Axborot, Internet va kompyuter xavfsizligida aksariyat foydalanuvchilar tahdid, zaiflik va hujum tushunchalaridan tez-tez foydalanadilar


Tarmoq xavfsizligiga tahdidlarning turlari


Download 471.79 Kb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi471.79 Kb.
#1064474
1   2   3   4
Bog'liq
3-mustaqil ish Tarmoq xavsizligi

Tarmoq xavfsizligiga tahdidlarning turlari: Tarmoqqa qaratilgan tahdidlar odatda ikki turga ajratiladi :
- ichki tahdidlar;
- tashqi tahdidlar.


Ichki tahdidlar. Kompyuter yoki Internetga aloqador jinoyatchiliklarning 80% ini ichki hujumlar tashkil etadi. Bu hujumlar tashkilot ichidan turib, xafa bo’lgan xodimlar yoki g’araz niyatli xodimlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Ushbu hujumlarning aksariyati imtiyozga ega tarmoq foydalanuvchilari tomonidan amalga oshiriladi. Ichki hujumlar hujumni amalga oshiruvchi tarmoqning tushilishi, xavfsizlik siyosati va tashkilot qonunchiligi bilan yaqindan tanish bo’lgani bois tashqi hujumlarga qaraganda jiddiy xavf tug’dirishi mumkin.
Tashqi tahdidlar. Tashqi hujumlar tarmoqda allaqachon mavjud bo’lgan zaiflik natijasida amalga oshiriladi. Hujumchi shunchaki qiziqishga, moddiy foyda yoki tashkilotni obro’sini tushirish uchun ushbu hujumlarni amalga oshirishi mumkin. Mazkur holda hujumchi yuqori malakali va guruh bo’lib hujumni amalga oshirishi mumkin. Hujumni amalga oshirganda maxsus texnologiyalardan foydalaniladi va uzoq muddat davomida tayyorgarlik ko’riladi. Mazkur holda hujumlar ichki xodimlarning yordamisiz amalga oshiriladi. Ba’zi tashqi hujumlar o’zida ishtirokchilarni va virusga asoslangan hujumlarni, parolga qaratilgan hujumlarni, zararli xabarni kiritishga asoslangan hujumlarni va operasion tizimga asoslangan hujumlarni o’z ichiga oladi.
Tashqi tahdidlar odatda ikki turga ajratiladi: tizimlashgan va tizimlashmagan tashqi tahdidlar.
Tizimlashgan tashqi tahdidlar yuqori malakali shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu shaxslar tarmoqdagi mavjud zaiflikni tezkorlik bilan aniqlash va undan o’z maqsadlari yo’lida foydalanishlari uchun imkoniyatga ega bo’ladilar. Ushbu shaxslar yoki shaxslar guruhlari odatda katta kiberjinoyatchiliklarni amalga oshirishga jalb etiladilar.
Tizimlashmagan tashqi tahdidlar odatda malakali bo’lmagan shaxslar tomonidan turli tayyor buzish vositalari va skriptlar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu hujum turlari odatda shaxs tomonidan o’z imkoniyatini testlash yoki tashkilotga zaiflik mavjudligini tekshirish uchun amalga oshiriladi.






Download 471.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling