’lgan tabiat ko’rinishlari, foto tasvirlar, rasmlar, chizmalar, sxemalarni misol qilishimiz mumkin. Axborotning na bir og’irligi, na bir geometrik o’lchami va hech qanday ximik yoki fizik xususiyatlar mavjud emas. Lekin axborotni mavjud bo’lishi, saqlanishi, uzatilishi uchun biror bir material-ob’ekt bo’lishi zarur. Bunday ob’ektlar juda ko’p bo’lib va ularning soni taraqqiyot natijasida o’sib bormoqda. Xozirgi kunda axborotlarni asosiy tashuvchilari quyidagilardir:
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling