Axborot, Internet va kompyuter xavfsizligida aksariyat foydalanuvchilar tahdid, zaiflik va hujum tushunchalaridan tez-tez foydalanadilar
Download 471.79 Kb.
|
3-mustaqil ish Tarmoq xavsizligi
Razvedka hujumlari. Razvedka hujumlari asosiy hujumni oson amalga oshirish uchun tashkilot va tarmoq haqidagi axborotni to’plashni maqsad qiladi va bu hujumchilarga mavjud bo’lgan potensial zaiflikni aniqlash imkonini beradi.
Kirish hujumlari. Mo’ljaldagi tarmoq haqida yetarlicha axborot to’planganidan so’ng, hujumchi turli texnologiyalardan foydalangan holda tarmoqqa kirishga harakat qiladi. Ya’ni, tizim yoki tarmoqni boshqarishga harakat qiladilar. Bu turdagi hujumlar kirish hujumlari deb ataladi. Bularga ruxsatsiz foydalanish, qo’pol kuch hujumi, imtiyozni orttirish, o’rtaga turgan odam hujumi va boshqalarni misol keltirish mumkin. Xizmatdan voz kechishga undash (Denial of service, DOS) hujumlari. Xizmatdan vos kechishga qaratilgan hujumlarda hujumchi mijozlarga, foydalanuvchilarga va tashkilotlarda mavjud bo’lgan biror xizmatni cheklashga urinadi. DOS hujumlari biror axborotni o’g’irlanishiga yoki yo’qolishiga olib kelmasada, tashkilot funksiyasini bajarilmasligiga sababchi bo’ladi. DOS hujumlari tizimda saqlangan fayllar va boshqa maxfiy ma’lumotlarga ta’sir qilishi va hattoki veb saytning ishlashiga ham ta’sir qiladi. Ushbu hujum usuli bilan veb sayt faoliyatini to’xtatib qo’yish mumkin. Zararli hujumlar. Zararli hujumlar tizim yoki tarmoqqa bevosita va bilvosita ta’sir qiladi. Zararli dastur bu – programma yoki fayl bo’lib, kompyuter tizimiga tahdid qilish imkoniyatiga ega bo’lib, ular troyanlar, viruslar va “qurt”lar ko’rinishida bo’lishi mumkin. Razvedka hujumlari. Razvedka hujumlarida hujumchilar maqsad qaratilgan tarmoq haqida barcha bo’lishi mumkin bo’lgan axborotni, xususan, tizim, tarmoq va tarmoqda mavjud zaifliklar haqidagi axborotni ko’lga kiritishi mumkin. Razvedka hujumining asosiy maqsadi quyidagi toifaga tegishli ma’lumotlarni yig’ish hisoblanadi: - tarmoq haqidagi axborot; - tizim haqidagi axborot; - tashkilot haqidagi axborot. Razvedka hujumlarining quyidagi turlari mavjud: - Aktiv razvedka hujumlari. Aktiv razvedka hujumlari asosan portlarni va operasion tizimni skanerlashni maqsad qiladi. Buning uchun maxsus dasturiy vositalardan foydalangan holda turli paketlarni yuboradi. Masalan, maxsus dasturiy vosita router va tarmoqlararo ekranga boruvchi barcha IP manzallarni to’plashga yordam beradi. - Passiv razvedka hujumlari. Passiv razvedka hujumlari trafik orqali axborotni to’plashga harakat qiladi. Buning uchun hujumchi sniffer deb nomlanuvchi dasturiy vositadan foydalanadi. Bundan tashqari, hujumchi ko’plab vositalardan foydalanishi mumkin. Xulosa: Men bu mavzu “Tarmoq xavfsizligi zaiflikalari va ularga bo’lgan tahdidlar “ ga MUSTAQIL ISHni tayyorlash jarayonida: Noto’g’ri va xavfsiz bo’lmagan holda loyihalangan tarmoq turli tahdidlarga va ma’lumotni yo’qotilishi ehtimoliga duch kelishi mumkinligi. Masalan, agar tarmoqlararo ekran, IDS va virtual shaxsiy tarmoq (VPN) texnologiyalari xavfsiz tarzda amalga oshirilmagan bo’lsa, ular tarmoqni turli tahdidlar uchun zaif qilib qo’yishi mumkinligini tushunib yetdim. Download 471.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling