Axborot, Internet va kompyuter xavfsizligida aksariyat foydalanuvchilar tahdid, zaiflik va hujum tushunchalaridan tez-tez foydalanadilar
Turli tarmoqqa qaratilgan tahdidlar
Download 471.79 Kb.
|
3-mustaqil ish Tarmoq xavsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoq xavfsizligi zaifliklarining turlari
Turli tarmoqqa qaratilgan tahdidlar:
Tarmoq xavfsizligini buzulishini biznes faoliyatga ta’siri: Biznes faoliyatning buzilishi. Biznesda ixtiyoriy hujum biznes jarayonlarni to’xtab qolishiga olib keladi. Xavfsizlikdagi buzilish muhim biznes va foydalanuvchi ma’lumotlarini yo’qolishiga olib keladi. Ishlab chiqarishning yo’qolishi. Tarmoq asosida biznes faoliyat yuritadigan tashkilotlarda tarmoqning buzilishi ishlab chiqarishning yo’qolishiga olib keladi. Hujum natijasida ishlab chiqarishi yo’qolgan hollarda uni qayta tiklash ko’p vaqt talab qiladi va bu vaqt davomida ishlab chiqarish to’xtab qoladi. Maxfiylikni yo’qolishi. Konfidensial axborotni chiqib ketishi natijasida, tashkilot shaxsiy ma’lumotlari yo’qolishi va bu hodisa tashkilot uchun jiddiy muammo bo’lishi mumkin. Axborotni o’g’irlanishi. Tarmoqqa qaratilgan hujum natijasida kutilmagan axborot chiqib ketishi mumkin. Tashkilot xodimlarining shaxsiy va ishga oid ma’lumotlarini kutilmaganda oshkor bo’lishi ushbu xodimlarga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Agar hujum mijozlar ma’lumotlari saqlangan bazaga qaratilgan bo’lsa, u holda tashkilot uchun jiddiy muammoga sabab bo’ladi. Huquqiy javobgarlik. Hujum bo’lganda hujumchiga nisbatan ish qo’zg’atilishi mumkin va buning uchun turli davlatlarda turlicha javobgarliklar belgilangan. Xuddi shunday javobgarlik tashkilotga nisbatan ham qo’llanilishi mumkin. Masalan, hujum natijasida mijozlarga tegishli ma’lumotlarga zarar yetkazilsa, u holda mijoz tashkilot ustidan tegishli organlariga murojaat qilishi mumkin. Obro’ga putur yetishi va istemolchilar ishonchini yo’qolishi. Agar biror tashkilotga nisbatan hujum amalga oshirilsa, mijozlarning ushbu korxona xizmatiga jalb qilish murakkablashadi va o’z o’rnida tashkilot obro’siga ham putur yetadi. Tarmoq xavfsizligi zaifliklarining turlari: Tarmoq xavfsizligidagi buzilishlar quyidagi zaifliklar natijasida yuzaga keladi: Texnologik zaifliklar. Texnologik zaifliklar operasion tizim, printerlar, skanerlar va boshqa tarmoq qurilmalaridagi kamchiliklar sabab yuzaga keladi. Hujumchilar protokollardagi (masalan, SMTP, FTP va ICMP) bo’shliqlarni aniqlashlari mumkin. Bundan tashqari, tarmoq qurilmalari, svitch yoki routerlardagi autentifikasiya usullarining yetarlicha bardoshli bo’lmasligi natijasida hujumlar amalga oshiriladi. Buni oldini olish uchun tarmoq administratori tomonidan doimiy xavfsizlik auditi olib borilishi talab etiladi. Sozlanishdagi zaifliklar. Sozlanishdagi zaifliklar tarmoq yoki hisoblash qurilmalarini noto’g’ri sozlanishi natijasida yuzaga keladi. Xususan, tarmoq administratori foydalanuvchi akkauntini va tizim xizmatlarini xavfsiz bo’lmagan tarzda sozlanishini amalga oshirishi, joriy sozlanish holatida qoldirishi va parollarni noto’g’ri boshqarishi natijasida bunday zaifliklar yuzaga kelishi mumkin. Xavfsizlik siyosatidagi zaiflik. Xavfsizlik siyosatidagi zaiflikni yuzaga kelishiga tashkilotning xavfsizlik siyosatida qoidalar va qarshi choralarni noto’g’ri ishlab chiqilgani sabab bo’ladi. Ushbu sabablar tarmoq resurslaridan ruxsatsiz foydalanish imkoniyatini taqdim etishi mumkin. Agar tarmoq administratori harakatlarni doimiy audit va monitoring qilib borsa, ushbu zaifliklarni aniqlash va o’z vaqtida bartaraf etish imkoniga ega bo’ladi. Tarmoq xavfsizligiga qaratilgan hujumlarning turlari. Tarmoqqa qaratilgan hujumlar sonini ortib borishi natijasida tashkilotlar o’z tarmoqlarida xavfsizlikni ta’minlashida qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Bundan tashqari, hujumchilar yoki xakerlar tarmoqqa kirishni yangidan - yangi usullaridan foydalanishi, ularning motivlarini turlichaligi bu murakkablikni yanada oshiradi. Masalan, ba’zi hujumchilar qurilmani yoki dasturiy vositani o’g’irlashni maqsad qilsa, ba’zilari tarmoq resurslarini va foydalanuvchi ma’lumotlarini qo’lga kiritishni yoki boshqarishni maqsad qiladi. Boshqa tomondan tarmoq administratori esa ushbu hujumlarni aniqlash uchun ularni turi haqida yetarlicha bilimlarga ega bo’lishi talab etiladi. Tarmoq hujumlari odatda quyidagicha tasniflanadi: Download 471.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling